Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       67 

 

 

 

– asarda tasvirlangan xalqning milliy o‘ziga xosligini aks ettirish kerakmi? 

– asarni boshqa milliy zaminga ko‘chirish kerakmi? 

degan ikki bir-biriga zid prinsipini belgilashda asosiy omil hisoblanadi. 

Tarjimada til almashadi, lekin milliylik qoladi. 

Milliy kolorit tushunchasining tarkibiy qismlari: 

1.  Xalqning  moddiy  tirikchilik  sharoitidan  olingan  xos  so‘zlar  va  ularni  tarjima  qilish  xususiyatlari: 

paxta,  g‘o‘za,  yagana,  o‘toq,  pilla,  ho‘p,  juvoz  yog‘i,  jo‘xori;  yetti  xazina:  qovoq,  turp,  sabzi,  piyoz, 

sholg‘om, mosh, lavlagi, loviya va hokazo.  

2.  Moddiy  tirikchilik  sharoitidan  olinib,  majoziy  ma’noda  ishlatiladigan  xos  so‘zlar  tarjimasining 

xususiyatlari: paxtaday oppoq, paxtaday yumshoq, joni paxtaday, qo‘yday bezabon; ko‘zi charosday – ko‘zi 

qorag‘atday – ko‘zi sigirday; musichaday beozor – sigirday beozor (koreys); ohuday qiz – bo‘z qo‘chqorday 

qiz (turkman). 

3.  Tarjimada  kishi  nomlari  va  laqablarining  berilishi:  Ilya  –  Ilyos,  Solomon  –  Sulaymon,  Avraam  – 

Ibrohim,  Iisus  –  Iso  (Masih),  Kain  –  Qobil,  Adam  –  Odam  Ato,  Yeva  –  Momo  Havo,  Aristotel  –  Arastu, 

Platon – Aflotun, Sokrat – Suqrot, Galen – Jolinus, Gippokrat – Buqrot, Ibn Sino – Avisenna va hokazo. 

“Badiiy  ijod  vakillari  ba’zan  o‘z  personajlarini  shunday  ismlar  bilan  ataydilarki,  bu  nomlar  o‘sha 

personajlar  xususiyatini  o‘zida  mujassamlashtirganlari  sababli  “gapiruvchi  nomlar”  deb  ataladilar”

56



Masalan, “Qutlug‘ qon”da – Tantiboyvachcha, “Tobutdan tovush”da – Zargarov, “Sudxo‘rning o‘limi”da – 



Qori  ishkamba  va  hokazo.  Bunday  nomlarning  transliteratsiya  qilinishi  muallif  maqsadining  ro‘yobga 

chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

4.  Diniy  istilohlar,  tushunchalar,  marosimlarning  tarjimada  berilishi:  Olimp  xudolari,  ilohlar, 

ma’budlar  –  Ollohlar  (Q.Mirmuhamedov),  Injil  –  Kalomulloh  (V.Fayzullo),  pasxa  –  ro‘za,  g‘usl  – 

cho‘milish,  namoz  –  ibodat  (“Qutadg‘u  bilig”  tarjimasida),  faqih  –  sudya,  azon  aytish  –  cho‘qintirish  va 

hokazo. 


5. Jug‘rofiy nomlar: Dashti Qipchoq  – Velikiy step, Yegipet  – Misr, Suriya  – Shom, Rum – Kichik 

Osiyo, Farang, Ajam, Ural – Yoyiq, Sayhun – Sirdaryo, Jayhun – Amudaryo, Samarqand – Maroqand, Chin 

– Xitoy, Kanada – uylar, kulbalar va hokazo. 

6. Pul birliklari tarjimasi: dinor, dirham, so‘m, tanga, miri, tiyin, rubl, dollar, rupiya, tuman, riyol, funt-

sterling va h.k. 

7. O‘lchov birliklari: kilometr, chaqirim, farsang, lyo, tosh, qadam. 

Qadoq, botmon, pud, kilo. 

Gaz, sarjin, qarich, tirsak. 

8. Taom nomlari: palov – risovaya kasha, chalob – okroshka, pirog – somsa, kotlet – qiyma et, sho‘r 

bodom – sho‘rdanak, kasha – shovla, shiy – sho‘rva. 

9. Cholg‘u asboblari va musiqiy atamalar tarjimasi: doira, nay, qo‘shnay, karnay, surnay, chang, fleyta, 

gitara, muza, barbat, ud. 

Lapar, katta ashula, shashmaqom, xirgoyi. 

Tansevat – raqsga tushish. tansevat – tansa tushish. 

10. Kiyim-kechaklar nomi: to‘n, do‘ppi, qiyiqcha, kuloh, guppi, nimcha; galstuk, frak, shuba, plashch, 

shlyapa, pal’to, kostyum-shim. Shuba – charm to‘n, xalat – guppi, kuloh – shapka, to‘n – palto. 

11.  Adabiy  terminlar  tarjimasi:  ruboiy,  g‘azal,  tuyuq,  fard,  xokku,  tanka,  qasida  –  oda,  marsiya  – 

elegiya, oq she’r – beliy stix, barmoq vazni – palchikovaya sistema, aruz, devon, o‘lan, bayoz, antologiya, 

xrestomatiya, majmua, tazkira, elegiya – o‘lan, g‘azal, svod elegiy – devon, yor-yor, terma, yallama-yorim, 

omonyor. 

12.  Xalqaro  tashkilotlar,  yirik  uyushmalar,  firmalar,  trest  nomlari  tarjimasi:  Krasniy  polumesyats  – 

Hiloli ahmar – Qizil yarimoy. 

13.  Gazeta  va  jurnal  nomlari  tarjimasi:  “Xalq  so‘zi”  –  “Narodnoe  slovo”,  “Turkiston  viloyatining 

gazeti”, “Turkiston”, “O‘zbekiston ovozi”, “Mushtum”. 

14.Toponimlar  tarjimasi:  Bangilar,  Sassiq  hovuz,  Ko‘kcha,  Beshkent,  Qiziltepa,  Beshariq,  Oltiariq, 

Uchariq.  Masalan,  “Boburnoma”ning  inglizcha  tarjimasida  “Kamrud”  so‘zini  –  “bezvodnaya  doroga” 

(“qaqroq yo‘l”) deb olingan. 

15. Urf-odat, rasm-rusum, an’ana va marosimlar tarjimasi: aqiqa, beshik to‘yi, qizlar majlisi, mavlud, 

Bibi  seshanba,  iftorlik,  xatmi  Qur’on,  charlar,  kelintalbon,  maslahat  oshi,  chimildiqkanon,  xudoyi,  tog‘ora 

qilish, to‘qqiz tovoq, idishni quruq qaytarmaslik, padaroshi, janoza, yigirma, yil, hayit. 

                                                 

56

 М у с а е в   Қ. Таржима назарияси асослари. – Тошкент: “Фан”, 2005. 105-бет. 




 Tarjimashunoslik 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling