Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


KIRISH…………………………………………………………………………….3


Download 194.77 Kb.
bet2/12
Sana19.04.2023
Hajmi194.77 Kb.
#1363686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
диплом

KIRISH…………………………………………………………………………….3
1 BOB. UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA YORUG’LIK INTERFRENSIYASI MAVZUSINI O’QITISHDA FITOMERTIYAGA DOIR MASALALAR YECHISH METODIKASI……………………………..

    1. Talabalarda . fizika fanini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish………………………………………………

    2. Fotometrik kattaliklar………………………

2 BOB. UMUMIY TA’LIM MAKTABLARIDA FOTOMETRIYAGA DOIR MASALALAR YECHISH METODIKASI…………………………………
2.1. Fizikadan masalalar ishlab chiqish usullari……………………………
2.2. Zamonaviy pedagogic texnologiyalardan foydalanish………………………………………………………...
3 BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING NATIJALARI……………………………………………………………………42
3.1. Tajriba – sinov ishlarini tashkil etish………………………………………….42
3.2. Tajriba – sinov ishlarini tahlili………………………………………………...44
XULOSA…………………………………………………………………………46
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………...48
GLOSSARIY……………………………………………………………………..49
ILOVALAR


KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, hayotimizning barcha jabhalarida boʻlganidek, ta'lim tizimida ham islohotlar yoʻlga qoʻyildiki, bunda ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini olib kirish, ta'limni kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasida qator oʻzgarishlar kiritdi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb – hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yoʻnalishiga qabul boʻyicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 2017 – 2021 – yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, oʻquv dasturlarini yanada takomillashtirish pullik xizmatlar koʻrsatish va moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalarini izlashda oliy oʻquv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yoʻli bilan ularning mustaqilligi bosqichma – bosqich rivojlantirib boriladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim toʻgʻrisidagi bir qancha qarorlar qabul qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 8-iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi. 2020-yil yakuniga qadar 100 mingta va 2021-yilning birinchi yarmida yana 150 mingta oʻquvchini oʻqitish talabalarning dasturiy ta’minot boʻyicha malakasini oshirish vazifasi belgilandi. 5-sinfdan oʻqitib kelinayotgan “Informatika” fanini zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqib takomillashtirish ushbu fanga “Bir million dasturchi” loyihasiga doir yoʻnalishlarni kiritish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Hozir Respublika har qachongidan ham koʻra ilgarilab ketishi, oʻsishi yangi sifat bosqichlariga koʻtarilishi juda zarur. Buning uchun, avvalo, ilm-fanda ham, texnikada ham, texnologiyada ham, ishlab chiqarishni tashkil etishda ham shitob bilan ishlash shunga yarasha odamlar ongida, dunyoqarishida ham oʻzgarishlar boʻlishi kerak. Endilikda ilm-fan yangi yoʻllar ochishi, sifat jihatidan yangi texnologiyalarni jadallik bilan yaratishi, jamiyatning yangi holatga oʻtishini taminlashi lozim [1].
Bugungi kunda axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tabiq etish jadal suratlarda kechmoqda. Ular oʻz navbatida, ta'lim jarayonini talabalarning individual xarakteristikalariga moslabgina qolmay, balki oʻqituvchini ham qator murakkab va oʻquv materialini taqdim etish hamda bilimlarni nazorat qilish borasidagi takroriy harakatlardan xalos etadi. Kompyuter vositasi yordamida dars oʻtish jarayonida oʻquvchilar faolligi darajasi ortadi. Shu bilan birga katta hajmdagi ma'lumotlarini mustaqil qayta ishlash va oʻqituvchini oʻquv jarayonini samarali boshqarishiga sharoitni yaratilishi bilan oʻziga xos xususiyat kasb etadi. Bundan koʻrinadiki mavzu bugungi kunning dozarb mavzulardan biri ekanligidan dalolat beradi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelini hayotga joriy qilishda talabalarning fan va oʻquv fanlarini egallashda umumpedagogik amaliy asoslar bilan qurollantirishni maqsad qilib qoʻydi. Oliy oʻquv yurtlarida AL va KHMlarida har bir oʻquv fanining alohida soha sifatida rivojlantirish pedagogik taminotni yaratish hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Shuni nazarda tutgan holda bitiruv malakaviy ishida yoshlarning komil inson boʻlishida maktab, kasb-hunar kolleji va akademik litseylar roli, mehnat va kasb tarbiyasi, ta’lim nazariyasi va pedagogik texnologiya haqida fikr yuritilad. Axborot kommunikatsion texnologiyalardan fizika kursini oʻqitishda foydalanish yoʻllari koʻrsatilgan.
Zamon talabidan kelib chiqib umumiy oʻrta, akademik litsey va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalaridagi va oliy ta’lim muassasalarida fizika mazmunini yangilanishi ta’limda pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga erishish dolzarb muammodir. Fizika oʻqitish metodikasining asosiy mohiyati va maqsadi ham shundan iborat boʻladi. Fizika fani bilan uning ta’lim tizimida oʻqitishdagi bogʻlanish fizika fanining taraqqiyotiga va oʻqitish metodikasining holatiga bogʻliqdir.
Yuqoridagi fikr va kamchiliklarni hisobga oluvchi har qanday ilmiy-metodik ish shu jumladan, bayon etilayotgan bitiruv malakaviy ishining mavzusi dolzarb hisoblanadi.
Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning nazariya va amaliyot birligini ta’minlagan holda o‘qitish hamon dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu borada keng qamrovli ishlar qilinmoqda. O‘quv xonalar qayta jihozlanayotganligi, kompyuter vositalari bilan ta’minlanayotganligi, masofaviy ta’lim, qo‘llanmalarning elektron versiyalari, multimediya variantlarining yaratilayotganligi shular jumlasidandir. Shunday bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik hollarda ma’ruzada berilayotgan bilim ko‘lami faqat nazariyadan iborat bo‘lib, uni qo‘llay bilishga va o‘quvchini fanga qiziqtirish yo‘llariga e’tibor qilinmaganligini ko‘ramiz. Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda o‘quvchilarni fanga qiziqishini shakllantirish yo‘llari dolzarb masala bo’lib qolmoqda.
Jamiyatimizning yuksak darajada rivojlanishi, ilmiy-texnik taraqqiyotini e’tiborga olgan holda, ta’lim sistemasini uzluksiz ravishda takomillashtirishni hamda mutaxassislarning umum ta’lim darajasini keskin oshirishni taqozo etadi. Ta’limning mazmunini yangilash, ilmiylik darajasini oshirish, o`qitish metodlarini uzluksiz takomillashtirish, o`quvchilar bilimining oshirib borilishi – o`qituvchidan o`z bilimini uzluksiz ravishda to`ldirib va yangilab borishni, malaka va metodik mahoratini yuksaltirishni taqozo qiladi.
Ajdodlarimizning asriy orzu armonlari ro`yobga chiqayotgan istiqlol yillarida boshqa sohalar qatori, umummilliy masala bo`lmish ta’lim tizimini isloh qilish, va rivojlantirish, shu jumladan maktab ta’limini taraqqiy ettirish ishlariga ham davlatimiz rahbari doimiy e’tibor va g`amxo`rlik ko`rsatib kelmoqda. Chunki kelajagimiz poydevori maktabda bunyod etiladi. Ulug` vatandoshlarimizdan biri ta’kidlaganidek maktab - taraqqiyotning boshlang`ichi, madaniyat va saodatning kalitidir.
Ma’lumki, ota – bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilishgan. Ta’lim tarbiya islohati haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini lo`nda qilib ifoda etish mumkin: bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko`rgan shaxslar kerak. Barcha fanlar qatorida fizika fanini o’qitish, bu fanning naqadar ahamiyatli ekanini tushunish, o’z navbatida maktab va akademik litsey o’quvchilari uchun fanni o’qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanib tushuntirish dars samaradorligini oshiradi.
Ma’lumki, Fizikani o`qitishdan ikki xil maqsad ko`zlanadi:

  1. tabiatning fundamental qonunlarini ilmiy asosda tushuntirish, o`quvchilarning ilmiy dunyoqarash va falsafiy mulohaza yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish, texnikada va turmushda foydalanilayotgan uskuna va vositalarning ishlash printsipi asosida yotuvchi fizik jarayonlar haqida tasavvurlarni shakllantirish;

  2. ta’lim olishni davom ettirish, bilimlarini chuqurlashtirish va ilmiy izlanishlarini davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratish;

Respublikada qabul qilingan “Ta’lim to`g`risidagi” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarida ham o`qitishning turli bosqichlarida fizika o`qitishga va uning sifatini oshirishga e`tiborni kuchaytirish va yosh avlodni uning mazmuni va yutuqlari balan tanishtirib borish zaruruligi ta’kidlangan. Shundan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishi mavzusini fizika o`qitishning dolzarb muammolaridan biri deb hisoblash mumkin.


Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: “Umumta'lim maktablarida Fotometriya elementlariga doir masalalar yechish" metodikasini ishlab chiqish
Bitiruv malakaviy ishning ob'ekti: “Fotometriya asoslari" mavzusi oʻqitilish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: “Fotometriya asoslari" mavzusini axborot texnologiyalari asosida oʻqitish metodikasi mavzusini oʻqitishning usul, shakl, va vositalari.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqib uning vazifalari belgilandi:

  1. Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish.

  2. Fotometriya elementlarini fizik tabiatini koʻrib chiqish.

  3. Fotometriya elementlarini inson hayotidagi oʻrni bilan tanishish.

Bitiruv malakaviy ishining yangiligi:

  1. Fotometriya asoslarining paydo boʻlish tarixi

  2. Fotometria asoslarining fanga kirib kelishi.



Download 194.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling