Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Vedalarda oriy qabilalarining dunyoqarashi aks ettirilishi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

Vedalarda oriy qabilalarining dunyoqarashi aks ettirilishi 
Qadimgi hind jamiyatining hayot tarzi haqida ta’limot beruvchi birinchi 
manba Vedalardir. Veda so‘zining sanskrit tilidagi lug‘aviy ma’nosi “bilim” 
deganidir.
3
Vedalar kitobi diniy mazmunda bo‘lsa ham, iqtisodiy yuksalish va 
jamiyatning tarkibi, dunyo to‘g‘risidagi bilimlarni ham o‘z ichiga oladi. 
Vedalarda oriylarning ibtidoiy dunyoqarashi aks etgan.
Veda adabiyotining ikkinchi qatlami braxmanlar bo‘lib, unda dunyoning 
paydo bo‘lishi va hamma narsaning asosida birinchi ibtido sifatida suv turishi 
haqidagi rivoyatlar uchraydi. Braxmanlarda mukammal diniy-falsafiy tizim 
bo‘lmasa ham, keyinchalik Upanishadlarda asosiy mavzu bo‘lgan ba’zi 
tushunchalar birinchi marta ifodalangan.
Vedalar eramizdan oldingi II mingyillik oxiri va I mingyillikning birinchi 
2
 
Аҳмедова М., Йўлдошев С., Шоматов О.: Ҳинд фалсафаси. Тошкент давлат шарқшунослик институти. 2006 
й. 5-бет. 
3
 Ўша асар. 6-бет. 


yarmida paydo bo‘lgan qadimgi hind (veda) tilida yozilgan. Vedalarning eng 
qadimgi qismi to‘rtta yirik hajm dagi madhiya, duolar va alqovlardan iborat bo‘lib 
Rigveda, Samaveda, Yadjurveda, Atxarvaveda deb atalgan (2-ilova). Rigveda 
1028 madhiyani o‘z ichiga olgan bo‘lib, matnlarni sakkiz qismga, ya’ni ashtakaga 
bo‘lingan. Rigvedada asosiy o‘rinni yuksak badiiy ifodalardagi qofiyalarda bayon 
qilingan Agni, Indra, Mitra, Varuna, Soma, Ushas, Ashvinam, Marutam va 
boshqa 
xudolarga 
murojaat, 
tabiatning 
turli 
tomonlarini 
o‘zida 
mujassamlashtiruvchi kuchlarni maqtash yotadi.
 
Upanishadlarda falsafiy muammolarning qo‘yilishi 
Vedalar bilan aloqasi borligiga qaramasdan Upanishadlargina mohiyatan 
falsafiy va diniy fikrlar rivojiga yangi yo‘nalish berib, keyingi vujudga keladigan 
tizimlarga asos bo‘lgan. Agar Upanishadlarda asosiy e’tibor falsafiy 
muammolarga qaratilgan bo‘lsa, Vedalar bilan bog‘liq sutralar (Shtrautasutra, 
Prxyasutra, Dxarmasutra) avvalo diniy marosimlarga va qisman huquq 
muammolariga (Dxarmasutra) bag‘ishlangan.
Qadimgi Hindiston falsafasi, dini va madaniyati tarixini o‘rganish bo‘yicha 
birinchi darajali ahamiyat kasb etgan Vedalarni o‘rganishga qiziqish zo‘r bo‘lib, 
bu sohada Hindistonni o‘zida 25 asrlik an’ana mavjud. Rigvedaning mashhur 
sharhchilari Panini, Shankara, Sayanilardir.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling