Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
88 
zich yashagan joylarda shuningdek, shamol va boshqalar orqali tarqaladi, deb aytib 
o‗tilgan. 
Ekologik ta‘lim respublikamizda oliy ta‘lim muassasalarining o‗quv dasturiga 
kiritilgan o‗quv jarayonida ekologik tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan foydalanish 
iqtisodiyoti, atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish va 
boshqa ekologik ixtisosliklar bo‗yicha talaba yoshlarga bilim berilmoqda. Bu borada 
bir qator ilmiy ishlar bajarilib kelinmoqda. 
Yu.Shodimetovning ―Ijtimoiy ekologiyaga kirish‖ darsligi oliy o‗quv yurtlari 
talabalari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, unda jamiyat va tabiat haqidagi falsafiy hamda 
tabiiy qarashlarning mohiyati, ijtimoiy ekologiyaning shakllanishi va rivojlanishi
inson-ekologiyasi ijtimoiy ekologiyaning mintaqaviy muommolari, ekologik siyosat 
kabilar nazariy jihatdan ishlab chiqilgan[4. 5-b]. 
O‗zbekistonlik mutaxassis Sh. Avazovning fikriga ko‗ra, odamlar ekologik 
toza texnologiyalardan foydalanishga tayyor bo‗lmasa, ekologik cheklovlar 
talablariga rioya qilishga intilmasa va faol ishtirok etsa, hech qanday texnik vositalar 
atrof-muhit holatini yaxshilay olmaydi va ijtimoiy va ekologik muammolarni amaliy 
hal etishga ko‗maklasholmaydi. Bunday o‗zgarishlar faqat jamoat ongini o‗zgartirish, 
ekologik g‗oyalar, bilimlar va majburiyatlarni jamiyat va har bir inson hayotiga kirib 
borish bilan amalga oshiriladi, bu bir qator davlat hujjatlarida ham qayd etilgan 
[5. 160-b ]. A.Nig‗matovning ―Ekologiya huquqi‖ darsligida ekologiya huquqining 
tushunchasi, rivojlanish bosqichlari,predmeti, ekologik-huquqiy munosabat va 
ekologik-huquqiy mexanizm,ekologiya huquqi manbalari, boshqaruv ekologik 
kadastr, nazorat va ekspertiza, javobgarlik, yerlarni ekologik-huquqiy muhofaza 
qilish, suv va suvdan foydalanishni ekologik-huquqiy tartibga solish, yer osti 
boyliklarini, o‗simlik dunyosini, o‗rmonlarni ekologik-huquqiy muhofaza qilish kabi 
masalalar nazariy jihatdan asoslangan[7]. 
Xulosa qilib, talabalarga ekologik ta‘lim berishda biz tabiat bilan jamiyat 
orasidagi munosabatlarni ilmiy asoslab tushuntirib birgalikda olib borishimiz, 
ekologik muammolarni tahlil etish haqida kelajak avlodga bilim berishimizda 
bo‗lajak o‗qituvchilarni tayyorlash tizimni takomillashtirishimizni talab etadi.
Adabiyotlar 
3. 
―O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi‖ Toshkent- ―O‗zbekiston‖-
2018. 17-19-b. 
4. 
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‗limizni qat‘iyat bilan davom 
ettirib, yangi bosqichga ko‗taramiz. 1- jild. – Toshkent: O‗zbekiston, 2017. 570-b 
3. Mirziyoyev Sh.M. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga 
aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‗lishi kerak. Prezident 
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‗zbekiston 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling