Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Prakritining dunyoviy mohiyatlarga aylanishi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

3. Prakritining dunyoviy mohiyatlarga aylanishi.
 
Mavzuning o‘quv maqsadi 
Talabalarda qadimgi hind falsafiy tafakkuri tarixidagi moddiyunchilikka 
asoslangan falsafiy maktablar to‘g‘risida tushuncha hosil qilish, ularda ushbu 
maktablardagi olam va odam muammolariga oid moddiyuncha ta’limotlarni 
falsafiy mushohada qilish va ob’ektiv xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini 


shakllantirish.
 
Mavzuning tayanch tushunchalari 
Lokayata, chorvaklar, Yoga, Vaysheshika, Nyaya, Mimansa, Vedanta, 
Sankxya, Brixaspati, “Ramayana”, atman, kasta, kohin, meditatsiya, Patanjala, 
tarkidunyochilik, 
mukammal, 
nomukammal, 
Vaysheshika-sutra, 
Kanada, 
“Padartxa-dxarma-sangraxa”, javhar, sifat, harakat, umumiylik, xususiylik
Koinot, atomlar, adrishta, dxarma (axloqiy qonun), prakriti, nozik javhar, moddiy 
dunyo, oqibat (karya), rajas (intilish), tamas (qorong‘ilik), sattva (aniqlik), 
purushi (mutlaq ruh), 25 asos, ruhiy mohiyatlar.
 
Qadimgi Hindiston falsafasida moddiyunchilik tamoyillari 
Qadimgi Hindiston falsafasining taraqqiyoti jarayonida moddiyunchilik 
tamoyillariga asos bo‘lgan falsafiy maktablar ham vujudga kelgan edi. Ana 
shunday ta’limotlardan biri lokayata (“bu dunyoga yo‘nalish”) bo‘lib, uning 
asosida chorvaklar ta’limoti yotadi. An’anaga ko‘ra, chorvaklar ta’limotining 
asoschisi qadimgi hind donishmandi Brixaspati hisoblanadi. “Ramayana” va ilk 
buddaviylik risolalarida “lokayata” ilohiy bahs yuritish san’ati ma’nosida 
qo‘llanilgan. V asrdan boshlab, buddaviylik va jaynizmga taalluqli asarlarda 
ularning mualliflari “lokayata” istilohini xudoning mavjudligi, ruhni (atman) 
borligi va ruhni ko‘chib yurishi aqidasini inkor etuvchi moddiyuncha ta’limotni 
ifodalash uchun ishlatganlar.
Lokayatlar yoki chorvaklar e’tiqodiga ko‘ra, inson to‘rt moddiy unsurdan – 
tuproq, suv, olov, havodan tashkil topgan (1-ilova). Ularning bir-birlari bilan 
qo‘shilishi natijasida inson tanasi, his-tuyg‘u organlari va ular asosida ruhiy ibtido 
tashkil topganligi qayd etiladi. Insonda uning o‘limidan keyin hech narsa 
qolmaydigan bo‘lganligidan, lokayatlar voqe hayotdan foydalanib qolish 
zaruriyati haqida fikr yuritganlar. Ular moddiy hayot qanday ne’matlar keltirsa, 
hammasini qabul qilishni, hayotdagi yoqimli va maqbul narsalar zalolat va azob-
uqubatlarni muvozanatga keltira olishini yodda tutishni maslahat berganlar.
Chorvaklar mantiqiy usullar yordamida an’anaviy aqidalarni shak va shubha 
ostiga olganlar. Ular tabaqalarga mutlaq bo‘linganlik (kasta) tizimini, 
kohinlarning diniy rasm-rusumlarini va muqaddas kitoblarning mo‘’tabarligi 
haqidagi aqidalarni tanqid ostiga olganlar. Ular dunyoviy fanlar bilan 
shug‘ullanishni, har bir ashyoning nimadan iborat ekanligini aniqlashni tavsiya 
etganlar. Shuning uchun ham, tabiatshunoslik fanlarini rivojlantirishda 
chorvaklarning xizmati katta bo‘lgan.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling