Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
87 Keyinchalik tarixiy yozma manba ―Avesto‖da ular nisbatan sistemalashgan. Shu o‗rinda ―Avesto‖ da …yangi kanallar qazish, ariq-zovurlarni tozalash, yеrlarni o‗z vaqtida ekishga tayyorlash mo‗l hosil olishning asosiy garovidir. Shuningdek, ―cho‗lga suv chiqazib, yеrning sho‗rini yuvib, zahini qochirib, yеrga ishlov berganlar‖ – еng mo‗tabar insonlar hisoblanadi. Hatto podshoh Jamshid Tangri Uzoq vaqt ishlov bermay va ekin ekilmay qolgan yеr eng baxtsiz zamindir deb keltirib o‗tilgan. [6. 11-14-b] Shuningdek, islom dini manbalari ―Qur‘oni Karim‖ va ―Hadisi sha‘rif‖dagi ilohiy o‗git va aqidalar ekologik dunyoqarash tadqiqotining ma‘naviy ildizlarini, manbalarini tashkil qiladi. Ekologiya borasida sharq mutafakkirlari ham o‗z fikrlarini bildirib o‗tishgan. Jumladan, O‗rta asrlarda yashab ijod etgan Sharq allomalaridan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo‗shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‗simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e‘zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) asarlarida o‗simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo‗jalikdagi ahamiyati haqida ma‘lumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari, asosan, ―Saydana―, ―Mineralogiya―, ―Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar― kabi asarlarida uchraydi. Olim ―Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar― asarida Eronning turli tropik o‗simliklari va hayvonlarining tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulq-atvori yil- fasllarining almashinuvi bilan bog‗liq ravishda o‗zgarishini misollar bilan tushuntirgan. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)ning eng yirik asari ―Boburnoma‖dir. Unda shoirning ko‗rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonoti, o‗simliklari va boshqalar tasvirlangan. Har bir kasb egasi bu kitobdan o‗ziga keragicha ma‘lumot topa oladi. Asar muhim atamalar va toponimik manbalarga boy. Unda yеr, suv, havo, turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so‗zlari ko‗plab topiladi. ―Boburnoma―ni o‗qigan va o‗rgangan har bir kishi uni tabiat va geografiyani yaxshi bilgan o‗lkashunos olim yozgan degan xulosaga keladi. Bobur o‗lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, ularning qadriga yеtgan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) ham o‗z asarlarida ekologiya borasida fikrlarini bildirib o‗tgan. Xususan, ―Tib qonunlari‖ asarida, kishi organizmiga tashqi muhit ta‘siri muhimligini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan, ya‘ni u kasallikni yuqishi masalasini hal etishga yaqinlashgan edi. Bular moxov, qo‗tir, chechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi kasalliklardir. Xususan, bular odamlarning turar еrlari tor bo‗lganda, ya‘ni aholi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling