Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Prakritining dunyoviy mohiyatlarga aylanishi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

 
Prakritining dunyoviy mohiyatlarga aylanishi 
Sankxya ta’limotiga ko‘ra, dunyoning birinchi sababi – prakritidir. U 
moddiy bo‘lib, borliqning javhariy asosidir. Prakriti his-tuyg‘u bilan qabul qilib 
bo‘lmaydigan nozik javhar bo‘lib, uning tabiati, u keltirib chiqargan moddiy 
dunyo ashyolarida, uning oqibati sifatida namoyon bo‘ladi. Oqibat o‘z sababida 
oldindan mavjud bo‘lsa, sabab o‘z oqibatida saqlanadi, sabab (sat) va oqibat 
(karya) mohiyatan ayniyatda bo‘ladi. Prakritining his-tuyg‘u bilan qabul qilib 
olinadigan dunyoviy mohiyatlarga aylanishi, uch sifatli unsur bo‘lgan rajas 
(intilish), tamas (qorong‘ilik) va sattva (aniqlik) ta’sirida kelib chiqishi 
mumkinligi ta’kidlanadi. Har bir ashyoda, uning xususiyatiga muvofiq bu uch 
unsurdan biri ko‘proq bo‘ladi. Sankxya prakriti bilan bir qatorda, dunyoning 
moddiy asosidan mustaqil bo‘lgan purushi (mutlaq ruh)ning mavjudligi ham tan 
olinadi. Agarchi purushi, uning tufayli mavjud bo‘lgan barcha ashyo va 
mohiyatlar tarkibida ishtirok etsa ham, uni ko‘rib yoki tutib bo‘lmaydi. Prakriti 
bilan purushining qo‘shilish vaqtida 25 asos paydo bo‘ladi. Ular orasida moddiy 
(suv, tuproq va shunga o‘xshash) ashyolar bilan bir qatorda ruhiy mohiyatlar (o‘z-
o‘zini anglash, aql) ham vujudga keladi.
 
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar 
1. Hind moddiyuncha ta’limotlarining asosi nima? 
2. Lokayata ta’limotiga ko‘ra, inson nimalardan tashkil topgan? 
3. Vaysheshika falsafasida borliq muammosi qanday hal qilingan? 
4. Nyayada bilimning to‘rt manbasi nimalar? 
5. Mimansa so‘zining ma’nosi nima? 
6. Vedantaga qaysi ta’limot asos bo‘lib xizmat qilgan? 
7. Prakriti nima? 
8. Mumtoz falsafiy maktablar hind ma’naviy hayoti taraqqiyotida qanday 
ahamiyatga ega? 



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling