Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
88 zich yashagan joylarda shuningdek, shamol va boshqalar orqali tarqaladi, deb aytib o‗tilgan. Ekologik ta‘lim respublikamizda oliy ta‘lim muassasalarining o‗quv dasturiga kiritilgan o‗quv jarayonida ekologik tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti, atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish va boshqa ekologik ixtisosliklar bo‗yicha talaba yoshlarga bilim berilmoqda. Bu borada bir qator ilmiy ishlar bajarilib kelinmoqda. Yu.Shodimetovning ―Ijtimoiy ekologiyaga kirish‖ darsligi oliy o‗quv yurtlari talabalari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, unda jamiyat va tabiat haqidagi falsafiy hamda tabiiy qarashlarning mohiyati, ijtimoiy ekologiyaning shakllanishi va rivojlanishi, inson-ekologiyasi ijtimoiy ekologiyaning mintaqaviy muommolari, ekologik siyosat kabilar nazariy jihatdan ishlab chiqilgan[4. 5-b]. O‗zbekistonlik mutaxassis Sh. Avazovning fikriga ko‗ra, odamlar ekologik toza texnologiyalardan foydalanishga tayyor bo‗lmasa, ekologik cheklovlar talablariga rioya qilishga intilmasa va faol ishtirok etsa, hech qanday texnik vositalar atrof-muhit holatini yaxshilay olmaydi va ijtimoiy va ekologik muammolarni amaliy hal etishga ko‗maklasholmaydi. Bunday o‗zgarishlar faqat jamoat ongini o‗zgartirish, ekologik g‗oyalar, bilimlar va majburiyatlarni jamiyat va har bir inson hayotiga kirib borish bilan amalga oshiriladi, bu bir qator davlat hujjatlarida ham qayd etilgan [5. 160-b ]. A.Nig‗matovning ―Ekologiya huquqi‖ darsligida ekologiya huquqining tushunchasi, rivojlanish bosqichlari,predmeti, ekologik-huquqiy munosabat va ekologik-huquqiy mexanizm,ekologiya huquqi manbalari, boshqaruv ekologik kadastr, nazorat va ekspertiza, javobgarlik, yerlarni ekologik-huquqiy muhofaza qilish, suv va suvdan foydalanishni ekologik-huquqiy tartibga solish, yer osti boyliklarini, o‗simlik dunyosini, o‗rmonlarni ekologik-huquqiy muhofaza qilish kabi masalalar nazariy jihatdan asoslangan[7]. Xulosa qilib, talabalarga ekologik ta‘lim berishda biz tabiat bilan jamiyat orasidagi munosabatlarni ilmiy asoslab tushuntirib birgalikda olib borishimiz, ekologik muammolarni tahlil etish haqida kelajak avlodga bilim berishimizda bo‗lajak o‗qituvchilarni tayyorlash tizimni takomillashtirishimizni talab etadi. Adabiyotlar 3. ―O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi‖ Toshkent- ―O‗zbekiston‖- 2018. 17-19-b. 4. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‗limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‗taramiz. 1- jild. – Toshkent: O‗zbekiston, 2017. 570-b 3. Mirziyoyev Sh.M. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‗lishi kerak. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‗zbekiston |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling