TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
92
Kasbiy malaka oshirish muammosi o‗zbek ta‘limini modernizatsiya qilish va
yangi avlod o‗rta maxsus kasb-hunar ta‘limi davlat ta‘lim standartini joriy etish
sharoitida talabalarning o‗rni va rolini tushunishning kaliti bo‗lishi zarur. Uning
o‗ziga xos xususiyati ish beruvchilarning talablarini hisobga olish, shuningdek,
bo‗lajak mutaxassisning malakasini shakllantirish va rivojlantirishda maqsadli
natijani ta‘minlashga ta‘sir qiluvchi aniq shakllar, usullar, vositalar, texnologiyalarni
tanlashdir.
Tadqiqotimizda
―Talabalarning
kasbiy-pedagogik
yo‗nalganligi‖
so‗rovnomasidan foydalandik. So‗rovnoma 40 ta savoldan iborat bo‗lib,
sinaluvchining har bir javobi tegishli mezonlar bo‗yicha baholanadi. Talabaning
kasbiy pedagogik yo‗nalganligining xususiyatlari ifodasining namoyon bo‗lish
darajasi:
1-11 gacha xususiyatlarning mavjud emasligi yoki to‗liq namoyon
bo‗lmasligi.
12-17 gacha namoyon bo‗lishning past darajasi;
18- 24 gacha o‗rtadan past daraja;
25- 30 gacha o‗rta daraja;
31 – 36 gacha yaxshi ko‗rsatkich;
37- 40 gacha yuqori ko‗rsatkich hisoblanadi.
Bunda ko‗rsatkichlar quyidagi oltita shkala bo‗yicha baholandi:
1.
Kasbiy va qadriyalar yo‗nalganligi;
2.
O‗quv va kasbiy qiziqishlar;
3.
O‗quv-kasbiy faoliyatiga bo‗lgan munosabat;
4.
O‗quv-kasbiy faoliyatga tayyorlik;
5.
O‗quv-kasbiy faoliyat motivlari;
6.
Pedagogik yo‗nalganlik.
―Talabalarning kasbiy-pedagogik yo‗nalganligi‖ metodikasi bo‗yicha olib
borgan tadqiqot ishimizda talabalarda o‗quv va kasbiy qiziqishlar, o‗quv-kasbiy
faoliyatga munosabat shkalalari bo‗yicha yuqori ko‗rsatkichlarni kuzatildi.
1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |