Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Turkiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari 6-fevral 2020-yil Muqimiy nomidagi musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi. Shu kuni dramuturg Rixsiboy Muhammadjonovning “Osmondagi Hulkarim” nomli asari asosida jonlantirilgan spektaklni tomosha qilishdi. Spektakl talabalar va ustozlarda juda chuqur ta’surot qoldirdi. Aktyor va aktrisalarning mahoratli ijrosi spektaklga yana ham jonli tus berdi. Tomoshabinlar orasida sahnadagi qahramonning taqdiridan ta’sirlanib ko‘z yosh to‘kkanlar ham ko‘pchilikni tashkil qildi. Spektakldan tomoshabinlar hayotdagi xuddi shunday holatlar haqida fikrlar almashib, muhokama, iliq ta’surotlar va yana shu kabi sahna asarlariga tushishga ahdlashib uylariga ketdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |