FILOLOGIK
TADQIQOT ASOSLARI
Page
7
4-курс
Mavzuni tanlashga talablar
Tadqiqot mavzui quyidagicha bo’lishi kerak:
Fan yoki amaliyotning shu yo’nalishiga YaNGILIK olib kirishi kerak
Shu soha MUAMMOSINI qo’yishi kerak
Tadqiqotning qaysi aniq tashkilot misolida o’tkazilganligini imkoni boricha
ko’rsatishi kerak
Mavzuni tanlash – ilmiy ish tadqiqoti ustidagi ishning birinchi bosqichi.
Aniq
mavzuni tanlashda oldiniga quyidagi umumiy masalalarni hal qilish
kerak:
Tadqiqot qanday tusga ega bo’ladi?
Tadqiqotchi-talaba o’z tadqiqoti natijalarini qay holatda ko’radi?
Tadqiqotchi-talaba uchun ilmiy ishning qanday tipi ma’qul keladi?
Ilmiy ish maqsadlarini qay tarzda qo’yish eng maqbul hisoblanadi?
Sizga qaysi variant ko’proq ma’qul bo’lishiga qarab ishni qurish
metodologiyasini tuzish, mavzuni va uning ifodasini —dissertasiyaning
nomini
tanlash kerak bo’ladi.
Malakaviy ish mavzuini
kafedralar belgilaydi.
Mavzu Talabaning qobiliyati, bilimlari, qiziqishlarining
ochilishiga imkon
berishi kerak
Mavzu bu
tadqiqotning funksional yo’nalishi aksidir.
Mavzuni tanlash usullari
U yoki boshqa ilmiy sohadagi yutuqlar sharhini sinchiklab ko’rib
chiqish
tadqiqot mavzuini tanlash va ifodalash yo’lidagi dastlabki qadamlardan biri
bo’ladi.
Takrorlash tamoyiliga (obyekt haqidagi mavjud bilimlarni aniqlashtirish va
kengaytirish, bilimlarni tekshirish) amal qilish ilmiy ish mavzuini tanlash usulining
varianti bo’lishi mumkin.
Izlanuvchanlik usuli tadqiqotchining dastlabki
manbalar bilan tanishuvini,
mavjud muammolar tahlili asosida mavzuning ifodalanishini nazarda tutadi.
Mavjud tadqiqotlarning nazariy umumlashtirilishi mavzuni tanlashning
birmuncha yuqori bosqichidir.
Fanda ilgari surilgan farazlar mavzuni tanlash uchun asos bo’lib xizmat
qilishi mumkin.
Mavzuni «tabiiy»
sharoitlarda, ijodiy muloqot jarayonida ham topish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: