Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
54 
ayrim muammo va kamchiliklarni ko‗rsatib o‗tish mumkin. Bizning fikrimizcha
unda turli darajalilik, mobillik, moslashuvchanlik, uzluksizlik,uzviylik, ko‗p qirralilik 
yetishmaslik holatlarini kuzatish mumkin bo‗ladi.Oxirgi paytlarda respublikamizdagi 
pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta‘lim muassasalarida kadrlar tayyorlash 
uchun ishlab chiqilayotgan o‗quv rejalarda―ko‗p fanlilik‖ (fanlar sonini ko‗payib 
ketganligi) kabi muammolarga ro‗para kelishayotgani, bunda talabalar bir vaqtning 
o‗zida ko‗pincha bir-biri bilan yaxshi bog‗lanmagan, fanlarning o‗qitilishi va tarkibi 
shakllantirilishida ba‘zan uzviylik va uzluksizlik tamoyillarining ishlamasligi, bir-
ikkinchisini takrorlovchi o‗nikkitagacha mustaqil o‗quv fanlarini o‗rganishiga to‗g‗ri 
keladi. Bu borada bundan 20 yillar oldin shu sohada ilmiy izlanish olib borgan olim 
Yu.K.Babanskiy ham o‗z firklarini keltirgan[2]. Ko‗p fanlilik bilan birqatorda 
o‗qituvchi tayyorlashning ―elementlar bo‗yicha‖ tendensiyasi rivojlanib, u alohida 
elementlar, qismlardan tarkib topib, ularning har biri tegishli fanga oid nazariy 
ma‘lumotlar hamda u belgilab beruvchi nazariy bilim, ko‗nikma va malakalardan 
vujudga keladi. 
Nafaqat matematika o‗qituvchisini tayyorlash, umuman pedagog-kadrlarni 
tayyorlash yuzasidan olimlarning fikricha, fanlar sonining ko‗p bo‗lishi, auditoriya 
mashg‗ulotlarining keskin ko‗paytirish holatlari amaliyotda shaxsning butun ijodiy 
salohiyati yuzaga chiqishini ta‘minlamay olmaydi, ―chunki talabalar tomonidan turli 
fanlar bo‗yicha o‗zlashtirilayotgan bilimlar ko‗pincha yaxlit ilmiy manzara hosil 
qilmaydi, chunki o‗zaro bog‗langan emas, balki alohida elementlar ko‗rinishida 
taqdim etiladi‖[3]. 
Ijodiy shaxsni tayyorlashga to‗sqinlik qiladigan kamchiliklar qatoriga nafaqat 
psixologik-pedagogik o‗quv fanlari o‗qitilishida uzluksizlik yo‗qligini, balki 
quyidagilarni ham kiritishimiz mumkin: 
– metodik, ixtisoslashtirilgan va gumanitar fanlar o‗rtasida fanlararo 
aloqadorlik yetarlicha ishlab chiqilmaganligi; 
– mehnat faoliyatiga taalluqli ta‘lim shakllarining optimal nisbatini belgilash 
muammosi haliham hal etilmaganligi, ma‘ruza, seminar, laboratoriya va amaliy 
mashg‗ulotlar hamda maktabda amaliyot o‗rtasidagi nomutanosiblik avvalgidek 
ko‗zga tashlanib turishi; 
– kasbiy tayyorgarlikning nazariy va amaliy qismi o‗rtasidagi optimal nisbat 
masalasi hanuz hal etilmaganligi; 
– oliy ta‘lim muassasasilaridagi o‗quv-tarbiyaviy jarayonda kasbiy-shaxsiy 
shakllanishga, shuningdek, texnologik yangiliklar (bilim, ko‗nikma va malakalarga 
integrasiyalashuv qobiliyatini shakllantirish, axborot-kommunikasiya texnologiyalari 
va boshqalardan foydalanish)ni joriy etishga yetarlicha e‘tibor qaratilmaganligi, 
shiddat bilan rivojlanayotgan jahon ta‘lim muhitida kadrlar tayyorlash sifatiga 
alohida etibor qaratish kerakligi namoyon bo‗layotganligi; 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling