Darsning mavzusi: Shaxs va narsa nomini bildiradigan so’zlar. Darsning maqsadi: Talimiy


Download 20.54 Kb.
Sana27.04.2020
Hajmi20.54 Kb.
#101824
Bog'liq
2-sinf ona tili fanidan dars ishlanma


Darsning mavzusi:

Shaxs va narsa nomini bildiradigan so’zlar.



Darsning maqsadi:

Talimiy : Shaxsa va narsa nomini bildirgan so’zlar, ularga so’roq berish, berilgan gapdan saxs va narsa nomini bildiruvchi so’zlarni aniqlash , DTS talablari asosida bilim berish , og’zak va yozma nutqini o’stirish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni mehnatsevarlikka o’rgatish , sinf jihozlari va maktab jihozlarini asrashga o’rgatish , berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga o’rgatish .

Rivojlantiruvchi: Yangi pedagogik texnologiyalar orqali o’quvchilarning bilim salohiyatini shakllantirish.

Uslub: Suhbat, savol-javob, tushuntirish , ko’rsatmalilik, Interfaol usullardan foydalanish , “Zanjir”, “Tez javob” o’yini

Jihoz: dars ishlanma , ko’rgazmalar , kitob , rag’batlantiruvchi qurollar,multimediya ilovalar.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism :

a) salomlashish

b) davomatni aniqlash

d) ma’naviy daqiqa

Ma’naviy daqiqada she’riyat mulkini sultoni A.Navoiy hikmatli so’zlaridan oq’uvchilar bayon qildilar.

Bizning shior: Bo’sh vaqting zinhor o’tmasin bekor.

O’qituvch: Darsimiz ona tili darsi

O’quvchilar: Ona tili, tillar ichida

Eng go’zali boyi o’zingsan

Maqtamayman tilim uchida

Eng g’ozali boyi o’zigsan

Sen borsan men buyukman

Men se bilan tirikman

II. O’tgan mavzuni so’rash

O’quvchilarni o’tgan mavzu bo’yicha bilimlarini tekshirish uchun 3 guruhga ajratamiz.

Darsda har bir o’quvchi ishtirok etish uchun aytilshi va yozishida farq qiladigan undoshlar bo’yicha so’zlarni bajaradilar.

1-guruh 2-guruh 3-guruh

Xursan… oma… ziyo….

Balan… savo… maqsa…

Toshken… savo… rubo….

Poytax…. Ozo… makta…

Ros…. Hiso…. Ah…

Farza…. Daroma… Umi….

Har bir guruh vazifani bajaradilar va eng tog’ri bajargan guruh aniqlanadi.

Hato va kamchiliklar aniqlanadi.

II. O’tgan mavzuni baholash va mustahkamlash.

Guruhlarni bajargan ishlari ko’rib baholanadi . Har bir to’gri javob uchun rag’bat kartochkalari beriladi .

Yo’l qo’yilgan kamchiliklar o’quvchlar bilan birgalikda bo’shliqni to’ldirib , yangi mavzuga bog’lanadi.

IV.Yangi mavzu bayoni.

159-mashq

O’quvchiarga tayyorlangan rasmlarni ko’rsatiladi . O’quvchilar savolga javob beradilar . Magnit doskaga rasmlarni savollar asosida joylaydiladilar.

Kim? Nima?

Ota qor qush

Ona mashina uy

Bolalar daraxt

Chana


Kuchuk

Chelak


O’quvchilar bahor fasli asosida gaplar tuzadilar Tuzgan gaplararini ketma-ketligini jamlab matn yaratadilar.

160-mashq.

Bog’ yashnaydi Uy yashnaydi

Bog’bon bilan Bola bilan

Dala yashnar Tog’ yashnar

Dehqon bilan Lola bilan

Matnni husnihat asosida daftarga yozadilar

Kim?bog’bon Dehqon , bola,

Nima? Bog’, dala, lola, tog’

161-mashq.

Bu mashqni bajarishda “Zanjir” o’yinidan fo’ydalanib og’zaki nutqni shakllantiriladi.

Ikki o’quvchi ishtirok etadi.

Sinf jihozlari: (nima?) parta ,stol , stul , doska , , shkaf, bo’q , doska artgich.

Navbatma-navbat o’quvchilar so’zlarni aytib xonadagi sinchkovlik sifatini oshiradilar.

O’quv qurollari:(nima?)kitob, daftar, qalam, ruchka , panel , o’chirg’ich,

chizg’ich.

Go’lib o’quvchi aniqlanadi rag’bat kartochkasi beriladi.

Bu payt doskaga ikki o’quvchi klaster to’ldiradi.

doska stol Sumka qalam
Sinf jihozi

O’quv qurollari

parta panel kitob

shkaf bo’r

O’quvchilar bajargan ishlari baholanadi .Husnixat asosida yozgan o’quvchi aniqlanadi. O’quvgilar daftarga bajaradilar.

162-mashq.

Bu mashqni bajarish jarayonida slaydlardan foydalaniladi “Afrosiyob tez yurar poyezdi” haqidagi ko’rsatuv qisqacha namoish etiladi .

Afrosiyob – nima?

Poyezd – nima?

Yo’lovchi – kimlar?

Qulayliklar – nima?

Sayohat – nima?

Televior – nima?

V. Yangi mavzuni mastahkamlash .

“Kim tez javob beradi?” o’yini .

Gul – nima? , daftar – nima? O’quvchi – kim? Oqituvchi – kim?

Quruvchi – kim? Bola – kim?

So’zlar aytib , o’quvchilar savol beradi va uning aksini bajarib yangi mavzu mustahkamlanadi yangi mavzu bo’yicha eng faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantirilib uyga vazifa beriladi.

VI. Uyga vaziga



163-mashq.
Download 20.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling