Konfusiy adolat haqida
Yer yuzidagi adolatsizlikni tugatish uchun nima qilmok kerak? degan
savolga Konfusiy kishilarni ahloqiy tarbiyalash yuli bilan deb javob bergan.
Osmonga sig‘inish konfusiychilikda muhim o‘rin tutgan. Osmon muayyan
maqsadga yunaltirilgan oliy kuch sifatida talqin etilgan. U barcha aholining
taqdirini belgilaydi. Osmon ulug‘vor qudratga ega bo‘lgan kuch bo‘lib, aql va
oliy adolat ramzidir. Ammo osmon hukmini yerda ijro qilishga kim loyiq?
Osmonning yerdagi shunday “vakili” hukmdor shaxsidir. Bu hakda
konfusiychilikning “Shu-szin” kitobida shunday deyiladi: “Osmon, odamlarga
hayot bag‘ishlash bilan birga, ularga ehtiroslar ham beradi. Agar odamlar
boshqaruvchisiz qolishsa, unda bosh-boshdoqliklar kelib chiqishi mumkin,
shuning uchun osmon oliy aql egasi bo‘lgan insonni yaratdiki, lozim bo‘lgan
vaqtda hukmron bo‘lishga qodir”. Shunday qilib, Konfusiy va uning izdoshlari
hukmdorning hokimiyatini ilohiylashtirdilar. U nafaqat osmonning yerdagi
“vakil”, balki insonlar dunyosi bilan ruhlar va ilohiy kuchlar o‘rtasidagi
vositachi hamdir.
Konfusiyda “ismlarni tuzatish” g‘oyasi
Konfusiy “ismlarni tuzatish” (chjen min) g‘oyasini oldinga surgan edi.
Tuzatish yoki to‘g‘irlash tushunchasining mohiyati quyidagilardan iborat edi:
har bir kishi jamiyatda o‘ziga ajratilgan muayyan joyni egallashi va shunga
muvofiq o‘z xatti-harakatini o‘lchashi lozim, ya’ni jamiyatda o‘z “maqom”i ga
ega bo‘lishi yo hukmdor yoki shoh, katta lavozimdagi mansabdor yoki o‘rtacha
lavozimdagi xodim, yoki oddiy fuqaro bo‘lishi zarur. “Olijanob er, - deb
yozgan edi u, - o‘zi bilmagan narsaga ehtiyotkorlik bilan munosabatda
bo‘lmog‘i lozim. Agar ismlar noto‘g‘ri bo‘lsa, aytilgan so‘zlar asosli bo‘lmaydi.
Agar aytilgan so‘zlar asosli bo‘lmasa, u vaqtda ishlar bajarilmaydi. Agar ishlar
amalga oshmasa, rasm-rusumlar va musiqa ravnaq topmaydi. Agar rasm-
rusumlar va musiqa ravnaq topmasa, jazolash yetarli darajada qo‘llanilmaydi.
Agar jazolash yetarli darajada qo‘llanilmasa, xalq nima qilishini bilmay qoladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |