Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
14
Rossiyada tarjima tarixini yaratish yuzasidap birinchi qadam qo‘yildi — «Rus yozuvchilari tarjima haqida. XVIII—XX asrlar» (1960) kitobi nashrdan chiqdi. Lenpngradda adabiy-estetik problemalarga bagishlangan, Moskvada struktural-lingvistika planida yozilgan nazariy tadqiqotlar yuzaga keldi. Bu azaliy tarjima markazlaridan tashqari, Kievda 1958 yili rus tilida M. Rilskiyning «Bir slavyan tilidan ruschaga badiiy tarjima», ukrain tilida O. Kundzichning til va tarjima problemalariga oid maqolalar to‘plami e’lon qilindi ( bu asar «So‘z va obraz» nomida 1973 yili to‘ldirilib Moskvada rus tilida chiqdi). Tibilisida G. R. Gachschiladzening «Realistik tarjima problemalari» nomli monografiyasi (1959 yili gruzin tilida, 1964 yili — ruschada) nashrdan chiqdi. Ittifoqning boshqa shaharlarida ham tarjimani nazariy o‘rganish kuchaydi. Masalan, 1955 yili Bokuda ozarbayjon tilida Jumshud Azimovning «Tarjima prinsiplari», 1962 yili S. Taljonovning qozoq tilida «Badiiy tarjimaning asosiy problemalari», 1965 yilda Yerevanda Levon Mirtchyanning «She’rlar va tarjimalar», 1978 yilda shu avtorning Moskvada «Jonajon va qadrdon» nomli maqolalar to‘plamlari bosilib chiqdi. Bu borada O’zbekiston olimlarining tajribasi alohida diqqatga sazovor O’zbekiston Markaziy Komitetining badiiy tarjima ishlarini tubdan yaxshilash haqida 1965 yili chiqargan qaroridan keyin badiiy ijodning bu sohasida ancha sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. O’zbek adabiyotidan qilingan tarjimalar miqyosi ham kengaydi. O’zbekiston markasi bilan chiqayotgan kitoblarni jahonning 97 mamlakatida, shu jumladan, Angliya, AQSh, GFR, Fransiya, Italiya, Kanada, Eron, Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa davlatlarda o‘z ona tillarida o‘qimoqdalar. Mavjud tarjimalarni ilmiy tadqiq qilish ishi respublikada juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, bu yerda ellikka yaqin tadqiqotchi tarjima problemalari bilan band. Ularning o‘ttizdan ortig’i ilmiy darajaga ega. Respublikada qisqa muddat ichida yirik ilmiy asarlar bunyod etkldi. Jumaniyoz Sharipovning «O’zbekistopda tarjima tarixidan» (1965), «Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar» (1972), G‘aybulla Salomovning «Til va tarjima» (1966), «Tarjima nazariyasiga kirish» (1978), G. G‘afurovaning «O’zbekistonda tarjima taraqqiyoti» (1973), Z. Umarbekovaning «Lermontov va o‘zbek she’ikyati» (1973), Q. Musaevning «Badiiy tarjima va nutq madaniyati» (1976) kitoblari, shuningdek, G‘. Salomov, N. Komilov, Z. Salimova, Q. Jo‘raev, N. Otajonovlar yaratgan «Tarjimon mahorati» (1979) monografiyasi, A. Klimenkoning «Do‘stlik ramzi» (1974), K. Jo‘raevning «Tarjima — san’at» (1975), N. Otajonovning «Badiiy tarjima va ilmiy sharh» (1978) risolalari, respublika va Ittifoq matbuotida e’lon qilingan bir necha salmoqdor maqolalar fikrimizni quvvatlaydi. A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot ilmiy-tadqiqot institutining adabiy aloqalar va badiiy tarjima nazariyasi sektori «Badiiy tarjima — do‘stlik quroli» (1974), «Badiiy tarjimaning aktual masalalari» (1977) mavzuida, M Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universitetining tarjima nazariyasi kafedrasi esa rus va o‘zbek tillarida «Tarjima nazariyasi masalalari» (1977) to‘plamlarini nashrdan chiqardilar. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti muntazam chop etayotgan «Tarjima san’ati» maqolalar to‘plami Butunittifoq miqyosida tanilib bormoqda, bu adabiy-tanqidiy minbar, ilmiy nashr O’zbekistondagi yirik tarjimon va tarjimashunoslar, yosh tadqiqotchilar, o‘zbek adabiyotining chet eldagi va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlaridagi jonkuyarlarini birlashtirib, ulkan xayrli ishni amalga oshirmoqda. Qisqasi, tarjimani ilmiy tomondan o‘rganish masalasiga bu yerda katta ahamiyat berilmoqda. Bizning Ozarbayjon respublikamizda ham katta tarjimachilik amaliyotining ilmiy negizlarini yara-tish ishiga jiddiy e’tibor berilayotir. «Badiiy tarjima sohasidagi nazariy tafakkur ildizlari uzoq o‘tmishga borib qadalsa ham, Ozarbayjonda tarjimashunoslik muntazam fan sifatida faqat so‘nggi 20 yil ichida taraqqiy eta boshladi» (J. Mamedov). Bu borada Yu. A. Xudabashev, Yu. Graninning «Literaturnmy Azerbaydjan» jurnalida chiqqan «Badiiy tarjima problemalari» (1940, 12-son, 1941, 1-son) va M. A. Da-dashzoda (Mamed Orifiy)ning ham o‘sha nomdagi (1954, 8-son), M. Rafiliyning «Drujba narodov» jurnalida bosilgan (1959, 4- son) «Badiiy tarjima madaniyati» degan maqolalari ancha yaxshi taassurot qoldiradi. J. A. Azimovning «Tarjima prinsiplari» nomli kitobi, F. G. Valixonovaning «Samad Vurg‘un poeziyasi rus tilida» degan 1965 yili Moskvada yoqlangan dissertatsiyasi (bu tadqiqot 1967. yilda Bokuda «Samad Vurg‘un she’riyatining ruscha tarjimalari» nomi ostida chop etildi), M. M. Poshayeva (1964), A. I. Kozimov (1967), B. G. Huseynov (1967), A. A. Rizaev (1969), T. A. Abbosquliev (1971), H. H. Bayramov (1971), O. K. Boboyevlarning (1972) dissertatsiyalari rsspublikamizda tarjimashunoslik fani muayyan yutuqlarni qo‘lga kiritayotganiga dalil bo‘la oladi. Tarjma haqidagi mavjud nazariy adabiyotlar nimani tarjima qilish mumkinu, nimani o‘girish amri- mahol degan muammoni tahlil qilishga bagishlanadi. Tarjima ilmiy tadqiq qilish mumkinligiga ko‘p mutaxassislar hamon ishonmay keladilar, ular o‘zlarining umidsizligini ko‘proq tarjimachilikning xususiyatlarini ro‘kach qilish bilan niqoblashga intiladilar. «Nazariyani «san’atning alohnda turi bo‘lgan tarjima» qiziqtirishi kerak»,— deb uqtiradi rus klassik va sovet adabiyotidan nemis tiliga tarjimalar muallifi, GDR San’at akademiyasining a’zosi Alfred Kurella. «Mening biz yaratayotgan «tarjima nazariyasi»ga unchalik ishongim kelmaydi. Ishqilib, keyin |
ma'muriyatiga murojaat qiling