Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
96 
Pedagogik yordamning asosiy mohiyati pedagogik jarayonning tavsifi, uning ma‘lum 
maqsadga yo‗naltirilganligi, shuningdek, shaxsni shakllantirish va tarbiyalash 
borasida hal etiladigan vazifalar bilan ifodalanadi. Bunday pedagogik yondashuv 
axborotlarni e‘lon qilish, ko‗rsatish, eslatish, tushuncha yoki maslahat berish
yo‗naltirish, taqqoslash, kengashish, bartaraf etish, ilhomlantirish, qiziqtirish va 
xurmatni izhor qilish, talabchanlikni qo‗llab-quvvatlash kabi ko‗rinishlarda namoyon 
bo‗ladi.
Pedagogik ilm va amaliyotda ―pedagogik texnologiya‖, ―ta‘limiy 
texnologiya‖, ―ta‘lim berish texnologiyasi‖ kabi atamalar keng qo‗llanilishi 
kuzatilmoqda. Avvalombor, bu tushunchalarning farqi va o‗zaro bog‗liqlik 
tomonlarini aniqlash lozim. ―Texnologiya‖ yunoncha so‗z bo‗lib, ―texne‖ - mahorat, 
san‘at, malaka va ―logos‖ - so‗z, ta‘limot ma‘nolarini anglatadi. Pedagogik 
texnologiya - pedagogik hodisa va ta‘limni texnologiyalashtirish sohasidagi 
jarayonda qo‗llaniladigan tushuncha.
Ta‘limiy texnologiya - ta‘lim berish jarayonini hamda texnikaviy va insoniy 
manbalarni hisobga olgan xolda bilimlarni o‗zlashtirish va ularning o‗zaro harakatini 
yaratish, qo‗llash va aniqlashning tizimli usuli hisoblanadi.Zamonaviy o‗qitish 
texnologiyalarni - majmuaviy integral (butun, bog‗liq) tizim bo‗lib, unda ta‘lim 
maqsadlari asosida belgilangan ko‗nikma va malakalar o‗quvchilar tomonidan 
nazariy bilimlarni o‗zlashtirish, ularda muayyan ma‘naviy-axloqiy sifatlarini 
tarbiyalashga yo‗naltirilgan pedagogik faoliyat elementlarining ma‘lum tartibga 
solingan to‗plamdir.
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, 
tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan, yoki ular tomonidan qo‗llanilayotgan 
ilg‗or texnologiyalardan foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga 
muvofiqdir. 
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‗quvchilarning o‗quv 
va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorligini 
kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‗llash borasida katta tajriba to‗plangan 
bo‗lib, ushbu tajriba asosini tashkil etuvchi metodlar interfaol (interaktiv) metodlar 
nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta‘lim berish - suhbatli ta‘lim berish, bunda ta‘lim 
oluvchi, ta‘lim beruvchi va kompyuterning o‗zaro harakati amalga oshiriladi. Quyida 
interfaol metodlardan ba‘zilarini keltiramiz: 
1. “SWOT-tahlil” metodi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling