12
1b-shakl. O’quv adabiyotlari bilan ishalash. Auditoriyadan tashqarida o’quv
adabiyoti bilan ishlash mustaqil ta’lim olishning eng asosiy shakllaridan biri
hisoblanadi. O’quv adabiyotlari bilan ishlashni barcha ta’limoluvchilar yaxshi
o’zlashtirgan bo’lishlari lozim.
2b-shakl. Nazorat ishlariga tayyorlanish. Imtixonlarga va nazorat ishlariga
tayyorlanish jarayoni ham mustaqil ta’limning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida imtixonlar va nazorat ishlari topshirishda talabalardan o’quv
rejasini qanday darajada o’zlashtirganliklari haqida hisobot beradilar.
3b-shakl. Masofaviy ta’lim texnologiyasi. Masofaviy ta’lim jarayoning asosini
mustaqil ta’lim tashkil qilganligi uchun ham talabalarda ijodiy tafakkur rivojlanib
boradi. Ushbu holat masofaviy ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Masafaviy ta’lim vositalari:
1. Elektron darsliklar.
2. Tarmoq o’quv-metodik qo’llanmalari.
3. Oddiy va multmediali kompyuter ta’limi tizmlari.
4. Audio o’quv-axborot materiallari.
5. Video o’quv- axborot materiallari
6. Laboratoriya praktikumlari.
7. Uzoq masofadan ulanuvchi ma’lumotlar va bilmlar bazasi.
8. Masofadan ulanuvchi elektron kutubxona.
9. Uzoq masofadan ulanuvchi trenajyorlar.
10. Ekspert asosidagi ta’lim tizimi