Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Fizikadan masalalar yechishdan foydalanish usullari
Download 194.77 Kb.
|
диплом
- Bu sahifa navigatsiya:
- M = π L 1-MASALA
- E = I / r 2
2.1 Fizikadan masalalar yechishdan foydalanish usullari
YOritilganlik yuza birligiga tushayotgan yorug’lik oqimi bilan xarakterlanadi ( nuqtaviy bo’lmagan manba uchun): E=dF/dS YOrug’lik kuchi I bo’lgan izotrop manba r masofada joylashgan sirtda xosil qiladigan yoritilganlik ( nuqtaviy manba uchun): E = bu yerda a – nurning tushish burchagi. Nurlanuvchanlik son jixatdan yorug’lik tarqatayotgan jismning birlik yuzasi tomonidan chiqarilayotgan yorug’lik oqimiga teng: M=dF/dS Agar jismning nurlanuchanligi uning yoritilganligi bilan bog’liq bo’lsa, M= ρE bu yerda ρ – qaytarish koeffitsiyenti. Ravshanlik son jixatdan nurlanayotgan sirt elementi yorug’lik kuchining shu elementning kuzatish yo’nalishiga perpendikulyar tekislikka proyeksiyasi yuzasiga bo’lgan nisbatiga teng: L = bu yerda O – sirt elementiga o’tkazilgan normal bilan kuzatish yo’nalishi orasidagi burchak. Ravshanlik yo’nalishga bo,g’liq bo’lmaganda nurlanuvchanlik va ravshanlik quyidagi munosabat bilan o’zaro bog’langan: M = πL 1-MASALA. Diametri d=2,5sm va uzunligi l=40sm bo’lgan lyuminesstent silindrik lampa o’qiga tik yo’nalishda r= 5 m masofada E=2 Lk yoritilganlik hosil siladi. Lampani kosinusoidal tarqatuvchi sifatida qarab: 1) berilgan yo’nalishdagi yorug’lik kuchi I ; 2) ravshanlik L ; 3) lampaning yorqinligi M aniqlansin. Echish: 1. Lampaning ikkita o’lchamidan kattasi - uzunlik yoritilganlik o’lchangan masofadan 12 marta kichik. Demak, berilgan yo’nalishdagi yorug’lik kuchini hisoblashda lampani nuqtaviy manba deb qabul qilish va quyidagi formuladan foydalanish mumkin: E = I / r2 , bundan I = Er2 Kattaliklarning qiymatlarini bu formulaga qo’yib, hisoblasak, I = 25 kd. Ravshanlikni hisoblash uchun L = I / S Formulani qo’llaymiz, bunda S – cho’zilgan yorug’lik manbaining kuzatish yo’nalishiga tik tekislikdagi proeksiyasining yuzasi. Silindrik lyuminesstiyaga asoslangan lampa holida proeksiya uzunligi l va kengligi d bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shakliga ega bo’ladi. Binobarin L = I / S = I / (l d). Shu formulaga binoan hisoblab , L ni topamiz: L = I / (l d) = 2,5 kd/m. Lyuminesstent lampani kosinusoidal tarqatuvchi deb hisoblash mumkin bo’lganligidan, uning yorqinligi M = π L ga teng M = π L = 7,9 nt. Download 194.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling