Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Isbot: Keltirilgan shartlardan tenglik kelib chiqadi. 2-chizma
Download 312.15 Kb.
|
27.09.19 ochiq dars ishlanmasi (4)
Isbot: Keltirilgan shartlardan tenglik kelib chiqadi.
2-chizma A hodisa to`rtta juft-jufti bilan birgalikda bo`lmagan hodisalarning bittasi bilangina ro`y beradi. hodisalar juft-jufti bilan birgalikda bo`lmaydi, chunki hodisalar juft-jufti bilan birgalikda emas. Shuning uchun Har qanday j uchun (j=1,2,…, n) va A bog`liq bo`lgan hodisalardir. Bu hodisalar uchun ehtimolliklarni ko`paytirish teoremasini qo`llab to`la ehtimollik formulasiga kelamiz: . 1-masala. O`qituvchi nazoratga 15 ta bilet tayyorlagan. Biletda ikkita savol bo`lib, savollar takrorlanmaydi. Imtixon topshirish uchun o`zining biletidagi ikkita savolga yoki bo`lmasa o`z biletining bitta savoliga va bitta qo`shimcha savolga javob berish etarli. Agar talaba 20 ta savolga javob bilsa, uning imtixon topshirish ehtimolligini toping. Yechish. Bizda A hodisa quyidagicha: A={talaba imtixonni topshiradi}. Bu hodisa quyidagi H1 yoki H2 hodisa bilan bir vaqtda ro`y berishi mumkin: H1={talaba biletdagi ikkita savolga javob biladi}. H2={talaba biletdagi ikkita savoldan bittasiga javob biladi}. Bu hodisalar to`la guruxni tashkil qilmaydi, chunki H3={talaba biletdagi ikkita savolga javob bilmaydi} hodisasi ham mavjud va shartli ehtimollik nolga teng bo`ladi. H1 va H2 gipotezalar ehtimolliklarni topamiz. Masalaning shartiga ko`ra . Endi shartli ehtimolliklarni topamiz. Tushunarliki, H1 hodisa ro`y bersa talaba imtixonni topshiradi va ehtimolligi 1 ga teng. H2 hodisa ro`y bergan holda talaba qolgan 28 ta savoldan 19 gasiga javob biladi va u imtixon topshirish uchun qo`shimcha savolga javob bilishi kerak. Shuning uchun bo`ladi. A hodisaning ehtimolligi to`la ehtimollik formulasidan topamiz: Endi to`la ehtimollik formulasidan foydalanib, Bayes formulasini keltirib chiqariladi. A va hodisalar paragraf boshidagi shartlarni qanoatlantirsin. Agar A hodisa ro`y bersa, u holda Hm gipotezaning shartli ehtimolligi quyidagi Bayes formulasidan topiladi: , bu yerda . Bu formulani quyidagi shartli ehtimollik tarifidan keltirib chiqarish mumkin: . Bog`liq hodisalar uchun ehtimolliklarni ko`paytirish teoremasidan foydalanib oxirgi kasrning suratini quyidagicha yozishimiz mumkin: . Bu kasrning maxrajidagi A hodisaning P(A) ehtimolligi to`la ehtimollik formulasiga asosan ga teng. ehtimolliklar aprior (sinovdan oldingi) ehtimolliklar, – aposterior (sinovdan keyingi) ehtimolliklar deyiladi. 2-masala. Uchta mergan nishonga bittadi o`q uzadi. Birinchi merganning o`qi nishonga 0,6 ehtimollik bilan, ikkinchi merganning o`qi nishonga 0,8 ehtimollik bilan, uchinchi merganning o`qi esa 0,3 ehtimollik bilan tegadi. Uchala mergan o`q uzgandan so`ng nishonga ikkita o`q tekkanligi malum bo`lsa, birinchi merganning o`qi nishonga tegish ehtimolligini toping. Download 312.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling