Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
127 
Fikrni ifodalashning turli usullari mavjud bo‗lib, ularda so‗zlar semantik ma‘nosiga 
ko‗ra ishtirok etadi. 
Ona tili darslari o‗quvchilarning aqliy, xususan, mantiqiy tafakkurining 
rivojlanishida boy materialga ega. Til va tafakkur chambarchas bog‗liq bo‗lib, tilsiz 
inson fikrlay olmaydi. Tafakkursiz tilning bo‗lishi mumkin emas.
O‗quvchining nutqiy qobiliyatini o‗stirishdan oldin uning fikrlash qobiliyatini 
o‗stirish talab qilinadi. Negaki nutqni tafakkurdan ajratib rivojlantirish mumkin emas. 
Hayotdagi narsa-predmetlarning nomi va ular haqida fikr bildirish uchun 
o‗sha narsa-predmet anglanadi va unga munosabat bildiriladi. O‗qituvchi nutq ustida 
ishlash bilan bir vaqtning o‗zida o‗quvchilarning tafakkuri ustida ishlaydi, ularda 
tushunarli, aniq, izchil va asoslangan fikrlashni tarbiyalaydi.
Ona tili darslarida grammatik va orfografik tushunchalarni egallash 
jarayonida muayyan fikrlash faoliyatining yuz berishi bevosita mantiqiy tafakkur 
tarbiyasi bilan chambarchas bog‗liqdir. 
Boshlang‗ich sinflarning ona tili ta‘limi jarayonida o‗quvchilarning muayyan 
darajada bilim, ko‗nikma va malakalarni o‗zlashtirishlariga, nutq va tafakkurini 
rivojlantirishga qaratilgan mustaqil ishlarni didaktik maqsadi, mazmuni va 
murakkablik darajasi hamda ijodiy yondashilishiga ko‗ra quyidagicha tasniflash 
mumkin: 
1. Namuna asosidagi mustaqil ishlar. 
2. Konstruktiv mustaqil ishlar. 
3. Variativ mustaqil ishlar. 
4. Ijodiy mustaqil ishlar. 
Namuna asosidagi mustaqil ishlar o‗quvchilarni ona tili tahlimi bilan bog‗liq 
ko‗nikma, malakalarni shakllantirish va mustahkamlash orqali mustaqil faoliyatga 
tayyorlaydi. 
Konstruktiv mustaqil ishlar til hodisalarini nutq o‗stirish nuqtayi nazaridan 
tahlil qilish, bilishga doir metod va usullarni shakllantirish, bilishga bo‗lgan ichki 
motivlarni rivojlantirishda qulaylik yaratadi.
Variativ mustaqil ishlar topshiriqlarni to‗g‗ri bajarish orqali o‗quvchilarning 
so‗z zahirasini boyitishga doir ko‗nikma va malakalarini shakllantiradi. 
Ijodiy mustaqil ishlar nutq va tafakkurni rivojlantirishga doir bilimlarni 
mustaqil o‗zlashtirish malakalarini mustahkamlashi jihatidan ijodkorlikni 
shakllantiruvchi samarali vosita sanaladi. 
Bilimlarni faollashtirishga yo‗naltirilgan mustaqil ishlarda yangi material 
ustida ishlash va mustahkamlash oldidan tayanch bilim va ko‗nikmalarni takrorlashga 
qaratilgan topshiriqlar namunaviy va konstruktiv-variativ xarakterga ega bo‗lishi 
mumkin. Namunaviy xarakterdagi ishlar shartlari to‗liq berilgan ko‗p sonli 
mashqlardir. Bu ish turini o‗quvchilar tartib bilan berilgan ko‗rsatmalar asosida 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling