Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar
Borliqning yagonaligi haqida Upanishadlarda yangicha talqin
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)
Borliqning yagonaligi haqida Upanishadlarda yangicha talqin
Vedalar davriga taalluqli bo‘lgan ko‘plab muhim mavzu va g‘oyalar (koinotga tegishli bir qator tasavvurlar, butun borliqning yagonaligi haqidagi g‘oyalar) Upanishadlarda yangicha talqin etilgan. Ilk davrda yozilgan Upanishadlar vedalar dinini qabul qilib, uning montoistik g‘oyalarini alohida ta’kidlab o‘tgan. Upanishadlar Hindiston tarixida birinchi marta qo‘yilgan falsafiy muammolarning manbasi ekanligi: “biz qaerdan kelib chiqqanmiz, biz qaerda yashayapmiz va qaysi tomonga qarab harakat qilyapmiz..., kimning hukmiga binoan biz gohida azob-uqubatda, ba’zida esa, rohat-farog‘atda mavjudmiz? Bunga zamon sababmi yoki tabiatmi, yoki zaruriyatmi, tasodifmi, yoki unsurlarmi, yoki bo‘lmasa Oliy Ruhni o‘zida mujassamlashtirgan Purusha, deb atalgan odammi?” (Shvetashvatara-Upanishadlar). Bu kabi savollardan eng muhimi dunyoviy ruhning tabiati haqida bo‘lib, unga muvofiq Upanishadlar falsafasining ikkita asosiy tushunchasi – braxman va atman kelib chiqqan. Braxman – muayyan biror narsaga ega bo‘lmagan mutlaq ibtido bo‘lib, butun Koinotni to‘ldiradi va undagi bor narsani vujudga keltiruvchi oliy ob’ektiv borliqdir. Atman hamma narsa ichiga kira oluvchi sub’ektiv voqelik sifatida o‘zini namoyon etadi: u – “katta ham emas, kichik ham emas, tanasiz va qonsiz, soyasiz va qorong‘iliksiz, shamolsiz va efirsiz..., issiz va ta’msiz, ko‘zsiz va quloqsiz, ovozsiz va aqlsiz ... uning ”oldida ham, ketida ham yoki ichida ham hech narsa yo‘q... (Brixadaranyaka - Upanishadlar). Hayot charxi haqidagi ta’limot Upanishadlarning eng muhim qismi hayot charxi to‘g‘risidagi ta’limot (sansara) va u bilan mustahkam bog‘langan qilmishiga yarasha mukofotlash qonuni bo‘lgan karmadir. Hayot charxi to‘g‘risidagi ta’limotga ko‘ra, inson hayoti uzluksiz qayta tug‘ilish zanjirining muayyan shakli sifatida tushuniladi. Hayot charxi abadiy bo‘lib, dunyodagi barcha narsalar unga bo‘ysunadi. Upanishadlar Hindistondagi keyingi tafakkur taraqqiyotiga katta ta’sir o‘tqazgan. Upanishadlarning Bxagavatgitaga o‘tqazgan ta’siri hammaga ma’lumdir. Upanishadlar falsafasining ko‘p jihatlari sankxya va yoga, qisman mimansa yo‘nalishlari bilan umumiyligi borligi qayd etilgan. Upanishadlarning g‘oyalari Braxma-sutrada, keyinchalik Shankara Ramanudji va vedantaning boshqa mashhur faylasuflari tomonidan to‘planib sharxlangan. Upanishadlarning ta’siri Ram Mohan Ray, Gandi va boshqalarning dunyoqarashlarida namoyon bo‘lgan. Yevropada Upanishadlar bilan XIX asrning boshlarida Anketil, Dyuperron tarjimalari orqali forscha qayta ishlanganligi tufayli tanishganlar. Upanishadlarning g‘oyalari Yevropa falsafasiga, ayniqsa Shopengauer va XX asr boshidagi rus faylasuflari qarashlariga sezilarli ta’sir o‘tqazganligi ta’kidlangan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling