Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Mo-szi ta’limotida umumiy muhabbat qoidasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

Mo-szi ta’limotida umumiy muhabbat qoidasi 
Mo-szi tizimida umumiy muhabbat qoidasi asosiy xatti-harakatni 
belgilar edi. Uning fikricha, barcha ijtimoiy va siyosiy nizolarni ushbu axloqiy 


qoida yordamida hal qilish mumkin. Umumiy muhabbat qoidasiga Mo-szi 
iqtisodiy va siyosiy mazmun ham qo‘shgan edi. Zero, uni amalga oshirish 
zarurligi g‘oyasiga “o‘zaro foyda” (bir-birini yaxshi ko‘rib, biri ikkinchisiga 
yordam berishi tufayli kishilar iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etishlari 
mumkin) aqidasini qo‘shgan edi. Agar hukmdor bu qoidalarga rioya etib
mamlakatni boshqarsa, u vaqtda siyosiy bosh-boshdoqlik ham bo‘lmasligi 
mumkin. Mo-szining ta’kidlashicha, “kimki o‘z yaqiniga muhabbat va 
samimiylik bilan boqmasa, “samimiy iroda” uni jazolaydi” (“Mo-szi” risolasi, 
Fa i bobi) (1-ilova). 
Inson taqdirini belgilovchi xudo sifatida “samoviy iroda”ni ifodalagan 
konfusiychilikka qarshi turgan Mo-szi aytishicha, “agar kishilar taqdirga 
ishonsalar, ular farovonliklari uchun kurashni to‘xtatadilar” (o‘sha yerda, Fey 
min bobi). 
Mo-szi Xitoy falsafasi tarixida birinchi bo‘lib sabab (gu) va jins (ley) 
tushunchalarini o‘rtaga qo‘ydi. Ularni moddiyuncha talqin qilish asosida keyingi 
uning maslakdoshlari tomonidan bilish nazariyasi va mantiq rivojlantirildi. 
Mo-szi haqiqat haqida 
Mo-szi haqiqat haqida quyidagilarni aytgan edi: 
u shunday narsaki, o‘tmish tajribasiga tayanadi (uni tanqidiy o‘rganishni talab 
qildi: qadimgi davrlardan faqat yaxshi narsanigina olish kerak); 
1) u shunday narsaki, xalq foydasiga muvofiq keladi; 
2) u shunday narsaki, xalq tushunchasida haqiqatdir (agar xalq “ha, shunday” 
desa, o‘sha haqiqat bo‘ladi). 
 
Moizm bilim haqida 
Keng tarqalgan “tug‘ma bilim” nazariyasiga qarshi chiqib, Mo-szi inson 
o‘z bilimini faqat amaliy faoliyat jarayonida qo‘lga kiritadi, degan edi.
Uning fikricha, - inson o‘z amaliy faoliyatida bilim hosil qilsa-yu, uni hayotda 
qo‘llay olmasa, bunday bilim haqiqiy emasdir. 
Mo-szining ta’limoti uzluksiz ravishda konfusiychilik tarafdorlari 
tomonidan hamlaga duchor bo‘ldi. Keyingi davrlarda uning tarafdorlari 
moizmni moddiyuncha yo‘nalishda rivojlantirdilar. Ularning ta’kidlashlaricha, 
“bilim his-tuyg‘u ob’ekti bo‘lgan his-tuyg‘u a’zolarini mavjudligini taqozo 
etadi, hamda uning manbalari bo‘lgan shaxsiy tajriba, boshqa odamlar aytgan 
fikrlar xulosasini ham qamrab oladi” (“Mo-szi”, szin bo‘limi) (2-ilova). 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling