Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xitoyshunoslik fakulteti bitiruv malakaviy ishi
Davlat zamonaviy tashqi siyosatidagi asosiy yo`nalishlar va ularning
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
xitoy xalq respublikasining yaqin sharq mintaqasidagi iqtisodiy va siyosiy manfaatlari (1)
1.2. Davlat zamonaviy tashqi siyosatidagi asosiy yo`nalishlar va ularning xalqaro munosabatlar tizimidagi ahamiyati Xalqaro munosabatlarni anglash teoriyasi bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish ko`p marotaba bir qancha olimlar tomonidan o`rganilgan va bo`lib hozirgi kunga qadar ancha muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Hozirgi zamonaviy, ilm fan taraqqiy etgan davrda ham siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat va jahon siyosatiga oid ba‟zibir terminlar, tushunchalar va kategoriyalar fan lug`atlarida paydo bo`lmoqda va bu yuqoridagi sohalarni tadqiq etishning davomiyligi va uzluksizligini anglatadi Xalqaro munosabatlar tizmining rivojlanishi bilan bog`liq umumiy qonuniyatlar doirasida ma‟lum bir ko`lamdagi bilimlarga ega bo`lmay turib, muayyan voqea-hodisalar o`rtasidagi sababli bog`lanishlarni aniqlash mumkin
20
emas. Aynan ana shu "Kuchlar muvozanati qonuni"ni yoki jahondagi davlatlararo umumtizomiy darajaning boshqa muhim bo`g`inlarini o`zlashtirib olmay turib, bugungi kunda zamonaviy dunyoviy-siyosiy munosabatlar borasida jahon sahnida ro`y berayotgan u yoki bu xildagi jiddiy o`zgarishlarning ahamiyati va tutgan o`rnini aniqlash mumkin, albatta. Bu "qonunlar"ni to`g`ri tushuna bilish bizga muhokama qilinayotgan hodisa yoki jarayonning boshqa shunga o`xshash voqea- hodisalar sirasidagi o`rnini aniqlab topish imkonini beradi. Bir vaqtlar amerikalik taniqli siyosatshunos Stenli Xoffman yagona xalqaro munosabatlar nazariyasini yaratish yo`lidagi urinishlarga shubha ko`zi bilan qaragan edi. Uning fikriga ko`ra, xalqaro munosabatlarni o`rganish sohasiga undagi revolyusiya boshlangan paytdan e‟tiboran, ya‟ni«siyosiy realizm» maktabi paydo bo`lganidan boshlab o`tgan o`ttiz yillik tarixga nazar solinsa, ushbu davr uchun yangi «yorib o`tishlar» emas, ko`proq boshi berk ko`chalar xos bo`lganligini ko`rish mumkin. Alohida e`tiborga loyiq bo`lgan bir necha «yorib o`tishlar» qatorida u xalqaro tizim konsepsiyasi (xalqaro munosabatlarga nisbatan tizimiy yondashuv)ni tashqi siyosiy qarorlarni qabul qilish va xalqaro siyosiy maydonda olib boriladigan "o`yin qoidalari"ni kodlashtirish konsepsiyasini va, nihoyat, iqtisodiy o`zaro bog`langanlikning tabiati hamda rolini o`rganishga bo`lgan urinishlarni sanab o`tgan 1 .
To`g`ri javobni izlash yo`lidagi barcha muvaffaqiyatsizliklarning sababi o`rganilayotgan tabiatining soha mavhumligi bilan emas, balki xalqaro siyosat sohasini tadqiq etuvchi fanning o`zi ham madaniy-tamadduniy yondashuvga bevosita bog`liqligi bilan izohlanadi. Xalqaro munosabatlardagi murakkab chalkashliklar, cheksiz o`zgarishlar va qayta guruрlashlar, shu kundagi mavjud ittifoqlar va alyanslarning tarqatib yuborilishi hamda yangilarining tashkil qilinishi jahondagi davlatlarning xatti- harakatlarida sodir bo`layotgan doimiy o`zgarishlardan dalolat beradi. Bularning
1 Qarang: Hasanov. U.A. Xalqaro munosabatlar nazariyasiga kirish. O`quv qo`llanma. T. 2007. B.4. Hoffman Stanley. Janus and Minerva. Essays in the Theory and Practice of International Politics. Westview Press. 1987. – P.14
21
bari xalqaro munosabatlar sub‟yektlarining ta‟sir mavqelari o`zgarib borishi asosida yuz beradi. Hozirgi zamonaviy xalqaro munosabatlarda ichki va tashqi siyosat alohida- alohida mustaqil ravishda olib boriladi. Ichki siyosatda muxim o`zgarishlar bo`lgan bir paytda tashqi siyosatda bir xil darajada davom etishi yoki aksincha bo`lishi xam mumkin. Tashqi siyosatda xalqaro siyosiy munosabatlarni yuritish, amalga oshirishning vositalari, usullari, yo`llari, intelektual qobiliyat, maxorat va san‟atni talab etadi. Xar bir mamlakatning tashqi siyosat olib borishida uziga xos milliy, tabiiy, iqtisodiy, xarbiy, ijtimoiy, ma‟naviy, axloqiy, huquqiy, mafkuraviy xususiyatlarini o`zida aks ettirgan holda shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Ayniqsa, buni davlatlar o`rtasidagi diplomatik munosabatlarni o`rnatish va uni amalga oshirilishida yaqqol ko`rish mumkin. Xalqaro munosabatlarning iqtisodiy, axboriy va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotining globallashuvi davrida asosiy tashqi siyosiy vazifalarning davlat boshlig`i zimmasiga yuklatilishi (ammo bu parlament nazorati va uning tashqi siyosatning asosiy yo`nalishlarini belgilashdagi ishtirokiga to`sqinlik qilmasligi zarur) respublikaning jahon xo`jalik aloqalari tizimiga uyg`unlashtirish samarali strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, yalpi xavfsizlikni mustahkamlash, yagona ijtimoiy-madaniy va axborot makonini shakllantirishning zarur sharti hisoblanadi. Xavfsizlikning bir turini ikkinchisiga nisbatan ustun qo`yilishi jamiyat va davlatni totalitar tuzumga olib kelishi muqarrar. Demak, davlat xavfsizligi jamiyat va shaxs xavfsizligini ta‟minlashda muhim ahamiyat kasb etadi 1 . Davlatlarning dunyodagi o`rni, roli va ahamiyati ularning ichki rivojlanishi hamda ustuvorliklariga nisbatan kam darajada bo`ysungan muhitdagi faolligi bilan belgilanadi. Tashqi muhit mavjudligining sababi - xalqaro tizim doirasida davlatlarning o`zaro munosabatlari majmui sifatida davlatlarning tashqi siyosiy faoliyati bo`lib, unga ko`ra, davlatlar o`z milliy manfaatlarini himoya qiladilar. Tashqi siyosiy faoliyat aynan tashqi muhitga yo`naltirilgan bo`lib, aynan u, o`z
1 Саидолимов С.Т. Марказий Осиѐда хавфсизликни таъминлаш муаммолари. С.ф.д. олиш учун диссер.автореферати. – Т.: ДЖҚА, 2007. – Б.12. 22
navbatida, shu o`rinda jahondagi siyosiy aloqalarning deyarli istalgan qatnashchisining ichki rivojlanishiga ta‟sir ko`rsatadi 1 . Tashqi muhitda shakllanib kelayotgan vaziyatga bog`liq ravishda va ma‟lum iqtisodiy hamda harbiy-texnikaviy imkoniyatlardan foydalanib, davlatlar asosan, tashqi siyosatning quyidagi instrumentlarini qo`llaydilar: tashqi siyosiy targíbot (xalqaro jamoatchilik tasavvurida mamlakatning ijobiy mavqeini mustahkamlash maqsadini ko`zda tutadi); diplomatiya (odatda uchta darajada amalga oshiriladi – rasmiy uchrashuvlar, de-fakto va de-yure tan olish, elchilarni ayirboshlash); tashqi savdo munosabatlari (savdo aloqalarini o`rnatish, o`zaro savdo bitimlarini tuzish, tariflar va kvotalar tizimi orqali tashqi savdoda cheklovlarni qo`llash ko`rinishida bo`ladi);
ko`rinishda – iqtisodiy (moliyaviy yoki tovar sifatida), shuningdek, harbiy (qurol- aslaha yetkazib berish, harbiy maslahatchilarni hamda harbiy qo`shinlar va kontingentlarni yuborish); ittifoqlar (ikki tomonlama yoki ko`p tomonlama turlari uchraydi va odatda, ikki turda bo`ladi – iqtisodiy yoki harbiy, tegishli manfaatlarni himoya qilish uchun);
davlatlararo va nohukumat); boykotlar va sanksiyalar (bir yoki bir guruh davlatlar tomonidan u yoki bu davlatga bosim o`tkazib, u yoki bu xalqaro muammo borasida uning siyosatini o`zgartirish maqsadida qo`llanadi);
qo`shma o`quv tayyorgarliklarni o`tkazish, eng zamonaviy harbiy texnologiyalar sohasidagi yutuqlarni ishlab chiqish hamda namoyish qilish, shuningdek, mustaqillikni himoya qilishning so`nggi chorasi sifatida urushni e‟lon qilish).
1 Hasanov. U.A. “Xalqaro munosabatlar nazariyasiga kirish” O`quv qo`llanma. T. – 2007. B.34 23
Har bir davlatning tashqi siyosati turli yo`nalishlarda olib boriladi. Shu turli yo`nalishlarning mohiyati va mazmunidan kelib chiqqan holda xozirgi davrda davlatlar amal qiladigan umumiy yo`nalishlar belgilab chiqilgan. Bular: Birinchidan, davlatlarning tinchlik va xavfsizlik uchun kurashishidan iborat. Xozirgi vaqtda ayrim mamlakatlarda notinchlik vaziyatlarining sodir bo`lib turishi, harbiy harakatlarning ro`y berishi tinchlik va xavfsizlikka tahdid solmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “O`zbekiston xavfsizlikning yaxlitligi haqida asosiy tamoyilini qo`llab-quvvatlaydi. Xavfsizlik uzluksiz holatdir, xaddsiz, xududsiz” 1 degan so`zlari muhim ahamiyatga ega. Xozirgi kunda mintaqaviy mojarolar: Afg`oniston, Suriya, Isroil, Falastin, va Livan kabi davlatlarda harbiy xarakatlar ana shunday xavfsizlikka taxdid solayotganligi, bu mojarolar mintaqaviy doiradan chiqib, jahon miqyosiga tarqalib ketish xavfi xam tug`ilishi mumkinligi va ularning oldini olish yo`llarini izlab topishni taqozo etmoqda. Ikkinchi yo`nalish – umumbashariy muammolarni xal etishda davlatlar o`z imkoniyatlari doirasida ishtirok etishlari lozim. Uchinchi yo`nalish – davlatlar o`z tashqi siyosati orqali xalqaro vaziyatga ta‟sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham xalqaro vaziyatni sog`lomlashtirish uchun kurash asosiy yo`nalishlardan xisoblanadi. Davlatlar tashqi siyosat olib borishda, xalqaro vaziyat o`zgarishini to`g`ri xisobga olishi, uni baholay bilishi va tog`ri xulosa chiqara olishi lozim. To`rtinchi yo`nalish – davlatlararo munosabatlarni takomillashtirib borish, uni chuqurlashtirish, kengaytirish masalalarini ham har bir davlatning tashqi siyosiy yo`nalishlaridan xisoblanadi. Bu munosabatlar iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy, harbiy hamkorlik shakllarida bo`lib, ularni to`g`ri yo`lga qo`yish va amalga oshirish bevosita tashqi siyosatga bog`liq bo`ladi. Beshinchi yo`nalish – tashqi siyosiy yo`nalishlardan yana biri xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni tashkil etish va rivojlantirishdan iborat. Chunki,
1 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиѐт кафолатлари. - Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 11
24
xalqaro tashkilotlar jahon siyosatini ishlab chiqib va uni xayotga tatbiq etishda katta rol o`ynaydi. Oltinchi yo`nalish – davlatlar tashqi siyosati yo`nalishlaridan yana biri bu g`oyaviy muxoliflikdan voz kechishdir. Totalitar tuzum davridagi g`oyaviy muxoliflik xozirgi kunda insoniyatni jar yoqasiga olib keldi, qirg`in keltiruvchi qurollarni ishlab chiqish, qurollanish poygasini keltirib chiqardi 1 . Davlatlar tashqi siyosatini olib borish jarayonida jahonda ro`y berayotgan o`zgarishlarga baho berishi, o`zaro o`z zimmasiga olgan majburiyatlarini doimo his etishi tashqi siyosat bo`yicha qabul qilingan qoida va normalarga amal qilishni talab qiladi. Tashqi siyosat yurgizishda umumiylikka rioya qilish zarur. Bu har bir jahon siyosatining dolzarb muammolarini hal qilishda faoliyatlarini muvofiqlashtirib borilishini talab qiladi. Bu ob‟ektiv zaruriyat davlatlarning tashqi siyosati soxasida amal qiladigan tamoyillarning talablaridan kelib chiqadi. Bu tamoyillarga quyidagilar kiradi: teng huquqlilik, g`oyaviy muxoliflikdan holi bo`lish, xalqaro munosabatlarga doir muammolarni hal qilish ishlarida faollik kursatish va xakozolar. Bu tamoyillar majburiy emas, ammo unga amal qilmagan davlat xalqaro maydonda yakkalanib kolishi mumkin. Shuni ta‟kidlab o`tish kerakki xalqaro munosabatlarda bo`lgani kabi “davlatning tashqi siyosati” va “davlatning tashqi siyosiy faoliyati”da ayrim kategoriyalarining o`xshashligi bo`lib, lekin aynan bir xil emas. Tashqi siyosat tushunchasi va davlatning tashqi siyosiy faoliyati tushunchasi bir biridan farq qiladi va davlatning tashqi siyosiy faoliyatida quyidagilarga asosan e‟tibor beriladi: Davlat faoliyatini to`laligicha o`rganish, ulardan tashqi funksiyalarni ajratib olish va unga muvofiq yo`nalishlarni aniqlab olish. Davlat tashqi siyosiy yo`nalishlarini taqsimlash. Tashqi siyosiy yo`nalish va davlatning tashqi siyosiy faoliyatini o`zaro bog`liqligini aniqlash. “Davlat tashqi siyosiy faoliyati” tushunchasini o`rganib chiqish.
1 Поздняков Э..А.. Внешнеполитическая деятельность и межгосударственные отношения. М., 1986. С. 16 25
“Davlat tashqi siyosiy faoliyati”ning yo`nalishlarini aniqlash 1 . Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar masalalariga doir muammolarni hal qilish ishida faollik ko`rsatish tamoyili davlatlar tashqi siyosatida muhim o`rin egallaydi. Hozirgi bosqichda Davlatlar tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlaridan biri tinchlik va xavfsizlik uchun kurashdan iborat. Tashqi siyosat yuritishning quyidagi turlari mavjud: Agressiv siyosat – bu tashqi siyosat davlat ichki muammolarini hal etish hamda o`z ta‟sir doiralarini kengaytirishda tashqi siyosat vositasidan foydalanishda namoyon bo`ladi. Bu kabi yo`lni qo`llaydigan davlatlar asosan agressiv ekspansiya metodlaridan keng foydalanishadi. Konservativ siyosat – bu asosan jahon hamjamiyatida oldingi o`z o`rnini yo`qotgan va uni har qanday usul hamda yo`llar orqali saqlab qolishga intilayotga sobiq buyuk davlatlar tomonidan olib boriladi. Aktiv siyosat – davlat xalqaro munosabatlarning asosiy subyekti sifatida o`z manfaatlarini himoya qilishi hamda o`z ichki va tashqi ishlarida o`zaro hamjihatlikni ta‟minlashda namoyon bo`ladi. Passiv siyosat – bu nisbatan zaif, kam rivojlangan davlatlarga hos bo`lib, ular o`z suverenitetini saqlab qolish maqsadida xalqaro muhitga moslashishga majbur
2 . Davlatning olib borayotgan aniq yo`nalishdagi faoliyati, uning mohiyati va ijtimoiy vazifasini aniqlab beradi. Shuningdek davlatning asosiy vazifalari quyidagicha belgilanadi: Jamiyatning muhim jabhalarida davlatning barqaror faoliyati; Davlat oldiga qo`ygan vazifalarning amalga oshishida davlat faoliyati va uning sotsial maqsad vazifalari o`rtasidagi to`g`ridan to`g`ri aloqalar; Har bir tarixiy davrda davlatning o`z oldiga qo`ygan ulkan maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan yo`nalishlari;
1 Киреева С.А. Межгосударственная интеграция как внешняя функция российского государства:Автореф. дис. доктора. юрид. наук. Астрахань, 2006. 52 с 2 Внешняя политика // http://all-politologija.ru/ru/vneshnyaya-politika-gosudarstva-kak-otobrazhenie-ego- nacionalnyxinteresov-sushhnost-vidy-nacionalnye-interesy .
26
Davlat vazifalarini amalga oshirishda o`ziga xos usullaridan foydalanish, shuningdek majburlov usulidan ham” 1 . Davlat faoliyatini tasniflashda quyidagi asoslar qo`llaniladi. Davalat tashqi faoliyatidagi yo`nalishlar: Ichki(davlat ichida amalga oshiriladigan) va tashqi(boshqa davlatlar bilan mamlakat tashqarisida amalga oshiriladigan faoliyati)”
vaqtincha; Davalat tashqi faoliyatining muhimligi: asosiy(davlat oldida turgan asosiy masalalar bilan bog`liq bo`lgan) va ikkinchi darajali(qo`shimcha va ikkinchi darajali masalalar bilan bog`liq);
g`oyaviy va ekologik. Rus tadqiqotchisi F.I.Shamxalov Davlat faoliyatini tasniflashda quyidagi asoslarni ajratadi: Doimiy va vaqtincha, ichki va tashqi, asosiy va qo`shimcha, strategik va taktik. Huquqiy va siyosiy adabiyotlarda davlat tashqi funksiyasining turli xildagi alomatlari ajratiladi. Faoliyat yo`nalishi bo`yicha, davomiy harakati bo`yicha, ijtimoiy ahamiyati bo`yicha, huquqiy normalarni amalga oshirish tartibi bo`yicha 2 . Davlatning tashqi funksiyasi bu – uning xalqaro va milliy manfaatlar bilan bog`liq bo`lgan xalqaro maydondagi asosiy yo`nalishi va faoliyatidir 3 .
ma‟lum bir jihatlariga bog`liq bo`ladi, bu davlatning aniq yo`nalishdagi faoliyatini ko`rsatib beradi. Davlatning asosiy tashqi funksiyasini quyidagicha ifodalash mumkin.
1 Морозова Л.А. Теория государства и права. М., 2002. С. 96. 2 Шамхалов Ф.И. Основые теории государственного управления. М., 2003. – С.194 3 Киреева С.А. Межгосударственная интеграция как внешняя функция российского государства: Автореф. дис. доктора. юрид. наук. Астрахань., 2006. C. 52
27
Hamkorlik va davlatlar o`rtasidagi aloqalarning mustahkamligi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Global muammolarni hal qilishda boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish. Tashqi siyosatga hos bo`lgan umumiy aloqadorlikning mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi: Birinchidan, siyosatning qanday kuchlar tomonidan ishlab chiqilishi barcha davlatlarga xos xususiyatdir. Ikkinchidan, davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosat ma‟lum bir maqsadlarga qaratilgan bo`ladi. Uchinchidan, tashqi siyosatni ishlab chiqishda umumiy qoidalarga amal qilish lozim. Bular, turli sinflar, guruhlar, millatlarning manfaatlarini hisobga olish, davlatning bir butunligini himoya qilish, osoyishtalik. Tashqi siyosat – xalqaro munosabatlarda milliy manfaatlarni ta'minlash bo`yicha davlatning faoliyat doirasi va tutgan yo`li. Shuningdеk, tashqi siyosat davlatning tashqi siyosat idorasi va boshqa strukturalarining xalqaro maydonda milliy rivojlanishning maqsad va vazifalarini amalga oshirish yo`nalishidagi stratеgiyasi, taktikasi va aniq qadamlari sifatida ham qabul qilinadi 1 . Har holda, ushbu masalalar milliy manfaatlarni himoya qilish va ilgari surish bo`yicha davlatning tashqi siyosiy mеxanizmi kuch-harakatlari shaklida namoyon bo`ladi va ijtimoiy-iqtisodiy intеgratsiyalashuv jarayonlarida, milliy, mintaqaviy va global xavfsizlikni ta'minlashda, tеgishli davlatlararo tashkilotlar tuzish va boshqalarda aks etadi. Ba‟zi milliy manfaatlar global ahamiyat kasb etadi. Biroq bunga faqatgina yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar o`zlarini haqli hisoblaydilar 2 . Yer yuzida davlatlar sonining ko`payishi va rivojlana borishi ular o`rtasidagi munosabatlarning yanada takomillashib borishiga olib keldi. Mamlakatlar o`rtasida hamkorlikning xilma – xil shakllari tashkil topib bordi va ular xalqaro ahamiyatga
1 Жўраев С. .Замонавий халқаро муносабатлар. Т.: Академия. 2007. – Б. 46. 2 Жўраев С., Саидолимов С., Абдуғаниева З. Халқаро хавфсизлик. Ўқув қўлланма Т., 2007. – Б.10 28
ega bo`ldi. Hamkorlikning bunday shakllari orasida siyosiy hamkorlik munosabatlari ham rivojlandi. Xalqaro siyosiy munosabatlarda ro`y bergan o`zgarishlar har bir yangi tarixiy davrda o`z aksini topib keldi. Masalan, XX asrdan XXI asrga o`tish bosqichida dunyoda ikki qutbli siyosiy munosabatlar davri yo`qolib, ko`p qutbli siyosiy munosabatlar davriga o`tilgan bir paytda yashamoqdamiz. Buning ma‟nosi shundaki, ilgari yer yuzida bir – biriga tubdan qarama – qarshi kapitalistik va kommunistik ikkita katta siyosiy lagerlar jahon miqyosidagi qarama – qarshiliklarning ikki qutbini tashkil etdi va yer yuzida butun jahon urushining boshlanib ketishiga zamin bo`lib kelar edi. SSSRning parchalanishi, jahon kommunistik tuzumining ham parchalanishiga sharoit tug‟dirdi. Bunday sharoitda voqelikka umumjahon sivilizatsiyasi nuqtai – nazaridan sog`lom aql pozitsiyasidan turib qarash davr talabiga aylandi. Bu borada Prezidentimiz I. Karimov shunday deb yozadi: “Hozirgi vaqtda dunyoda ikki qarama – qarshi qutb barham topgan bo`lsada, turli xil maqsad manfaatlarni ifoda etuvchi mafkuralar tortishuvi to`xtagani yo`q. Ochiq aytish kerakki, bu tortishuvlardan ko`zlangan asosiy maqsad – inson avvalambor, yoshlar qalbini egallash, muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror millat yoki xalqning ongiga, uning sezgi – tuyg‟ulariga ta‟sir o`tkazish, uni o`z dunyoqarashiga bo`ysundirish, ma„naviy jihatdan zaif va tobe qilish” 1 . Undan tashqari, XX asrning so`ngi o`n yilligi dunyo xaritasida yangi mustaqil davlatlarning paydo bo`lganligi va ularning o`z siyosiy mustaqilligini tinch yo`l bilan qo`lga kiritib, kelajakda jahon hamjamiyatida o`z o`rniga ega bo`lishda mustaqil tashqi siyosat olib borish yo`liga qadam qo`ydi. Ana shunday o`z tashqi siyosatini mustaqil belgilay oladigan davlatlar turli mintaqalarda joylashgan bo`lib, ular Markaziy Yevropaning (5 ta), Boltiqbo`yi davlatlarining (3 ta), Bolgariya va
1 Каримов И. А. Ўзбекистон ХХI асрга интилмоқда. – Т.7. 2000 йил. – Б. 329 – 330 29
Ruminiya, G‟arbiy – Sharqiy Yevropa mamlakatlarining (5 ta), Kavkazorti davlatlaridan (3 ta) va Markaziy Osiya davlatlaridan (5 ta)ni o`z ichiga oladi 1 . Har qanday davlatning tashqi siyosiy manfaatlari, maqsad va vazifalari, avvalo, milliy ehtiyojlar, manfaatlar, qadriyatlar bilan, ularni xalqaro maydonda himoyalash va ta‟minlash bilan bog`liq. Shu bilan birga konstitutsiyaviy meyor va tamoyillar eng muhim, doimiy manfaat va qadriyatlarning huquqiy ifoda shakli hisoblanadi. Aksariyat mamlakatlarda konstitutsiya davlatning tashqi siyosatini tartibga solishni o`z ichiga qamrab oladi. Tashqi siyosat predmeti konstitutsiya tarkibiga kiritilganda yoki uning alohida me‟yorlari bilan tartibga solinganda, tashqi siyosat u yoki bu davlat konstitutsion huquqining tarkibiy qismiga aylanadi. Tabiyki bitta tadqiqot ishida dunyoning hamma davlatlarini tashqi siyosatini tahlil qilish mushkul. Ammo dunyoning bazi mintaqalarida joylashgan davlatlarni ko`rib chiqish mumkin. Manbalarni o`rganish jarayonida, davlat tashqi siyosat yo`nalishlarini o`rganish quyidagi xulosalarni beradi. Davlat tashqi siyosati yo`nalishlarini davlat tashqi faoliyatini o`rganish uni tadqiq etish orqali aniqalanadi. Davlatlarning tashqi siyosiy yo`nalishlarini belgilab beruvchi asoslar bilan bir qatorda tashqi funksiyalarni tasniflashda qo`llaniladigan asoslar bilan bir xil. Odatda matnlarda tasniflarning asoslari keltirilmaydi. Davlat tashqi siyosatida uning funksiyalari muhim rol o`ynaydi va bu asosan mamlakat mudofasi, tinchlikni ta‟minlash va global xavfsizlikka qaratilgan.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling