Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
Almardanova S.B. - Teacher at Termez State University
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
Almardanova S.B. - Teacher at Termez State University
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 90 Annotation. In the article, the professional development of students is interpreted as a psychological problem, which describes the factors of professional development of students, factors that impede the professional development of students, and ways to overcome them Key words: personality, student, profession, professional interests, professional development Jamiyatda shaxsning barkamolligini belgilovchi mezonlar xilma-xildir. Jumladan, barkamol inson deganda ma‘naviy jihatdan yetuk, o‗z Vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun qayg‗uradigan, shuningdek, jamiyatning iktisodiy taraqqiyotiga o‗z hissasini qo‗shish ishtiyoqiga ega bo‗lgan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Ushbu tushunchaga tahliliy yondashilsa, uning naqadar serqirra, murakkab va har tomonlama umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishini tushunish mumkin. Shaxs barkamolligining yana bir muhim omili sifatida shaxsning kasbiy shakllanishini keltirish mumkin. Komillik sari intilish shaxsning kasbiy shakllanishi bilan birgalikda yaxlit holda kechadigan va deyarli bir umr davom etadigan murakkab jarayondir. Kasbiy shakllanish - insonning o‗z aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari u yoki bu sohaga bo‗lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari, shuningdek, qadriyat va dunyoqarashlariga ko‗ra biror-bir kasb sohasida ta‘lim olishi, keyinchalik shu sohaga kirishib moslasha borishi va nihoyat yillar davomida yetuk va malakali mutaxassis bo‗lib yetishishi tushuniladi. Kasbiy shakllanish jarayoni insonning o‗z aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari u yoki bu sohaga bo‗lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari, shuningdek, qadriyat va dunyoqarashlariga ko‗ra biror-bir kasb sohasida ta‘lim olishi, keyinchalik shu sohaga kirishib moslasha borishi va nihoyat yillar davomida yetuk va malakali mutaxassis bo‗lib yetishishini nazarda tutadi. Kasbiy shakllanish shaxs faoliyatining uzoq muddatli davrini qamrab oladi va ijtimoiy mavqe, yashash tarzi va avlodlar o‗rtasidagi an‘analarning davom ettirilishi bilan ham tavsiflanadi. Oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning mutaxassis sifatida kamol topishida ularning shaxsiy hamda kasbiy shakllanishini ta‘minlashga to‗siq bo‗luvchi bir qator omillar mavjud. Bular qatoriga: 1. Mutaxassislarga qo‗yiladigan kasbiy va shaxsiy talablarning o‗sib borayotganligi; 2. Kasb tanlashga sabab bo‗luvchi omillarning davriy xususiyatga egaligi va kasblar to‗g‗risidagi ijtimoiy ideallarda yagona me‘yorning mavjud emasligi; 3. O‗spirin kasbiy tasavvurlarining ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlarga, bozor munosabatlariga hamohang o‗zgarayotganligi hamda kasb-hunar va tegishli mutaxassislik yo‗nalishlari o‗rtasidagi tafovutning keskin ortayotganligi; 4. Yoshlarning mutaxassislik yo‗nalishlarini tanlashlarida aniq tasavvurga, maqsadga, faoliyat yo‗nalishiga, istiqbol rejalarini belgilash qobiliyatiga ega emasligi kabilardir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling