Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       

 

 

 

O‘quv fanining maqsadi va vazifalari 

Fanni o‘qitishdan maqsad – o‘rganilayotgan sharq tilining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur tushunib 

yetishga,  o‘rganilayotgan  sharq  tilini  o‘zbek  tili  bilan  qiyoslab  o‘rganishga,  tarjima  faoliyatinining  ijtimoiy 

ahamiyatini anglashga, tarjimaning halqaro madaniy aloqalardagi o‘rnini ko‘rsatib berishga yo‘l ochib beradi. 

Fan  nafaqat  nazariya  balki  tarjimon  bilishi  zarur  bo‘lgan  tarjimashunoslik  tarixini  qolaversa,  sharq  va  g‘arb 

tarjimachiligining  eng  qadimgi  davridan  to  hozirgi  kungacha  bo‘lgan  jarayonini  tahlil  qiladi.  Shuningdek, 

tarjimashunoslik kursi chet tilini o‘qitishda tarjima nazariyasining bir necha bog‘liqligini ochib beradi.  

Talabalarni tarjima jarayoni va natija sifatidagi asosiy muammolar bilan tanishtirish, tarjima qilishning 

nazariyasi haqida ma’lumot berish, shuningdek, mustaqil ravishda matn tarjima qilishga yo‘naltirish,  har ikki 

tilda  amalga  oshiriladigan  tarjimaning  xalqaro  anjumanlar,  muzokaralar,  ommaviy  axborot  vositalari 

materiallari borasida ham e’tibor berilishi kerak bo‘lgan muhim jihatlarini o‘rgatishdan iborat. 

Fanning vazifasi – yo‘nalish va matn hususiyatlarini e’tiborga olgan holda talablarda  tarjimashunoslik 

haqida  tushuncha  hosil  qilish,  o‘rganilayotgan  sharq  tilidan  o‘zbek  tiliga  va  o‘zbek  tilidan  o‘rganilayotgan 

sharq  tiliga  tarjima  qilish  malaka  va  ko‘nikmalarini  shakllantirish  hamda  tarjima  mahoratini  o‘rgatish, 

tarjima  nazariyasi  fani  predmeti  va  vazifalari  haqida  tasavvurga  ega  bo‘lish,  mustaqil  ravishda  biror  –  bir 

funksional  uslubga  oid  tarjima  qilish  malakasiga,  tarjima  shakllari  va  janrlari  haqidagi  tassavurga  ega 

bo‘lishdan iborat. 

Shuningdek,  mazkur  kursda  talabalarning  tarjimashunoslikda  mavjud  muammolar  bo‘yicha  ilmiy 

qarashlarni  tahlil  qila  bilish,  terminologik  lug‘atlar  bilan  ishlash,  turli  sohalar  bo‘yicha  ish  jarayonlarida 

amaliyotlar  o‘tkazish,  tarjimadagi  asosiy  usullar,  tarjima  sifatini  baholash  mezonlarini  bilish,  turli  janrga 

mansub  hozirgi  va  klassik  badiiy  asarlarni  tahlil  qila  bilish,  badiiy  asarlarni  ona  tiliga  va  ona  tilidan 

o‘rganilayotgan sharq tiliga tarjima qilish va unga aloqador muammolarni tahlil qila bilish, tarjima sohasiga 

zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnologiyasini  qo‘llash,  tarjimaning  turlari  bo‘yicha  nazariy  bilimga  ega 

bo‘lish, o‘rganilayotgan sharq tilidan ona tiliga va aksincha turli matn va nutqlarni og‘zaki va yozma shaklda, 

to‘g‘ri  va  sifatli  tarjima  qila  olish,  tarjimada  milliy  madaniy  xususiyatlarni  ifoda  etish  ko‘nikmalariga  ega 

bo‘lish.  Maktabgacha  ta’lim,  umumta’lim  muassasalari,  akademik  litsey,  kollej  va  boshqa  ta’lim 

muassasalarida  tarjimashunoslik  chet  tillarini  o‘qitish  bo‘yicha  dars  berish  ko‘nikmalariga  ega  bo‘lishlari 

ko‘zda tutiladi.   

Ta’lim  jariyonida  talabalar  tarjima  faoliyatining  asosiy  akspektlari  haqida  ma’lumotga  ega  bo‘lib, 

tarjima  janri  va  shakllari,  tarjimada  funksional  uslublar,  tarjima  jarayoni,  tarixi,  so‘z  tanlash,  lug‘at  bilan 

ishlash haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.  


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling