Dinamika o‘rtacha sur`atlari turli usullar yordamida aniqlanadi. Ko‘pincha geometrik o‘rtacha qo‘llanadi. Dinamika qatorlarining tendensiyalarini aniqlash va ularni qiyosiy tahlil qilishda dinamika o‘rtacha sur`atlarini hisoblash juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko‘rsatkichni topishning eng aniq usuli dinamika qatorlarini eksponentlar (ko‘rsatkichli funksiya t У fa ) bo‘yicha tekislash natijalariga asoslanadi. Qator darajalari bir marom va yo‘nalishda o‘zgarsa, o‘rtacha dinamika sur`ati zanjirsimon o‘sish sur`atlaridan geometrik o‘rtacha hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi:
Davriy qatorlarda o‘rtacha daraja arifmetik o‘rtacha shaklida hisoblanadi. Demak, 2014-2018 yillarda don ishlab chiqarish o‘rtacha bir yilda 11,2 foiz ortgan. Ma’lumki, zanjirsimon o‘sish sur`atlari ko‘paytmasi zaminiy (bazisli) o‘sish sur`atiga, ya’ni qatorning oxirgi darajasini boshlang‘ich darajasi nisbatiga teng. Shu sababli
Ammo ayrim hollarda o‘rtacha o‘sish sur`atini aniqlash sharti (mezoni) qilib boshqa funksionalni olish masalasi tug‘iladi. Jumladan mavjud sharoit bunday mezon sifatida biror darajaga Yk nisbatan qator darajalari yig‘indisini Yi qarash zarurligini taqozo etishi mumkin. Bu holda ayrim davrlar uchun o‘sha darajaga nisbatan
Bu yyyerda: Yk - taqqoslash asosi qilib olingan daraja. Masalan, besh yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot bazis darajaga (o‘tgan besh yillik uchun o‘rtacha yillik ishlab chiqarish hajmiga) nisbatan 800foiz yoki boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘rtacha yillik daraja bazis darajaga nisbatan 160foiz (800foiz:5) tashkil etishi uchun mahsulot ishlab chiqarishning o‘rtacha yillik sur`ati qanday bo‘lishi kerak? Ushbu shartni qanoatlantiradigan o‘rtacha o‘sish sur`ati m tartibli parabola tenglamasi orqali aniqlanadi. Shuning uchun uni parabologik o‘rtacha o‘sish surati deb yuritiladi. Maxsus statistikaga oid adabiyotda parabologik o‘rtacha o‘sish suratini aniqlash uchun quyidagi taqribiy formula taklif etilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |