Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Jaynizm ta’limoti va undagi borliq masalasining


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

 
Jaynizm ta’limoti va undagi borliq masalasining
muhokamasi 
Eramizdan oldingi I 
mingyillik o‘rtalarida Hindistonda Vedalar 
mafkurasidan mustaqil ravishda bir necha ta’limotlar paydo bo‘ldi. Ularda 
insonning jamiyatdagi o‘rni masalasida yangicha yondoshuvlar bayon qilindi. 
Paydo bo‘lgan bu yangi maktablar ichida jaynizm va buddaviylikkina umumhind 
ahamiyatiga ega edi.
Jaynizm er. ol. VI-V asrlarda Hindistonda to‘la shakllangan edi. Asoschisi 
keyinchalik Mohavira (buyuk qahramon) jina (g‘olib), degan laqab olgan sayyoh 
tashviqotchi Vartxaman ismli kishi edi. Hindistonning shimoli-sharqida paydo 
bo‘lgan bu diniy-falsafiy ta’limot keyinchalik butun Hindistonga tarqalgan bo‘lsa 
ham, ammo hech qachon uning chegarasidan tashqariga chiqmagan.
Jaynizm adabiyotining asosiy qoidalari uning bir yo‘nalishi bo‘lgan 
shvetambarlar (oq kiyim kiyganlar) tomonidan er. avv. IV asrda ishlab chiqilgan. 
Ammo bu ta’limot to‘laligicha eramizning X-XI asrlaridagina shakllangan.
Jaynistlar ta’limoti dualizm (sanaviyat)ni targ‘ib qilgan. Unga ko‘ra, inson 
shaxsining mohiyati ikki xususiyatga – moddiy (adjiva) va ruhiy (jiva)ga egadir. 
Ular o‘rtasidagi bog‘lovchi karma – nozik moddadan iborat bo‘lgan jism bo‘lib, 
ruhni qo‘pol modda bilan qo‘shilishiga imkon bergan (1-ilova). Tirik bo‘lmagan 
moddaning karma iplari orqali ruh bilan qo‘shilishi alohida shaxsning (individ) 
kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Karma esa, qayta tug‘ilishning uzluksiz zanjirida 
ruhni doimo kuzatib boradi. Ruhning hayot charxining karmasi ta’siridan 
qutilishning iloji faqat tarkidunyochilik va hayrli faoliyat orqaligina amalga 
oshishi mumkin. Jaynizm buddaviylikka o‘xshab o‘z ta’limoti asosiga shaxs 
borlig‘i muamolarini qo‘ygan edi. Bu ta’limotga binoan yaratilmagan va 
buzilmaydigan ikki azaliy ibtido (javhar)dan bu dunyo yaratilgan. Ular jiva (tirik, 
jonli, ruhiy) va adjiva (jonsiz, modda)dan iborat. Adjiva bilan bog‘langanlik 
darajasiga qarab, mohiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro jarayon ta’sirini belgilovchi jiva 
(ruh) borliqning ikki shaklida namoyon bo‘ladiki, biri mukammal, ikkinchisi esa, 
nomukammal bo‘ladi.
Nomukammal holatdagi jiva (ruh) modda bilan qo‘shilganligi tufayli 


o‘zining imkoniy sifatini yo‘qotib, azob-uqubatlarga duchor bo‘lishi mumkin. 
Mukammal borliq holatida esa, moddiylikdan qutilib, o‘z borlig‘ini boshqarishga 
qodir bo‘lib huzur-halovatli holat bo‘lgan nirvana yoki mokshaga o‘tishi mumkin. 
Jivaning ikki borliq ko‘rinishiga muvofiq ravishda jaynizm ikki turdagi bilimni, 
ya’ni nomukammal va mukammallikni tan oladi. Nomukammal bilim, bevosita va 
bilvosita hosil qilingan bilimdir. Mukammal bilim esa, faqat moddiydik 
rishtalaridan uzilgan, ichki tuyg‘u (intuitiv) orqaligina hosil qilinishi mumkin. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling