Тошкент давлат иқтисодиёт университети ҳузуридаги Педагогик кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш тармоқ маркази тингловчилари томонидан “Меҳнат иқтисодиёти ва социологияси” кафедрасида ўтказилган очиқ дарслари муҳокамасининнг навбатдан


Download 65.5 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2023
Hajmi65.5 Kb.
#1228241
  1   2
Bog'liq
3-kurs ochiq dars


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM KAFEDRASINING
4-SONLI YIG‘ILISH BAYONNOMASIDAN
KO’CHIRMA


10.11.2021 Termiz shahri


Yig‘ilish raisi: dots.D.Qodirova
Yig‘ilish kotibi: o‘qit. U.Choriyeva
Qatnashdilar: O’quv metodik boshqarma boshligi A.Ibragimov, fakultet dekani
N. Achilov va kafedra barcha prof-o‘qituvchilari.


K U N T A R T I B I :

5. Kafedra katta o’qituvchisi D.Sh. Yakibovaning 2021 yil 10-noyabrdagi 5111700 –Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 3-kurs 303-304-guruh talabalariga “Texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan “Texnologiya darslarida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyalari” mavzusida ochiq darsining muhokamasi to’g’risida




ESHITILDI:

1. Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan ochiq mahruza darsga Ijtimoiy fanlar fakulteti sifat komissiyasi raisi dots.N.Achilov, a’zolari: dotsentlar S.Kenjaboyev, M.Bozorova, X.Sharafutdinova, A.Djurakulova, kafedra mudiri D.Kadirova, O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i A.Ibragimovlar qatnashdilar.


Masala yuzasidan fakul’teti sifat komissiyasi raisi dots.N.Achilov so’zga chiqib, D.Sh. Yakibovaning 2021 yil 10-noyabr kunidagi 5111700 –Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 3-kurs 303-304-guruh talabalariga “Texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan “Texnologiya darslarida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyalari” mavzusida ochiq ma’ruza darsi yuksak saviyada tashkil etilganligini, maruzachi dars davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan o’z o’rnida va samarali foydalana olganligini tahkidladi. Xususan, darsda o’qitishning tushuntirish, hikoya, savol-javob, aqliy hujum, bahs-munozara, bashoratlash, namoyish, vaziyat va keys kabi usullaridan uyg’unlikda foydalanilganligini aytib o’tdi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi dotsenti Sh Yoqubov so’z olib quyidagilarni bayon etdi. Dars belgilangan vaqtda boshlanganligi, talabalar davomatini tekshirdi hamda guruh va shaxsiy jurnalga tegishli yozuvlar amalga oshirildi. Talabalar davomati 100%. Ma’ruza avvalida o’tgan dars mazmuni qisqacha eslatib o’tildi. Oldin o’tilgan dars mavzusi bo’yicha mahruzachi talabalarga bir qator savollar berib, ularning o’zlashtirish darajasini tekshirib oldi. So’ng mahruzachi ushbu darsda o’tilishi rejalashtirilgan materiallarni qisqacha bayon qildi: dars mavzusi, rejasi va maqsadini talabalarga yozdirdi hamda darsni oldin o’tilgan dars mavzusiga bevosita bog’lagan holda davom ettirdi. Tashkiliy qism. to‘g’ri tashkil etildi. Otilgan mavzu tezkor savol-javob asosida mustahkamlandi. Yangi mavzu “Texnologiya darslarida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyalari” mavzusini bayon etish suhbat asosida boshlandi. Qo’shma gap turlari va ularning farqlari slaydlar orqali bayon qilindi. Dars g`oyatda qiziqarli va munozarali voqealarga boy bo`ldi. Dars mavzusi reja asosida uzviy ketma-ketlikda olib borildi. Pedagogning nutqi ravon, o‘zi esa, ilmiy jihatdan boy dunyoqarash va tafakkur egasi. Mazkur darsi nizom talablariga to‘la mos ravishda o‘tkazildi. Dars zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda multimediya vositalari yordamida taqdimot ko’rinishida olib borildi. Taqdimotda tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy-iqtisodiy asoslari to’g’risidagi ma’lumotlardan, jumladan qonun, farmon va qarorlardan keng foydalanildi.
O’quv metodik boshqarma boshlig’i A.Ibragimov so’zga chiqib, ma’ruzachi dars jarayonida rejaga muvofiq mavzuni yoritar ekan, talabalarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 maydagi PF-4797-son “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to’g’risida”, 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonlari, 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risidagi qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 fevraldagi 124-F-sonli “O’zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o’rganish va targ’ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferentsiyani o’tkazish to’g’risida bayon etdi. Mavzuni yoritish jarayonida ma’ruzachi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan “aqliy hujum” va “BBB” , “Venn diagrammasi” kabi usullar va grafik organayzerlardan samarali foydalandi, dars davomida talabalar bilan muntazam muloqotda bo’ldi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi mudiri D.Kadirova so’zga chiqib, ushbu darsda erishilgan yutuqlar haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi: ma’ruzachining ma’ruzasini talabalar katta qiziqish bilan tinglab, berilayotgan materiallarni yozib bordilar. Mavzuni yoritishda qo’llanilgan yangi atamalarning mazmuni mahruzachi tomonidan to’laligicha va to’g’ri tushuntirib berildi. Dars so’ngida savollar uchun vaqt ajartildi, ma’ruzachi talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga to’liq javob beradi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, katta o’qituvchi D.Sh.Yakibova tomonidan o’tkazilgan ma’ruza darsi yuqori ilmiy-nazariy, uslubiy va tashkiliy darajada o’tkazildi. Mavzuni yoritishda o`qituvchi ko`rgazmali qurollardan unumli foydalandi, darsda talabalar juda faol ishtirok etdilar. Axborot texnologiyalaridan, o‘z o‘rnida va unumli foydalanildi. O‘qituvchi bilimli, o‘zini tutishi pedagogga xos. Kafedra katta o’qituvchisi D.Yakibova tomonidan o`tilgan “Texnologiya darslarida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyalari” mavzusida o`tkazilgan ochiq darsi Oliy o`quv yurti Nizom talablariga javob beradi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi A. Djurakulova tomonidan ochiq dars haqida “O’tkazilgan ochiq dars o’ta dolzarb va kerakli mavzuda bo’ldi. Mavzu nazariy jihatdan to‘liq yoritildi. Darsda barcha talabalar baholanishi mumkinligi e`tiborga olinsa yaxshi bo`lardi. Kafedra o’qituvchisi D.Yakibovaning ochiq darsi nizom talablariga to`la mos keladi. Ham olim, ham pedagog sifatida mavzuni tinglovchilarga samarali yetkazib bera oldi” deb takidladi.
O’z navbatida kafedra a’zolaridan dots. R.Mustafoqulov, katta o’qituvchilar: L.Muxtorova, O.Xolmo’minovalar ochiq dars to’g’risida ijobiy fikrlar bildirdilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda kafedra yig’ilishi



Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling