Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
91 Keltirilgan jihatlarning talaba kasbiy shakllanishiga ta‘sirini psixologik tadqiq etish shu kunning eng dolzarb muammolaridan biri ekanligiga shubha yo‗q. Ammo zamonaviy rivojlanish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va boshqa o‗zgarishlar talabalar kasbiy shakllanishida yangi muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda. Talabalar kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o‗ta muhim bosqichi tanlagan kasbini kengroq tasavvur qilish, kasbiy o‗zlikni anglash, kasbiy kompitensiyalarni shakllantirish kabilarni o‗z ichiga oladi. Ma‘lumki, talabalarning tanlagan kasbga moslashishi, unga o‗zini ruhan, jismonan va ma‘nan tayyorlashi jins va yosh omillariga qat‘iy bog‗liq bo‗lmaydi, ya‘ni u ma‘lum yoshga kelib o‗z-o‗zidan shakllanib qolmaydi. Talabalarni kasbiy shakllantirish xususida Sharq mutafakkirlari o‗z mulohazalarini bayon etganlar. Sharqda yoshlarga ta‘lim va tarbiya berish, ularga kasb-hunar o‗rgatish, kasbiy shakllanishini nazorat qilish qadimiy an‘analardan bo‗lgan. Xalqimizning yosh avlod tarbiyasiga qay darajada e‘tibor berishini ko‗rsatuvchi turli-tuman naqllar, rivoyatlar va maqollarning asrlar osha to‗planib kelganligi buning yaqqol isbotidir. Jumladan, ―Ustozdan o‗zmagan shogird, shogird emas‖, ―Hunarli kishi xor bo‗lmas‖ yoki ―Bir yigitga yetmish hunar oz‖ kabi ko‗plab hikmatli so‗zlar borki, ular qadim-qadimdan ota-bobolarimiz yosh avlodni ruhan va jismonan barkamol hamda o‗ziga munosib biror-bir kasb-hunar egasi bo‗lib yetishishlariga da‘vat etib kelganlarining yaqqol isbotidir[1]. Sharq mutafakkirlari ta‘limotida yoshlarga ta‘lim va tarbiya berish bilan birga ularni kasb-hunarga o‗rgatish g‗oyasi ham muhim o‗rin egallaydi. Jumladan, Abu Nasr Farobiy[2], Abu Rayxon Beruniy[3], Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Axmad Donish, Davoniy va boshqalar tomonidan yozilgan asarlarda muammo atroflicha talqin qilingan. Jumladan, buyuk qomusiy olim Abu Nasr Farobiy kasb- hunar to‗g‗risida ilk fikrlarini bildirib, qimmatli maslahatlarni bergan, ta‘lim - so‗z va ko‗nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligi, muayyan kasb-hunarga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo‗lishini aytgan. Bu mulohazalardan ko‗rinib turibdiki, kasb- hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo‗lib kelgan. Abu Nasr Farobiyning ta‘kidlashicha, Ta‘lim degan so‗z xalqlar va shaharliklar o‗rtasida nazariy fazilatlarni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‗rtasidagi tug‗ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirishdir. Darhaqiqat, kasbiy shakllanish talaba faoliyatida muhim o‗rin tutadi. Agar talabalar kasbiy shakllanishi muammosi o‗z vaqtida ko‗rib chiqilsa, oliy ta‘limning ilk bosqichidan oxirigacha zarur malaka va ko‗nikmalarni o‗z vaqtida egallashga e‘tibor qaratadi. Zero, kasbiy shakllanish-bu talabaning cheksiz rivojlanishi imkoniyatini nazarda tutadigan uzoq muddatli jarayondir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling