Konfusiyning axloqiy-siyosiy ta’limoti qandaydir
nazariy bilish asosiga
tayanmaydi. Bilim (chji) va uning kelib chiqish
masalasini Konfusiy qadimgi
kitoblarni o‘rganish va qadimgi ajdodlar tajribasidan
iqtibos qilishganda, deb
bildi.
Uningcha, bilimning asosiy manbasi o‘qishdir
va uning manbasi esa,
qadimgi rivoyatlar va solnomalardir. Shuning uchun
konfusiychilikka jamiyat
taraqqiyotidagi ilgarigi va yangi tajribagatanqidiy munosabatda bo‘lib,
ulardan
xulosalar chiqarish yot edi. Tabiatshunoslik fanlariga umuman e’tibor
berilmagan edi.Har qanday yangi hodisaeskiga
tajriba nuqtai nazaridan
baholanar va o‘tmishga borib taqalar edi. Masalaning bunday qo‘yilishi
Xitoy
o‘tmishini ideallashtirishga olib keldi.Konfusiychilik ta’limoti muhofazakorona
fikrlar tayanchiga aylandi.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
1. Konfusiy kim bo‘lgan?
2. Konfusiychilik ta’limotining yetakchi g‘oyasi nima edi?
3. Yao, Shun va Yuylardek afsonaviy hukmdorlar Markaziy Osiyo tafakkuri
tarixida ham mavjud bo‘lganmi?
4. Konfusiychilikning asosiy shiori nima edi?
5. Konfusiyga ko‘ra, adolatsizlikni tugatmoq uchun nima qilmoq kerak?
6. “Ismlarni tuzatish” g‘oyasi deganda nimani tushunasiz?
7. Konfusiy o‘zining bilish to‘g‘risidagi qarashlarida nimaga asoslanadi?
8. Konfusiychilik ta’limoti hozirgi kunda Xitoy ma’naviy hayotida qanday
ahamiyat kasb etmoqda?
Mustaqil ta’lim uchun vazifalar
1. Taqdim etilayotgan adabiyotlarni o‘qing va qisqacha konspekt yozing.
2. “Konfusiychilik ta’limoti va uning Xitoy ma’naviy hayotida tutgan o‘rni”
mavzusida slayd tayyorlang va taqdimot qiling.
3. Mavzu yuzasidan 10ta test, 15ta blits-savol va glossariy tayyorlang.
4. Konfusiy va Arastularning axloqiy qarashlarini qiyosiy tahlil qilib, shu
asosda mustaqil ish tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: