Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana13.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1194512
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
04Raxmonkulov Feruz

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
287 
Web-dizaynerning web-kompetentligini rivojlantirishga yordam beradigan 
zamonaviy grafik dizayn dasturlaridan foydalanishni o‗rganishga e'tibor berib, web-
saytlar yaratishni uslubiy jihatdan ishlab chiqish va web-loyihani yaratish jarayonida 
badiiy didni shakllantirish muhim omil hisoblanadi. Pirovard natijada, vizual 
kommunikatsiyalar sifatini oshirish imkoniyatlari paydo bo‗ladi. Pedagogika oliy 
ta‘lim muassasalarida tahsil oluvchi bo‗lajak mutaxassislarda web-dizayn sohasida 
bunday maxsus kompetensiyani shakllantirish, kasbga yo‗naltirilgan fanlar tarkibiy 
qismlarining mantiqiy aloqalarini o‗rnatish imkonini beradi, bu pedagogik jarayonni 
qurishning yaxlitligiga ta'sir qiladi. 
Bo‗lajak informatika 
o‗qituvchilarining web-dizayn bo‗yicha bilim berishdagi 
qiyinchiliklari o‗quv jarayonini texnik jihozlashga ham bog‗liq. Kompyuter 
xonalarida moddiy-texnika bazaning ma‘naviy eskirganlik holatlari, shuningdek, 
internetga kirish imkoniyati tufayli ushbu fan bo‗yicha kerakli muhitni yaratish, 
bo‗lajak mutaxassislarni faqat dars jarayonida fanga jalb qilmasdan, darsdan tashqari 
mustaqil o‗rganishga imkoniyat yaratib berish va aniq manbalar bilan qurollantirish 
muhim hisoblanadi. O‗quv jarayonida web-loyihalar ishlab chiqishda juda ko‗p 
dasturiy ta'minotdan (grafik va web muharrirlar) foydalaniladi. Axborot 
texnologiyalari dasturiy ta'minotning tez-tez o‗zgarishi bilan ajralib turadigan 
dinamik rivojlanayotgan maydon. Ba‘zi hollarda ularning yangi avlodlarida tubdan 
yangilanishlar sodir bo‗ladi. Ushbu fan sohasidagi yangiliklar kun sayin ko‗payib 
borayotgan bir paytda talabaning ta‘lim jarayonida belgilangan dastur bo‗yicha 
berilayotgan bilim, ko‗nikma va malakalar tezda ma‘naviy eskirishiga olib kelishi 
mumkin, bu esa hozirgi vaqtda zamonaviy web-kompetenlikni o‗zida mujassam 
qilishni maqsad qilgan mutaxassisga ushbu soha bo‗yicha sodir bo‗layotgan barcha 
voqea-hodisalardan xabardor bo‗lib, zamon bilan hamnafas harakat qilishga undaydi. 
Shunday qilib, bo‗lajak mutaxassis o‗z qobiliyatlarini oshirish uchun ushbu fan 
sohasida bo‗layotgan yangiliklarni izchil kuzatib borishi kerak. 
Pedagogika oliy ta‘lim muassasalari informatika o‗qitish metodikasi 
yo‗nalishi talabalari uchun o‗qitiladigan web-dizayn fanining dasturi mazmunida 
nafaqat web muharrirlarni o‗rganishga yo‗naltirilgan bo‗lishi, balki quyida keltirilgan 
bilim, ko‗nikma va malakalarni bo‗lajak mutaxassisga o‗rgatish kerak. Har bir 
muharrir qanday ishlashini bilish yetarli emas. Web-sayt yaratish bo‗yicha bilimlar 
bilan darhol web-saytni ishlab chiqish bo‗yicha amaliy ishlarni boshlash nojoiz. Web-
dizayn nima ekanligini, web-dizaynerning ishi qanday tashkil qilinishi, mijozlar 
nimani kutishlarini va g‗oyalarni qanday izlash kerakligini tushunish muhimdir. 
Web-sayt yaratishda modulli ko‗rinishda ishlash va o‗z modulini yaratish, rang va 
shrift kompozitsiyasi xususiyatlarini bilish; UX (Foydalanuvchi tajribasi) va UI 
(Foydalanuvchi interfeysi) bilan ishlash, mobil va web-dizayn o‗rtasidagi farqni 
bilish va boshqalar. Buning uchun esa ushbu fanni o‗rganishga tegishli soatlar 



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling