Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

Mo-szining mantiqiy ta’limoti 


Moistchilarning keyingi davrdagi asarlarida mantiq katta o‘rin tutdi. Ular 
hukmning 7 usulini ishlab chiqdilar (“Mo-szi”, syao syuy bo‘limi). Ularning 
ba’zilari G‘arbiy Ovro‘po olimlari tomonidan ishlab chiqilgan deduktiv va 
induktiv metodlarga o‘xshaydi. 
Moistchilarning mantiqiy asarlarida Xuey Shi va Gunsun Lunning 
qarashlari rad etilgan edi. Ular riyoziyot (matematika), ilmiy tabiatshunoslik va 
texnika muhandisligi masalalari bilan ham shug‘ullanishga kirishgan edilar. Ular 
bilish jarayonining o‘zi bilan ham qiziqishgan. Ularning aqidasicha, “bilish 
vokeylik bilan hissiy to‘qnashish vositasida yuz beradi hamda his-tuyg‘u orqali 
qabul qilingan tushunchalarni idrok etish yo‘li bilan hosil kilinadi”. 
Eramizdan oldingi II asrda konfusiychilik moizmni orqa planga surishga 
muvaffaq bo‘ldi va u o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. 
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar 
1. Mo-szi kim bo‘lgan? 
2. Mo-szi falsafasining yetakchi g‘oyasi nima edi? 
3. Moistlar falsafasining jozibakorligi nimada edi? 
4. Nima uchun Mo-szi Konfusiyni tanqid ostiga oldi? 
5. Mo-sziga ko‘ra, haqiqat nima?
6. Sizningcha, haqiqat nima? 
7. Faylasufning qarashlariga ko‘ra, bilishning manbai nima? 
8. Syun-szining falsafiy ta’limotidagi moddiyuncha qarashlar xitoy falsafiy 
tafakkuri rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatgan? 
Mustaqil ta’lim uchun vazifalar 
1. Taqdim etilayotgan adabiyotlarni o‘qing va qisqacha konspekt yozing. 
2. “Mo-szining ijtimoiy-axloqiy qarashlari” mavzusida slayd tayyorlang va 
taqdimot qiling. 
3. Mavzu yuzasidan 15ta test, 15ta blits-savol va krossvord tayyorlang. 
4. Mo-szining va Konfusiylarning qarashlarini qiyosiy tahlil qilib, shu 
asosda mustaqil ish tayyorlang. 
 
Adabiyotlar 
1. Petrov A.A. Ocherk filosofii Kitaya. V sb.: Kitay, M.-L., 1940. 
2. Yan Xin-shun. Teoriya poznaniya moistov. “Voprosi filosofii”, 1956, №1. 
3. Yan Yungo. Istoriya drevnekitayskoy ideologii. M., 1957. 
4. Istoriya-filosofii. T.1, M., 1957. 
5. Aleksandrov G.F. Istoriya sotsiologicheskix ucheniy. Drevniy Vostok. M., 


1959. 
6. Istoriya filosofii v kratkom izlojenii. M., 1991. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling