FILOLOGIK
TADQIQOT ASOSLARI
Page
3
4-курс
I. MA’RUZA MASHG’ULOTLARI
1-MA`RUZA
1-mavzu. Filologik tadqiqot asoslari maxsus kursining asosiy maqsad va
vazifalari. Bitiruv malakaviy ishiga qo’yilajak asosiy talablar. Ilmiy ishlar
tasnif va tavsifi.
Reja.
1. Filologik tadqiqot asoslari maxsus kursi kirish.
2. Bitiruv malakaviy ishi (malakaviy ish) haqida tushuncha.
3. Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi va
vazifalari
Darsning o'quv maqsadi: ilmshunoslikning "fan haqidagi fan” sifatidagi
alohida
tabiati haqida, filolog faoliyatining asosiy yo'nal- ishlari, ilmiy tadqiqot
ishining tuzilishi kabi bir qator tushunchalar- ga izoh berish.
Tayanch tushunchalar: fan,
filologiya, lingvistika,
ilmiy tadqiqot,
ilmshunoslik, filolog-olim, definisiya, filolog kasbiy faoliyatining sohalari.
Filologik tadqiqot asoslari maxsus kursi filologlar uchun filologik oliy oquv
yurtida o'qiy boshlagan davrdan va butun hayoti mobaynida kasbiy faoliyat- iga
aloqador ilmiy faoliyatning ma'lum shakllarini o'rgatishga yo'nal- tirilgan.
Ilmiy
bilimning soddadan murakkabga qarab o'zgarishi, ta- komillashuvi jarayoni uni
egallashda katta kuch va iroda talab etadi.
Filologik tadqiqot asoslari maxsus kursidan ko`zlangan
asosiy maqsad
filologiya ilmining turli sohalarida faoliyat yuritayotgan izlanuvchilar uchun
boshlang'ich, eng zaruriy bilimlarni berish qilib belgilangan.
Ilmiy soha o`ziga xos murakkabliklarga ega.
Uning tabiatiga individuallik,
keng qamrovlik, aniq faktik materiallarga asoslanganlik xos.
Ilmiy faoliyat filologiya xususan, lingvistika bilan bog'liq bo'lganligi sabab,
biz fanning ulkan dunyosida filologiya qanday o'rinni egal- lashi,
filologik fanlar
orasida esa lingvistika qanday o'rinni tutishini aniqlab olishimiz lozim.
Ilmiy tadqiqot ishi va filolog faoliyatining asosiy yo'nalishlarini aniqlashda
eng awal ilmiy tadqiqot nima? U qanday amalga oshirila- di? U nima uchun kerak?
Tilshunoslikda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotning
xususiyatlari nimadan
iborat? kabi qator savollarga javob topishimiz zarur.