Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Tabiiy Fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 101-guruh talabasi


Download 23.2 Kb.
bet1/3
Sana13.01.2023
Hajmi23.2 Kb.
#1091705
  1   2   3
Bog'liq
Davlat tili mt3.doc



Nizomiy nomli
Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
Tabiiy Fanlar fakulteti
Biologiya yo’nalishi 101-guruh talabasi
Abdiraxmonova Qizlarxonning
Davlat tilida ish yuritish fanidan
mustaqil ta’limi

O`zbek tilining taraqqiyot bosqichlari. Davlat tilining nufuzli orttirish bo`yicha hukumat qarorlari
Yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgandan so‘ng davlat tilini izchil joriy etish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga mukammal o‘tishni ta’minlash maqsadida 1995-yil 21-dekabrda “Yangi tahrirdagi Davlat tili haqida” qonun qabul qilindi.

Shuningdek, o‘zbek yozuvining lotin alifbosidagi (1929-1940-yillar) ijobiy tajribasidan kelib chiqib va jahon kommunikatsiyasiga kirishni jadallashtirish maqsadida 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan.

Mazkur qonun bilan mamlakatimizda lotin yozuviga asoslangan, 31 ta harf va 1 ta tutuq belgisi (apostrof)dan iborat o‘zbek alifbosi amalda bo‘ldi. 1995-yil 6-mayda unga o‘zgartirish kiritilib, 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan iborat o‘zbek alifbosi joriy etildi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-2-3-sinflari uchun lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida o‘quv dastur, darslik, metodik materiallar nashrga tayyorlandi.

1996-1997-o‘quv yilidan boshlab, ta’lim o‘zbek tilida olib borilayotgan barcha 1-sinf o‘quvchilari yangi alifboda o‘qishni boshladi va bosqichma-bosqich 2005-yilgacha ular yangi o‘zbek alifbosida o‘quv adabiyotlar majmuasi bilan ta’minlandi. Bugungi kunda ham barcha darsliklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida chop etilmoqda.

O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Shuningdek, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21-oktabr sanasi “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilindi. Xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbek tilim – iftixorim” tanlovi joriy etildi.
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir.

Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin.


Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.
O‘tmishda o‘lkamizni bosib olgan turli yovuz kuchlar bizni avvalo o‘z tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinu diyonatimizdan judo qilishga qayta-qayta urindilar. Ular el-yurtimiz boshiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar solgani tarixdan yaxshi ma’lum.
Ammo jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir sinovlarda ham o‘z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yo‘lda behisob qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zo‘ravonliklarga qaramasdan, o‘z ona tilini — milliy g‘ururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi
Bu borada ma’naviy jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan buyuk arboblarimiz, adib va olimlarimiz, ulamolarimiz, ulug‘ san’atkorlarimizning xotirasini bugun hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.
Ushbu qutlug‘ ayyomni bayram qilar ekanmiz, avvalo, 1989 yil 21 oktyabr sanasini — «Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilingan kunni eslashimiz o‘rinlidir.
Yurtimizda mustabid tuzum hali o‘z hukmini o‘tkazib turgan g‘oyat og‘ir sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilish biz uchun oson kechmagan edi.
Qonun loyihasi ikki marta umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan edi. Uning atrofida qanday qizg‘in bahs va tortishuvlar bo‘lib o‘tganini, o‘ylaymanki, ko‘pchilik yurtdoshlarimiz juda yaxshi eslaydi. Shaxsan men ham o‘shanda bu tarixiy jarayonlarning bevosita guvohi va ishtirokchisi bo‘lganman.
Bu muhim hujjatning qabul qilinishida fidoyi va vatanparvar ziyolilarimiz, keng jamoatchilikning qat’iy shijoati hamda Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning siyosiy irodasi katta o‘rin tutdi.
O‘zbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Ayni vaqtda 
Download 23.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling