Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 194.77 Kb.
|
диплом
MUSTAQIL ECHISH UCHUN MASALALAR
Er yuzidan h balandlikda yorug’lik manbai osilib turibdi. YOritilib turgan yuzaning markazidagi yoritilganlikdan 3,83 m uzoqlikdagi yoritilganlik ikki marta kichik bo’lishi uchun h balandlikning qanchaga teng bo’lishini aniqlang? Yonma-yon qo’yilgan 2 ta sham ekranni yoritadi. Shamlardan ekrangacha bo’lgan masofa 1 m. Bitta sham o’chirildi. Bu paytda yoritilganlik o’zgarmasligi uchun shamni ekranga qancha masofaga chqinlashtirish kerak? Manbadan 3 m masofadagi 30 sm2 yuzaga tushayotgan yorug’lik oqimini toping. Manbaning yorug’lik kuchi 400 kandela. 25 m2 yuzaga ega kvadrat shaklidagi xona shiftining markazida lampa osilib turibdi. Lampani nuqtaviy yorug’lik manbai deb xisoblab, xona burchaklarida yoritilganlik eng katta bo’lishi uchun lampaning xona polining yuzasidan qanday balandlikda osilib turishi kerakligini toping? 5 m balandlikda osilgan lampa yer yuzasini yoritayapti. YUzaning markazidan qanday masofada yoritilganlik, markazdagiga nisbatan ikki marta kichik bo’ladi?. Normal tushayotgan Quyosh nuridan xosil bo’layotgan yer sirtining yoritilganligi topilsin. Quyosh ravshanligi 1, 2 109 kd/m2. yerdan quyoshgacha bo’lgan masofa 150 million km. Quyosh radiusi 700000 km. YOrug’lik kuchi 200 kd bo’lgan lampa xona shipiga osilgan. Xamma devorlarga va polga tushuvchi yorug’lik oqimini aniqlang. Agar 12 m balandlikka ega bo’lgan machtadagi manba machta asosidan 16 m masofada 3lk yoritilganlik xosil qilsa, manbaning to’la yorug’lik oqimi qanday bo’ladi? YOrug’lik kuchi 1000 kd bo’lgan lampa yerdan 8 m balandlikka osilgan. YOritilganlik 1lk dan kam bo’lmagan chegaradagi maydon yuzini aniqlang. YOrug’lik kuchi 400 kd bo’lgan lampa yerdan 5 m balandlikda joylashgan. YOritilganlik ye= 0,25 lk dan ye=2 lk gacha o’zgaradigan maydon yuzini aniqlang. 11. Konus bo’ylab F = 7 6 lm yorug’lik oqimi jo’natadigan nuqtaviy yorug’lik manbai aylanma konusning uchida turibdi. Manbaning yorug’lik kuchi 120 kd. Fazovny burchak aniqlansin. 12. yerdan 3 m balandlikda va devordan 4 m masofada yoruglik kuchi 100 kd bo’lgan lampa osilib turibdi. Devorning va gorizontal sirtining ular kesishgan chizikdagi ye yoritilganliklari aniklansin. 13. Balandligi h —8 m bo’lgan simyogochga yorug’lik kuchi 1 = 1 kkd bo’lgan lampa osilgan. Lampani nuqtaviy yorug’lik manbai sifatida qabul qilib, simyogoch asosidan qanday masofada, yer sirtidagi yoritilganlik ye= 1 lk bo’lishi aniqlansin. 14. Doiraviy maydoncha ustida lampa osilib turibdi. Maydonchaning o’rtasndagi yoritilganlik ye = 40 lk, chekkasidagi yoritilganlik ye1 = 5 lk. Nur maydoncha chekkasiga ianday burchak ostida tushmoida? 15. Radiusi R = 80 sm bolgan doiraviy stol markazining ustida 60 sm balandlikda yorug’lik kuchi 100 kd bo’lgan lampa osilib turibdi. Quyidagilar aniqlansin: 1) stol markazidagi yoritilganlik yem 2) stol chekkasidagi yoritilganlik yech 3) stolga tushayotgan yoruglik okimi F ; 4) stolning o’rtacha yoritilganligi yeo’r . 16. Stol chekkasidagi yoritilganlik maksimal bo’lishi uchun lampani radiusi r = 1 m bo’lgan doiraviy stol markazidan qanday h balandlikka osish mumkin? 17. Oppok cho’g’ bo’lguncha qizdirilgan metall tolaning uzunligi 30 sm, diametri 0 ,2 mm. Tolaning unga tik yo’nalishdagi yorug’lik kuchi 2 4 kd. Tolaning ravshanligi aniklansin. 18. YOrug’lik tarqatuvchi kubning ravshanligi xamma yo’nalishlarda bir xil va 5 kd /m2 ga teng. Kubning qirrasi a = 20 sm. Qaysi yo’nalishda kub yorug’lik kuchi I maksimal bo’ladi. Kubning maksimal yorug’lik kuchi aniklansin. 19. Xira shishali chirok diametri 20 sm bo’lgan shar shakliga ega. CHiroqning yorug’lik kuchi 80 kd. CHiroqning to’la yorug’lik oqimi F , yorqinligi M va ravshanligi aniqlansin. 20. Zenit yaqinidagi Quyosh gorizontal sirtda 0,1 M lk yoritilganlik xosil qiladi. Quyoshsing diametri 3 2 ° burchak ostida ko’rinadi. Quyoshning ko’zga ko’rinadigan ravshanligi aniqlansin. 21. Balandligi 6,0 m bulgan stolbaga 500 kd yorug’lik kuchiga ega bo’lgai lampa osilgan. Stolbadan qanday masofada yer sirtining yoritilganligi ye = 3,0 lk bo’ladp? 22. Dumalok stol chetlarida eng katta yoritilganlik olish uchun lampani stol markazidan qanday balandlikka maxkamlash kerak. 23. Xira shishadan yasalgan stol lampasi 20 sm diametrln shar shakliga ega. Manbaning yoruglik kuchi 6 kd. To’la yorug’lik oqimini va lampannng yorituvchanligpni aniqlang. 24. 10 sm radiusli shar shakliga ega bo’lgan lampa stoldan 0, 5 m masofada turibdi . Lampaning yorituvchanligi 4,0 • 103 lk. Bevosita lampa tagidagi yoritilganlik qanday? 25. Qora mato bilan qoplangan sirtning yoritilganligi ye — 120 lk. Barcha yo’nalishlardagi yorituvchanlik bir xil va R = 6,0 lk ga teng. Matoning yutish koeffitsiyentini aniqlang. 26. Minskda yer sirtining 22 dekabrdagi yoritilganligi 22 iyundagi yoritilganligidan necha marta kichik bo’ladi. Quyoshning balandligi 22 iyunda 59o371, 22 dekabrda esa 12o431. 27. Agar izotrop nuqtaviy yorug’lik manbai o’zidan 2 m masofada yoritilganlik xosil qilgan bo’lsa, manba tarqatayotgan to’la yorug’lik oqimini toping. 28. Yig’uvchi linza buyumning tabiiy kattaligidagi tasvirini beradi. Agar linza va buyumni siljitish yo’li bilan tasvir yuzasi 9 marta kattalashtirilsa, buyum tasvirining yoritilganligi necha marta kamayadi. Download 194.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling