Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

 
Adabiyotlar 
1. Fortunatov F. Samaveda – Aranyaka Samhita. Issledovanie. –M., 1875.
2. Ragozina Z. A. Istoriya Indii vremen Rig-Vedi. –SPb, 1905.
3. Vosem gimnov Rig-Vedi. Per. N. V. Krushevskogo. –Kazan, 1879.
4. Larin B. Iz oblasti vediyskoy poezii. //Vostok, 1924. –№4.
5. Filosofskaya ensiklopediya. –M., 1960.
 
 
 
6-MAVZU 
QADIMGI HIND FALSAFASI MAKTALARIDA BORLIQ 
MASALASINING QO’YILIShI 
UPANIShADLARDA FALSAFIY QARAShLAR 
 
Mavzuning o‘quv maqsadi 
Talabalarda Qadimgi hind falsafasining muhim manbalaridan biri bo‘lgan 
upanishadlar to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish, ularda upanishadlardagi 
borliq, koinot, inson va hayot charxi haqidagi g‘oyalarni falsafiy tahlil qilish 
ko‘nikmalarini shakllantirish. 
Mavzuning tayanch tushunchalari 


Upanishadlar, vedalar, Qadimgi Hindiston, Brixadaranyaka, Chxandogya, 
Taittiriya, Aytareya, Kaushitaki, Rigveda, Kena, Katxa, Isha, Shvetashvatara, 
Mundaka, Maxanarayana, Prashna, maytri, Mandukya, Atxarvaveda, montoistik 
g‘oya, Purusha, braxmat, atman, sankxya, yoga, mimansa, Bxagavatgita, hayot 
charxi, Braxmasutra, Shankara, Ramanudji, Ram Mohan Ray, Gandi, Anketil, 
Dyuperron, Shopengauer.
 
Upanishadlar Hindistonning falsafiy-diniy 
asarlar turkumi ekanligi 
Upanishadlar (haqiqatni bilish maqsadida o‘qituvchi oldida o‘tirish) 
Vedalarning to‘rttasidan birida an’anaviy tarzda qo‘shiladigan Qadimgi 
Hindistonning falsafiy-diniy asarlar turkumi bo‘lib, Veda adabiyotining yakuniy 
qismi – vedantani (“vedalar xotimasi”) tashkil etadi. Odatda Upanishadlarga 108 
asar taalluqli (hammasi bo‘lib ularning 200 tasi ma’lum) ekanligi aniqlangan. 
Upanishadlarning eng qadimgisi eramizdan oldingi VI-III asrlarda vujudga 
kelgan. Upanishadlar keyingi davrlarda ham, hatto XIV- XV asrlargacha paydo 
bo‘lishda davom etganlar.
Upanishadlarning eng qadimgi qatlamlari Brixadaranyaka, Chxandogya, 
Taittiriya, Aytareya, Kaushitaka (keyingi ikkitasi Rigvedaga borib taqaladi) va 
Kena bo‘lib, ushbu asarlar Upanishadlarning eng qiziq va obro‘li qismini tashkil 
etadilar. Ulardan biri keyinroq yozilgan Katxa, Isha, Shvetashvatara, Mundaka, 
Maxanarayana qofiyadosh shakldadirlar. Prashna, Maytri va Mandukya 
keyinchalik yaratilgan guruhni tashkil etadilar. Atxarvavedaga ko‘proq taalluqli 
deb topilgan Upanishadlarning qismi zamon jihatdan oxirgisi bo‘lib, eng 
kengrog‘i ham hisoblanadi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling