Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
- Bilim sohasi : Ta’lim sohasi: Ta’lim yo’nalishlari
- Tuzuvchi
Tarjimashunoslik 1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
fanidan MA’RUZA MATNLARI
Bilim sohasi: Ta’lim sohasi: Ta’lim yo’nalishlari:
100000 - Gumanitar soha 120000 - Gumanitar fanlar 5A120201 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha) Toshkent – 2012
Tarjimashunoslik 2 Ma’ruzalar matni namunaviy dastur va ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi asosida ishlab chiqilgan va Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedra majlisining 20___-yil ____ - _____________dagi ___ - sonli majlisida, Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti Ilmiy – uslubiy kengashining 20____ – yil ___ - _____________dagi ____ - sonli majlisida muhokama qilingan.
nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri.
Taqrizchilar: E. Ochilov – O‘zbekiston Respublikasi FA A. Navoiy nomli til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi
fanlari nomzodi, dotsent.
Fan bo‘yicha ma’ruzalar matni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o‘quv – uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan (20___-yil ____ - _______________dagi ___ - sonli bayonnoma)
Tarjimashunoslik 3 K I R I S H
Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlovchi Oliy o‘quv yurtlariga katta ma’suliyat yukladi. Natijada davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari asosida darsliklar, o‘quv, o‘quv- uslubiy qo‘llanmalar hamda ma’ruzalar matnilarini ishlab chiqish masalasi yuzaga keldi. Ushbu ma’ruzalar matni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tayyorlandi. Tarjimashunoslik fani magistratura talabalari uchun mo‘ljallangan. Mazkur fanning asosiy maqsadi bo‘lajak magistrant mutaxassis tarjimonlarga zamonaviy tarjimashunoslikning asosiy holatini tanishtirish, ularga tarjima mahorati, nazariy va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Bu asos albatta bo‘lajak magistrant mutaxassis tarjimonlarga kelajak faoliyatida, qolversa, oliy va o‘rta ta’lim muassalarida tarjimaga o‘rgatish uslubini egallashga yordam beradi. Mazkur ma’ruzalar matni ana shu talabdan kelib chiqqan holda tuzildi. «Tarjimashunoslik» fanini o‘qitishda uning o‘ziga xos o‘qitish usullarini qo‘llash, mavzularni tushuntirishda didaktik loyihalashning zamon talablariga to‘g‘ri keladigan uslubiy yo‘nalishlarini tanlab olish va bu bilan talabalarni erkin fikrlashga o‘rgatish kabi ta’lim texnologiyasi elementlarini amaliyotga jorish etish davr talabidir. Mazkur ma’ruzalar matni kirish, namunaviy va ishchi dasturlar, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda o‘qitish texnologiyalari, kurs bo‘yicha monitoring va mustaqil ishni tashkil qilish texnologiyasi, adabiyotlar va interaktiv usullar kabi qismlardan iborat. Ma’ruzalar matnida tarjimashunoslik haqidagi ma’lumotlar barcha darslarga taqsimlab chiqilgan. Shuningdek, har bir darsda «Tarjimashunoslik» fanining muhim qirralari haqida ma’lumot berish bilan bir qatorda tarjima nazariyasiga muvofiq tarjimalar tahlili ham berilgan. Tarjimashunoslik kursini o‘rganish o‘rganilayotgan sharq tilining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur tushunib yetishga, o‘rganilayotgan sharq tilini o‘zbek va rus tillari bilan qiyoslab o‘rganishga, tarjima faoliyatinining ijtimoiy ahamiyatini anglashga; tarjimaning xalqaro madaniy aloqalardagi o‘rnini ko‘rsatib berishga yo‘l ochib beradi. Shuningdek, tarjimashunoslik kursi chet tilini o‘qitishda tarjima nazariyasining bir necha bog‘liqligini ochib beradi. «Tarjimashunoslik» asosiy ixtisoslik fanlar qatorida turuvchi fan hisoblanib, 3- semestrda o‘qitiladi. O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy- pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida ilg‘or pedagogik texnologiyalarning aqliy hujum, interaktiv, prezentatsiya, pinbord usullaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling