U shunday zotki, sizlar uchun Yerdagi barcha narsalarni yaratdi. Soʻngra samo sari «turdi-da», uni yetti qavat osmondan


Download 20.61 Kb.
Sana31.12.2022
Hajmi20.61 Kb.
#1073566
Bog'liq
19 mavzu


Koinot haqida Qurʻon oyatlarida xabar berilgan dalillardan biri - osmonning yetti qatlamdan tashkil etilganligidir.
U shunday zotki, sizlar uchun Yerdagi barcha narsalarni yaratdi. Soʻngra samo sari «turdi-da», uni yetti qavat osmondan iborat qilib qoʻydi. U barcha narsani biluvchi (dono)dir. («Baqara» surasi, 29-oyat)
Soʻngra tutun holatda boʻlgan osmonni (yaratishni) qasd etdi. Bas, ikki kunda yetti osmonnibarpo qildi va har bir osmonga (unga buyurilgan) ishni (vazifasini) vahiy qildi. («Fussilat» surasi, 11-12-oyatlar)
Qurʻonning bir qancha oyatlarida uchraydigan «osmonlar» soʻzi yerning yuqorisidagi osmonga hamda butun koinotga nisbatan ishlatilgan. Mazkur soʻzning berilgan bu maʻnosidan shu narsani anglash mumkinki, Yerning osmoni yoki atmosferasi yetti qatlam qilib yaratilgan.
Haqiqatan ham, bugungi kunda shu narsa maʻlumki, bizning dunyoimizning atmosferasi bir-birining ustida yotuvchi turli qatlamlardan iborat.20 Kimyoviy tarkiblar yoki havo temperatura mezonlariga asoslangan taʻriflar Yer atmosferasining yetti qatlamdan iborat ekanligini taʻkidlaydi.21 «Chekli nozik Toʻr modeli»(ob-havo holatlarini 48 soat uchun aniqlab beradigan atmosfera modeli) ga koʻra atmosferaning ham yetti qatlami bor.
Zamonaviy geologik taʻriflarga koʻra, atmosferaning yetti qatlami quyidagilardan iborat:
1. Troposfera
2. Stratosfera.
3. Mezosfera.
4. Termosfera
5. Egzosfera.
6. Ionosfera.
7. Magnitosfera.
Qurʻondagi «Fussilat» surasining 12-oyatida «(U) har bir osmonga (unga buyurilgan) ishni (vazifasini) vahiy qildi,» deb taʻkidlanadi. Boshqa soʻzlar bilan aytganda, Alloh har bir osmonga oʻz burchini, majburiyatini yuklaganini maʻlum qiladi. Shubhasiz, keyinroq beriladigan boʻlimlarda koʻrsatib oʻtilgandek, bu qatlamlarning har biri Yer yuzidagi insoniyat va barcha jonzotlarning yashashi uchun juda muhim vazifani oʻtaydi. Har bir qatlamning yomgʻirni shakllantirishdan tortib toki zararli nurlarning oldini olish, radiotoʻlqinlarni aks ettirishdan tortib toki meteoritlar halokatli oqibatlarining oldini olishdek oʻziga xos funktsiyalari bor.
Quyida qayd etilgan oyatlar atmosfera yetti qatlamining koʻrinishi haqida bizga maʻlumot beradi:
Koʻrmadingizmi, Alloh yetti osmonni qanday qavatma-qavat qilib yaratdi. («Nuh» surasi, 15-oyat)(U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdir, ... . («Mulk» surasi, 3-oyat)
Bu oyatlarda oʻzbek tiliga «qavatma-qavat, qatma-qat» deb tarjima qilingan «tibaaq» arabcha soʻzi «qatlam, mos qoplama yoki biror narsa uchun jild» maʻnolarini anglatadi va bu yuqoridagi qatlam quyiroqdagisiga qanday muvofiq moslashtirilganligiga urgʻu beradi. Ushbu soʻz bu yerda ham koʻplik shaklida ishlatilgan. Osmonning oyatda qatma-qat deb tasvirlanganligi, shubhasiz, atmosfera haqida bildirilgan juda mukammal iboradir.
XX asr texnologiyalarisiz kashf qilishning imkoni boʻlmagan bu haqiqatlar haqida 1400 yil muqaddam Qurʻoni Karimda mufassal xabar berilishi ulkan bir moʻjizadir.

Atmosfera faqatgina hayot uchun talab etiladigan nurlarning Yergacha yetib kelishiga yoʻl qoʻyadi. Masalan, u ultrabinafsha nurlarni dunyoga faqatgina qisman yetkazib beradi. Bu oʻsimliklarga fotosintez hodisasini amalga oshirishiga va shu jumladan, barcha jonzotlarning yashashiga imkon beradigan eng toʻgʻri miqdordir. 
Download 20.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling