Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


I.BOB BUYK IPAK YO`LI IQTISODIY TASMASI KONSEPSIYASI


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/34
Sana16.11.2021
Hajmi0.89 Mb.
#175287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
markaziy osiyo va xitoy buyuk ipak yoli iqtisodiy tasmasi konsepsiyasining ustuvor yonalishlari

I.BOB BUYK IPAK YO`LI IQTISODIY TASMASI KONSEPSIYASI 

SHAKLLANISHI 

1.1  Buyuk ipak yo`li iqtisodiy tasmasi konsepsiyasining mohiyati, uning 

shakllanishiga ta`sir etgan omillar va sabablar 

Buyuk  ipak  yo‗li  sharq  va  g‗arb  mamlakatlari  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy 

taraqqiyotida  beqiyos  darajadagi  ahamiyatga  ega.  Bu  tarixiy  haqiqatni  uning 

insoniyat sivilizatsiyasida qoldirgan izlari  misolida ham  yaqqol kuzatish mumkin. 

―Buyuk  ipak  yo‗li‖  tarixiga  qisqacha  nazar  tashaydigan  bo‗lsak,  u  haqidagi  ilk 

yozma ma‘lumotlar miloddan avvalgi 138 yilga to‗g‗ri keladi. 2100 yil oldin Xan 

sulolasi  davrida  xitoy  diplomatiyasi  tarixida  mashxur  bo‗lgan  Chjan  Szyan 

imperator  U  Di  tomonidan  ikki  marotaba  Markaziy  Osiyoga  Ekspedidsiyaga 

yuboriladi.  U  Xitoy  va  markaziy  Osiyo  mamlakatlari  o‗rtasida  do‗stona  aloqalar 

eshigini ochadi. Eng muhimi o‗z sayohati davomida bosib o‗tgan yo‗llarni xaritaga 

soladi,  natijada,  sharqdan  ga‘rbga  cho‗zilgan,  Yevropa  va  Osiyoni  bog‗lovchi 

Buyuk ipak yo‗lini shakillanishiga sababchi bo‗ladi

17

 

        ―Qadimgi  ―Buyuk  Ipak  yo‗li‖  savdo  yo‗lining  tugash  nuqtasi  hisoblangan 



Yevropaga  yetib  borgunga  qadar  bir  nechta  tarmoqga  bo‗lingan.  U  Xitoyning 

qadimgi  markazi  Siandan  boshlanib,  Lanchjou  orqali  Dunxuanga  keladi. 

Dunxuanda u ikkiga ajraladi. 

―Ipak  yo‗li‖ning  janubi–g‗arbiy  tarmog‗I  Takla–Makon  sahrosi  orqali 

Xo‗tanga, undan Yorkentga kelib, Pomir tog‗ining daralari orqali Vaxonga, undan 

Baqtriyaning bosh shahri Balxga kelgan, Balxda yo‗l uch tarmoqqa ajralib, uning 

g‗arbiy tarmog‗I Marvga, janubiy tarmog‗I Hindistonga, shimoliy tarmog‗I Termiz 

orqali Darband, Nautak, Samarqandga qarab ketgan. 

Ipak  yo‗lining  shimoli–g‗arbiy  tarmog‗I  esa  Dunxuand,  Turfan  orqali  Tarim 

vohasiga – Qashg‗arga   malga. Undan Toshqo‗rg‗on orqali O‗zgan, O‗sh, Quva, 

Axsikent,  Ponga,  undan  Asht  dashti  orqali  Xo‗jand,  Zomin,  Jizzaxga,  so‗ngra 

Samarqanda  Nautaka  yo‗li  bilan  birlashgan.  Yo‗l  Samarqanddan  g‗arbga–

                                                 

17

 



Си Цзиньпин. О государственном управлении. // Пекин. Издательство литературы на иностранных языках.

 

 




 

11 


Dobusiyaga,  Malik  cho‗li  orqali  Buxoro  va  Romitanga,  undan  Varaxsha  orqali 

Paykent va Forobga borib Amul shahriga o‗tgan. Amulda Marvdan Urganch tomon 

Amu  bo‗ylab  ketayotgan  yo‗lga  qo‗shilgan.  Qadimda  Marv  shahri  o‗zining 

qadimiy  an‘analari  va  har  tomonga  ketuvchi  savdo  karvon  yo‗llari  tutashadigan 

geografik qulayliklariga ko‗ra ipak yo‗lidagi  eng yirik shahar edi. Tarixiy yozma 

manbalar  va  arxeologik  materiallarning  guvohlik  berishicha,  Marvdan  g‗arbga 

tomon  ketgan  ipak  yo‗li  Eronning  Gekotolepil,  Apaliya  va  Ekbatana  (Xamadon) 

shaharlariga va ulardan o‗tib Mesopotamiyaning Ktesafon va Bag‗dod shaharlariga 

  malga.  Undan  Dajla  daryosining  o‗ng  sohili  bo‗ylab  shimolga  ketib,  Antokiya 

orqali  Damashqqa,  undan  Tir  va  Quddus  shaharlari  orqali  Misrga  o‗tib  ketgan. 

Marvdan  chiqqan  shimoliy  yo‗l  esa  Amul  orqali  Urganchga,  undan  Shimoliy 

Kaspiy  bo‗ylab  Shimoliy  Kavkazga,  so‗ngra  Qora  dengizning  shimolidan 

Konstantinopolga  borib,  Bosfor  va  Dardanel  orqali  O‗rta  Yer  dengizigacha  yetib 

brogan.


18

 

 



1.1.1-rasm 


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling