Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

Metodning maqsadi: Mazkur metod o‗quvchilarda yangi axborotlar tizimini 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
98 
qabul qilish va bilmlarni o‗zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida 
qo‗llaniladi, 
shuningdek, bu metod o‗quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham 
o‗taydi.Metodni amalga oshirish tartibi: 
 o‗qituvchi mashg‗ulotga qadar mavzuning asosiy tushunchalari 
mazmuni yoritilgan input-matnni tarqatma yoki taqdimot ko‗rinishida 
tayyorlaydi; 
 yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta‘lim oluvchilarga 
tarqatiladi yoki taqdimot ko‗rinishida namoyish etiladi; 
 ta‘lim oluvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‗z 
shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar.
4. “Tushunchalar tahlili” metodi 
Metodning maqsadi: mazkur metod o‗quvchilar yoki qatnashchilarni mavzu 
bo‗yicha tayanch tushunchalarni o‗zlashtirish darajasini aniqlash, o‗z bilimlarini 
mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo‗yicha dastlabki 
bilimlar darajasini tashxis qilish maqsadida qo‗llaniladi. 
Metodni amalga oshirish tartibi: 
 ishtirokchilar mashg‗ulot qoidalari bilan tanishtiriladi; 
 o‗quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‗lgan so‗zlar, 
tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli 
tartibda); 
 o‗quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma‘no anglatishi, 
qachon, qanday holatlarda qo‗llanilishi haqida yozma ma‘lumot beradilar; 
 belgilangan vaqt yakuniga yetgach o‗qituvchi berilgan 
tushunchalarning to‗g‗ri va to‗liq izohini o‗qib eshittiradi yoki slayd orqali 
namoyish etadi; 
 har bir ishtirokchi berilgan to‗g‗ri javoblar bilan o‗zining shaxsiy 
munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‗z bilim darajasini 
tekshirib, baholaydi. Interfaol metoddan foydalanish o‗qituvchilar hamda 
o‗quvchilarga juda foydali bilim olish va bilim berishni kafolatlaydi. 
Interfaol metoddan foydalanish jarayonida ta‘lim beruvchi: 1) o‗qituvchi, 
boshqa o‗quvchilar, ma‘muriyat bilan shaxsiy uchrashuv yo‗li bilan emas, balki 
ta‘lim jarayonining barcha subyektlari bilan faol o‗zaro harakat qilishi mumkin; 
2) multimediali obyektlarni tahlil qilish jarayonida ularning mazmuni, shakli, 
o‗lchovi va rangini o‗zgaruvchan boshqarish, ularni har tomonlama ko‗rib chiqish, 
shunga o‗xshash boshqa harakatlarni bajarish, eng ko‗p ko‗rgazmalilikka erishishda 
to‗xtatish va xohlagan joyida yana ishga tushirish mumkin. 
3) ta‘lim oluvchiga muammoni faraz, vazifalarni ifodalashda yordam beradi 
va tezkor boshqaradi. 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling