Toshkent davlat pedagogika universiteti «Texnologik ta’lim metodikasi» kafedrasi


Download 280.54 Kb.
bet1/7
Sana02.06.2024
Hajmi280.54 Kb.
#1839839
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
КИРИШ .docx223344455


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

«Texnologik ta’lim metodikasi» kafedrasi
Professional ta’lim fakulteti
TT-Sirtqi 301-guruh talabasi
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash” fanidan
Kurs ishi
Mavzu: “ ”
Ilmiyrahbar:
Toshkent 2023

MUNDARIJA


Kirish……………………………………………………………………
I-BOB. Tехник ижодкорлик va konstruksiyalash fanining mohiyati va vazifalari ……………………………………………………………………………………..

    1. Фаннинг мақсад ва вазифалари…………………………………………..

1.2. Zamonaviy texnika va texnologiyalar………………………………………..
II-BOB Texnika ob’ektlarini konstruksiyalash……………………………………
2.1 Zamonaviy texnika ob’ektlarini konstruksiyalash…………………………..
2.2.Аvtоmоbilni lоyiхаlаsh vа mоdеllаshtirish………………………………….
2.3.Avtomobilning asosiy qismlari va ularning maqsadi……………………….
2.4. Modelni tayyorlashda rioya qilinadigan sanitariya vaxavfsizlik texnikasi qoidalarl…………………………………………………………………………
Xulosa………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………

Kirish
Yoshlarimizni mehnat qilishga tayyorlash va kasbga yo’naltirish ishlarini yaxshilash, ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishda texnik ijodiyot bo’yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlar katta ro’l o’ynaydi. Hozirgi vaqtda texnik ijodiyotning rivojlanishi Xalq ta’limini isloh qilishda nazarda tutilgan masalalarini hal etish vositalaridan bo’lishi kerak. Mamlakatimiz yoshlarining texnik ijodiyotiga juda katta ahamiyat berilmoqda. Bu hozirgi fan texnika inqilobi davrida ayniqsa muximdir. Texnik ijodiyot bilan shug'ullanish o’quvchilarda fan va texnikaga, tadqiqotlarga qiziqishini o'stiradi, kelajakda kasbni ongli ravishda tanlashga yordam beradi, o’qish jarayoniga bevosita ta’sir qilib, materiallarni chuqur o’zlashtirishga yordam beradi.
Maktab o'quvchilarini texnik ijodkorlikka yo’naltirishda maktab dasturidagi mexnat talimining o’rni katta bo’lib unda o’quvchilarga amaliy jihatdan turli xildagi buyumlarni tayyorlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantiriladi. Bu esa o'z navbatida maktab mehnat ta'limi o’qituvchisi zimmasiga ma'suliyatli vazifani yuklaydi. Yoshlarni ijodkorlikka tayyorlash jarayonida shaxsning ma`suliyat, ijtimoiy faollik, burch, jamoatchilik ongli intizom kabi ijtimoiy xususiyatlarni shaklllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarning bu aqloqiy fazilatlari u rivojlanayotgan jamiyatga, ijtimoiy turmush hodisalariga munosabati va ularni baholash xususiyati orqali ifodalanadi. Jamiyat turmishida axloqiy asoslar rolini oshirish, ma`naviy omil ta`siri sohasini kengaytirish odamlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni ma`muriy tartibga solishning ahamiyatini pasaytiradi. Bizni o`rab turgan voqelikdagi jarayonlar va hodisalar kompleks, ko`p qirrali va ko`p jixatli bo`lgani uchun shaxsning voqelikka munosabati ham o`zaro bog`liq va bir-birini taqozo etadigan baholar murakkab kompleksi orqali tasavvur etiladi va ifodalanadi. Bunda g`oyaviy-siyosiy, tarbiyaviy jihat baholar va munosabatlarning eng muhim, ustun jihati hisoblanadi.
Fan-texnika sohasidagi innovatsion o‘zgarishlar jarayoni ta’lim-tarbiya tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bunday jadal o‘zgarishlar ta’sirida axborotlar oqimi shiddat bilan ko‘paymoqda. Bu esa, ta’lim oluvchilarda bilish faolligi, kreativlik, kompetentlik faolligini, nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri va aniq qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini shakllantirishda muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jamiyatni barcha ijtimoiy tabaqalari manfaatlarini inobatga olgan holda, ta’lim sohasida jahon andozalariga mos keng qamrovli islohotlarning olib borilishi natijasida ta’lim jarayonida ham pedagoglarning innovatsion faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish orqali bunday muammolar bartaraf etiladi.

Download 280.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling