Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

 
9-MAVZU: 
 LEVKIPP VA DEMOKRITNING ATOMISTIK FALSAFASI
 
 
Reja: 
1. Levklippning olamning asosi haqidagi falsafiy qarashlari. 
2. Demokritning ontologik ta’limoti.
3. Demokritning bilish nazariyasi. 
4. Demokritning axloqiy qarashlari. 
 
Mavzuning o‘quv maqsadi: 
Talabalarda Levklipp va Demokrit falsafasiga oid tushuncha va 
tasavvurlar hosil qilish; Demokritning atomistik ta’limotini olamning ibtidosi 
haqidagi boshqa ta’limotlar bilan qiyosiy tahlil qilish ko‘nikmalarini 
shakllantirish. 
Mavzuning tayanch tushunchalari: 
Atom, bo‘shliq, tasodif zaruriyat, «birlamchi» va «ikkilamchi» sifatlar, 
rasional bilish, evtyuma, me’yor, go‘zallik. 
 
Hayoti va ta’limoti: Levklipp miloddan avvalgi 500-440 yillarda yashagan deb 
taxmin qilinadi. Levkipp ta’limotiga ko‘ra, atom bo‘linmaydigan juda kichik, ko‘zga 
ko‘rinmas zarracha bo‘lib, mutloq bo‘shliqda harakat qiladi. Barcha narsalar shu 
zarrachalardan tashkil topgan bo‘lib, olamdagi hech bir narsa yoki hodisa besabab 
hosil bo‘lmaydi. Levkipp olamdagi narsalarning hammasi ma’lum ob’ektiv zaruriyat 
asosida kelib chiqadi deb hisoblagan. 


Hayoti: Abderda Levkipp ta’limotini davomchisi uni rivojlantirib yuqori 
pog‘onaga ko‘targan qadimgi yunon faylasufi Demokrit miloddan avval 460-
370 yillarda yashab, ijod qilgan. Faylasuf Frakiyadagi yirik savdo markazi 
Abder shahrida tug‘ilgan. Xushchaqchaq, o‘tkir zehnli Demokrit Sharq 
mamlakatlariga - Hindiston, Bobil, Misrga sayohat qilib, ularning urf-odatlari, 
san’ati va adabiyoti, falsafasi bilan tanishib, o‘z bilimlarini boyitgan. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling