Filologik tadqiqot asoslari page 3 4-курс I. Ma’ruza mashg’ulotlari
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda talabalar quyidagi vazifalarni
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Филологик тадқиқот 2019-2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- FILOLOGIK TADQIQOT ASOSLARI Page 6 4-курс 2-MA`RUZA
- Ilmiy yo’nalish
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda talabalar quyidagi vazifalarni
bajarishlari lozim: 1. Ta’limiy - talabalarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish. 2. Tarbiyaviy-talabalarning o‘quvchilar bilan yakka tartibda, mustaqil, kichik guruhlarda va jamoada ish olib borish jarayonida pedagogik odob-axloq, kasb madaniyati talablariga rioya qilish, o‘quvchilar, kasbdoshlar va rahbariyat bilan o‘zaro samarali muloqot qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish. 3. Rivojlantiruvchi - talabalarning erkin fikrlash, mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirish. FILOLOGIK TADQIQOT ASOSLARI Page 6 4-курс 2-MA`RUZA 2-mavzu. Ilmiy ish mavzusini tanlash va asoslash. Mavzuning dolzarbligi. Tadqiqotning yangilik darajasi. Ilmiy mavzu bu yechimini talab qiladigan murakkab vazifadir. Ilmiy- tadqiqotchilik ishi mavzui mauyyan ilmiy yo’nalishga yoki ilmiy muammoga tegishli bo’lishi mumkin. Ilmiy yo’nalish deganda tadqiqot o’tkazish sohasidagi fan, fanlar yoki ilmiy muammolar majmui tushuniladi. Ilmiy muammo bu ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzuini belgilaydigan murakkab nazariy va (yoki) amaliy vazifalar majmuidir. Muammo tarmoq, tarmoqlararo, global bo’lishi mumkin. Talabalar malakaviy ishi mavzusini tanlashdan oldin fan bo‘yicha mashg‘ulot olib borayotgan kafedra professor-o‘qituchilariga murojaat qilishi va o‘qituchi tomonidan tuzib chiqilgan tematik ro‘yxatdan bir mavzuni tanlab olishi mumkin. Talaba o‘qituvchining roziligini olgandan so‘ng tanlagan mavzusini kafedrada yuritiladigan maxsus jurnalda o‘z nomiga yozdirib qo‘yishi lozim. Talaba shu narsani e’tiborga olish kerakki, u tanlab olgan mavzuni bir guruxda ikkinchi bir talaba tomonidan takror olishi mumkin emas. Shunday holat yuz bergan taqdirda talaba kafedraga murojaat qilib, boshqa mavzuni olish huquqiga egadir. Mabodo talaba o‘zi mavzu tanlasa, bu ham kurs dasturiga to‘g‘ri kelishi kerak. Bunday holda talaba kafedra mudiri nomiga ariza yozib mustaqil tanlagan mavzusi to‘g‘risida qisqacha izoh berishi zarur. Talaba tanlagan mavzusi bo‘yicha kurs ishini bajarishiga kafedra mudiri topshiriqni tasdiqlagandan so‘ng bajarishga kirishadi. Bundan tashqari, har bir talaba mavzu tanlashda shu soha bo‘yicha o‘zining bilim va tajriba darajasini hisobga olishi kerak. Mavzu tanlagandan so‘ng har bir talaba kurs ishi bajarishning ikkinchi bosqichiga, ya’ni kurs ishini yozish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar, manbalar va materiallar to‘plash hamda ularni o‘rganish qismiga o‘tadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling