Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xitoyshunoslik fakulteti bitiruv malakaviy ishi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.07.2020
Hajmi0.61 Mb.
#124664
  1   2   3
Bog'liq
xitoy xalq respublikasining yaqin sharq mintaqasidagi iqtisodiy va siyosiy manfaatlari (1)


 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM 



VAZIRLIGI 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI 

XITOYSHUNOSLIK FAKULTETI 

 

 



 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

XITOY XALQ RESPUBLIKASINING YAQIN SHARQ MINTAQASIDAGI 

IQTISODIY VA SIYOSIY MANFAATLARI 

 

                                   

 

 

 

 

 



 

 

 



Bajardi:  “Jahon  siyosati”    ta‟lim  yo`nalishi  bitiruvchi  kurs 

talabasi  Abduraxmonov Nodirbek Norali o`g`li________ 



 Ilmiy rahbar: O`qituvchi. Karimov F.E.___________ 

Ilmiy maslahatchi: s.f.d. Idirov U.Y.______________ 

 

 

 



                                                   Toshkent-2016 

 

 

MUNDARIJA 

 

Kirish……………………………………………………………….……....   3 

1-bob. DAVLATNING TASHQI SIYOSIY FAOLIYATINI TADQIQ 

ETISHNING  NAZARIY-KONSEPTUAL ASOSLARI ………………. 

 

 9 

1.1 Davlat tashqi siyosiy faoliyatining nazariy asoslari…………………….   9 

1.2.  Davlat  zamonaviy  tashqi siyosatidagi asosiy  yo`nalishlar va  ularning 

xalqaro munosabatlar tizimidagi ahamiyati………………………………... 

 

19 


2-bob.  XITOY  XALQ  RESPUBLIKASINING  TASHQI  SIYOSIY 

FAOLIYATI  VA  UNDA  YAQIN  SHARQ  MINTAQASINING 

O`RNI……………………………………………………………………… 

 

 

31 

2.1  Xitoy  Xalq  Respublikasining  tashqi  siyosiy  va  iqtisodiy  faoliyatining 

o`ziga xos xususiyatlari…….……………………………………………..... 

 

31 



2.2. Xitoy Xalq Respublikasi tashqi siyosatida Yaqin Sharq mintaqasining 

tutgan o`rni…………………………………………………………………. 

 

43 


2.3. Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilishda XXRning tutgan o`rni…..  51 

Xulosa………………………………………………….….………………..  61 

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………...…….….…...  64 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH 



 

Mavzuning  dolzarbligi.  Har  bir  suveren  davlat  o`z  tashqi  siyosatini  ichki 

manfaatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil olib boradi. Xitoy Xalq Respublikasi 

ham  suveren  davlat  sifatida  xalqaro  munosabatlar  tizimida  boshqa  davlatlarning 

milliy manfaatlarini inobatga olgan holda o`zining milliy manfaatlarini ifoda etgan 

tashqi siyosatni amalga oshiradi. Bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlari 

tomonidan  e‟tirof  etilayotgan  XXR  o`zining  rivojlanish  tezligi  bilan  dunyo 

hamjamiyatini  hayratda  qoldirayotganligi  barchamizga  ma‟lumdir.  Jahonning 

ko`zga  ko`ringan  mashhur  siyosatshunos  olimlari  tomonidan  ilgari  surilgan 

davlatlarning  tashqi  siyosatiga  oid  tendensiyalarida  qayd  etilganidek,  rivojlangan 

davlatlarning  tashqi  siyosatida  dunyoning  barcha  nuqtasida  ularning  manfaatlari 

mavjudligi  e‟tirof  etiladi.  Xuddi  shuningdek,  XXR  ham  Birlashgan  Millatlar 

Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a‟zosi sifatida dunyodagi ko`plab 

mintaqalarda o`zining manfaatlariga ega va ularni doimiy ravishda amalga oshirib 

boradi.  

So`nggi  yillarda  Yaqin  Sharq  mintaqasi  dunyodagi  yirik  davlatlarning 

manfaatlari  to`qnashgan  nuqtaga  aylanib  qolayotganligini  ko`rishimiz  mumkin. 

Bugungi  kunda  Yaqin  Sharq  davlatlari  miqyosida  jahon  siyosatida  chuqur  iz 

qoldiradigan  siyosiy  jarayonlar  yuz  bermoqda.  Buni  quyidagicha  ko`rib 

chiqishimiz  mumkin.  Birinchidan,  Falastin-Isroil  muammosining  hali  hamon  o`z 

yechimini  topmaganligi,  ikkinchidan,  ushbu  mintaqada  rangli  inqiloblarning  avj 

olishi( Arab Bahori deb nom olgan inqilobning Arab mag`ribida boshlanib, hozirgi 

kunda  Suriyada  davom  etayotgani),  Suriya  inqirozi  va  bunga  tashqi  kuchlarning 

ta‟siri  va  ushbu  muammolar  bo`yicha  hanuzgacha  bir  yechimga  kelinmaganligi, 

mintaqada keskinlikning ortishiga olib kelmoqda va mintaqa davlatlaridagi siyosiy 

tizimini  tashkil  etuvchi  siyosiy  kuchlar  va  harakatlarning  faoliyatini  o`rganish 

siyosiy  tahlilchilarning  muhim  obyektiga  aylanib  bormoqda.  Shu  o`rinda 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Abdug‟aniyevich  Karimov  o`z 

asarlarida  dunyoda  ro`y  berayotgan  mojarolar  haqida  quyidagicha takidlab  o`tgan 



 

“…garchi terrorchilik harakatlarining biri, aytaylik, Filippinda, biri  Bolqonda, biri 



Chechenistonda, yana biri Yaqin Sharq yoki boshqa mintaqa va davlatlarda amalga 

oshirilayotgan  bo`lsa-da,  ularning  barchasi  bir  zanjirga  bo`glangan…  ochiq  – 

oydin  ko`rinib  turibdi”

1

.  Xitoy  diplomatiyasining  Suriya  inqirozini  bartaraf 



etishdagi  faol  ishtiroki  Xitoy  Xalq  Respublikasining  Yaqin  Sharq  mindaqasidagi 

siyosatining  muhim  elementi  hisoblanadi.  Rasmiy  Pekinning  bu  boradagi  hozirgi 

pozitsiyasi  mintaqadagi  vaziyatni  barqarorlashtirish.  Mazkur  siyosat  asosan 

iqtisodiy  imkoniyatlarni  o`zida  jamlabgina  qolmay,  Xitoyning  mintaqa  doirasida 

belgilaydigan istiqbolli siyosiy rejalarini ham o`zida mujassam etadi. 

Bugungi  kunga  kelib  Xitoy  Yaqin  Sharq  mintaqasidagi  muammolarni  hal 

qilishda  muhim  davlatga  aylandi  va  Suriya  Arab  Respublikasidagi  mummolarni 

hal  qilish  Xitoyning  Yaqin  Sharqdagi  xavfsizlikni  ta`minlashdagi  asosiy 

maqsadlaridan biridir. 

Yaqin  Sharqdagi  kechayotgan  jarayonlarga  Xitoy  ham  faol  ishtirok  etib 

kelmoqda.  Bunda  uning  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Xavfsizlik  Kengashida 

qabul  qilinayotgan  rezolyutsiyalardagi  ishtirokidan  ham  ko`rishimiz  mumkin. 

Xitoy  va  Yaqin  Sharq  mintaqasi  davlatlari  o`rtasidagi  aloqalarni  o`rganish  va 

Xitoy  O`zbekistonning  yaqin  hamkorlaridan  biri  ekanligini  hisobga  olgan  holda 

Yaqin  Sharqdagi  holatni  tahlil  etish  bugungi  kunda  dolzarb  ahamiyat  kasb  etib 

bormoqda.  Bunda  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  Xitoyning 

Markaziy  Osiyo  davlatlari  bilan  hamkorligi  to`g‟risidagi  fikrlari  e‟tiborga 

molikdir:  “Biz  XXRning  O`zbekiston  va  Markaziy  Osiyoning  boshqa  davlatlari 

bilan  do`stona  munosabatlarni  mustahkamlashga  qaratilgan  siyosatini  yuqori 

baholaymi

2

.” Xitoy Xalq Respublikasining Yaqin Sharqdagi siyosiy jarayonlardagi 



ishtirokini o`rganish, ushbu mintaqa davlatlari bilan aloqalarini tahlil etish o`zining 

dolzarbligi bilan ahamiyatlidir. 

                                                 

1

 Каримов И.А. Биз учун ҳадқимиз, ватанимиз манфаатидан улуғ мақсад йўқ // И.А.Каримов. Хавфсизлик ва 



тинчлик учун курашмоқ керак.-Т.: Ўзбекистон, 1998. – Т. 10. – Б. 130. 

2

 O`zbekiston  Xitoyning  ishonchli  do`sti  va  hamkori  bo`lgan,  bundan  keyin  ham    shunday  bo`lib  qoladi.  (XXRga 



davlat tashrifi munosabati bilan "Jenmin jibao" gazetasi muxbiriga berilgan intervyu, 2005 yil 25 may) O`zbek xalqi 

hech qachon hech kimga qaram bo`lmaydiAsar to`p. 13-jild. B. 425 



 

Mavzuning  o`rganilganlik  darajasi.  Mavzuni  o`rganishda  bir  qancha 

nazariy  va  amaliy  ahamiyatga  ega  bo`lgan  ilmiy  ishlardan,  xorijiy  va  mahalliy 

adabiyotlardan, shuningdek ba‟zi internet manbalardan  keng foydalanildi. 

Ushbu  muammoni  o`rganishda  avvalo,  O`zbekiston  Prezidentining  bir  qator 

asarlaridan,  shuningdek  turli  tashkilotlar  chop  etgan  xujjatlar  va  hisobotlardan, 

davlatlarning tashqi siyosiy konsepsiya va shunga doir xujjatlardan foydalanildi. 

Mamlakatimizda Xitoy tashqi siyosati va iqtisodi keng o`rganilgan jumladan: 

A.  Xo`jayev,  U.Y  Idirov,  N.E  Karimova,  Sh.I  Shazamanov,  G.A.  Melibayeva, 

F.Sh  Gaziyev,  I.N  Bekmuratovlar,  V.S.Kim

1

 tomonidan  olib  borilgan 



tadqiqotlardan keng foydalanildi. O`zbekistonlik olimlar tomonidan bugungi kunda 

arab  mintaqasi  davlatlarini,  shuningdek,  Yaqin  Sharq  davlatlari  ichki  va  tashqi 

siyosatiga  bag`ishlangan  tadqiqot  ishlari  keng  yo`lga  qo`yilgan.  Ushbu  mavzuni 

o`rganishda quyida olimlarning ilmiy maqolalari va kitoblaridan keng foydalanildi, 

jumladan    S.f.d.  Sh.A.  Yovqochev  o`z  tadqiqotlarida    Yaqin  Sharq  mintaqasida 

ayniqsa  Misr  Arab  Respublikasining  mintaqaviy  xavfsizlikni  ta‟minlashda 

ishtirokiga alohida e‟tibor qaratgan

2



Respublikamiz  olimlari  arab  dunyosi  bilan  hamkorlik,  ushbu  mintaqada 

kechayotgan siyosiy  voqelik masalalariga qattiq e‟tibor qaratishgan.  Yaqin Sharq 

mintaqasidagi  mojorolar  faqatgina  mintaqaga  ta‟sir  qilib  qolmasdan,  balki, 

butunjahon  hamjamiyatini  xavotirga  solmoqada.  Bu  borada  prof.  S.M.  G‟afurov 

                                                 

1

 



Xoжаeв  A,  Китайские  фактории  в  Центральное  Азии.  Монография.  T.,  –  2007.  –  170  c.;  Идиров  У.Ю. 

Замонавий  Хитой  ташқи  сиѐсатидаги  етакчи  тенденциялар./  Мақола."Хитойшуносликнинг  долзарб 

масалалари:  филология,  фалсафа,  тарих,  иқтисод  ва  сиѐсат"  мавзусидаги  XII  илмий-амалий  конференсия 

материаллари тўплами: Тошкент,28 ноябр 2015 йил.-Т.:ТДШИ,2015-245-246-б; Каримова Н.Э. Региональные 

аспекты  современных  международных  отношений.  Т.:  2013.168  с  /  Historic  Central  Asian  Cities  on  the  Silk 

Road:  with  Reference  to  Cheng  Chen‟s  Journey  to  Central  Asia  //  Waseda  Journal  of  Islamic  Sciences.  Tokyo: 

Institute of Islamic Sciences, Waseda University. – Vol.5. 2009. P.43-50; Шазаманов Ш.И. Ислоҳотлар даврида 

Хитой  Халқ  Республикаси  //  Монография.  Т.:  Тошкент  давлат  шаршунослик  институти,  2014.-167  б.; 

Melibayeva  G.A,  Gaziyev  F.Sh:  “Xitoyning  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  bilan  iqtisodiy  hamkorligi”  o‟quv 

qo‟llanma.  –T.  2011/  Бекмуратов  И.Н.  Шанхай  хамкорлик  ташкилотининг  фаолияти  ва  институциялашиш 

жараѐни::  23.00.02;  Ким.В.С.  Китайская  нация  и  «мягкая  сила»  китайской  культуры  в  современном  мире. 

Материалы  международной  конференции  «Решение  национального  вопроса  в  Росии  и  Китае».  Пермский 

государственный университет, г Пермь, 2010г 

2

 Qarang:  Ёвкочев Ш.А. Политизация ислама и проблема религиозного экстремизма в современном мире (на 



примере  Арабской  Республики  Египед)  –  Т.:  ТашГИВ,  2003;  Ёвкочев  Ш.А.  Миср  Араб  Республикасида 

давлат  ва  диний  институтлар:  монография.  –  Т.,  2007;  Ёвкочев  Ш.А.  Исламский  фактор  в  политической 

системе современного Египта: монография. – Т.: ТИУ, 2008. – 212 с. 


 

Fors  ko‟rfazi  mintaqasida  xavfsizlikni  ta‟minlash  muammolarini  chuqur  tadqiq 



etgan

1

.  



So`nggi o`n yillik ichida xalqaro munosabatlarda yuz berayotgan o`ta keskin 

geyosiyosiy  vaziyat  davlatlarning  xavfsizligiga  katta  tahdidalar  solmoqda. 

Yurtimizda  mintaqaviy  xavsizlikni  ta‟minlash borasida bir  qator ilmiy  ishlar  olib 

borilgan  bo`lib  A.A.  Abdisattorov,  S.T  Saidolimov  M.M.  Muhammadsiddiqov, 

K.K. Shaniyazov, D.Madaminova, A.Qurbonov va F.E Karimovlarning nomzodlik 

dissertatsiyalari va monografiyalarida  Markaziy Osiyo, Fors ko`rfazi, Yaqin Sharq 

hamda Qizil va O`rta Yer dengizi mintaqalarida xavfsizlikni ta‟minlash masalalari 

tahlil etilgan

2

.  


Ushbu  ilmiy  ishda  rossiyalik  sharqshunoslar  S.A.  Kaminskiyning  arab 

monarxiyalarining  konstitutsion  asoslari  haqidagi,  A.G.  Georgieva  va  V.V. 

Ozolingning  arab  neft  ishlab  chiqaruvchi  mamlakatlarning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va 

huquqiy-davlat  yo`nalishlarida  rivojlanishi  haqidagi,  M.G.  Zakariya,  A.I. 

Yakovlev,  V.V.  Mashin,  A.M.  Vasilev,  L.I.  Medvedko  va  boshqalarning  ilmiy 

ishlaridan foydalanildi

3

.  


                                                 

1

 Qarang:  Гафуров  С.М.  Национальная,  региональная  и  глобальная  безопасность:  роль  и  место  арабских 



государств  Персидского  залива  и  Республики  Узбекистан.  –  Т.:  «QAR-QALAM»Ж  ТГЮИ,  2005;  Гафуров 

С.М., Аль-Бухари М. Государство Кувейт: Учебное пособие.  – Т.: Издательство национальной библиотеки 

Узбекистана  имени  Алишера  Навои,  2007/  Гафуров  С.М.  Роль  арабских  государств  Персидского  залива  и 

Республики  Узбекистан  в  обеспечении  региональной  и  глобальной  безопасности:  Автореф.  дис.  ...  док. 

полит. наук. – Т.: ТашГИВ, 2002. –26 с. 

2

 Qarang:  Абдисатторов  А.А.  Форс  кўрфази  араб  давлатлари  ташқи  сиѐсатида  “Ислом  омили”нинг  сиѐсий 



таҳлили:  Сиѐс.  фан.  ном.  ...  дис.  автореф.  –  Т.:  ТДШИ,  2005;//  С.Т  Саидолимов  Марказий  Осиѐда 

хавфсизликни  таъминлаш  муаммолари.  С.ф.д.  олиш  учун  диссер.автореферати.  –  Т.:  ДЖҚА,  2007.// 

Муҳаммадсидиқов  М.М.  Саудия  Арабистонининг  Қизил  денгиз  минтақасида  хавфсизликни  таъминлаш 

сиѐсатининг  хусусиятлари:  Сиѐс.  фан.  ном.  ...  дис.  –  Т.:  ТДШИ,  2005/  Zamaonaviy  xalqaro  muosabatlarning 

mintaqaviy  jihatlari”  O`quv  qo`llanma.  –  T.,  2013.  –    170.b//Шаниязов  К.К.  Палестинская  проблема  в 

блежневосточной политике США: Автореф. Дисс. ...канд.полит. наук. – Т.: ТашГИВ, 2005; Мадаминова Д.И. 

Миср  Араб  Республикасининг  Ўрта  Ер  денгизи  минтақасида  хавфсизликни  таъминлаш  сиѐсатининг 

хусусиятлари:  Сиѐс.  фан.  ном.  ...  дис.  автореф.  –  Т.:  ТДШИ,  2010;  Курбонов  А.К.  Фаластин  муаммоси  ва 

унга  араб  дунѐсининг  муносабати:    тар.фан.  ном.  ...  дис.  автореф.  –  Т.:  ЎзР.  Фан.акад.Шарқшунослик 

институти,  2010.  –27  б;  Каримов  Ф.Э.  Яқин  Шарқдаги  этносиѐсий  муаммолар  ва  минтақавий  хавфсизлик 

масалалари. Монография. – T.: “Sharq” нашриѐти; Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2016. – 224 б. 

3

 Qarang:  Каминский  С.А.  Институт  монархии  в  странах  Арабского  Востока.  –  М.,  1981;  Георгиев  А.Г., 



Озолинг  В.В.  Нефтяные  монархии  Аравии.  –  М.,  1983;  Закария  М.Г.,  Яковлев  А.И.  Нефтяные  монархии 

Аравии на пороге XXI века. – М., 1998; Машин В.В., Яковлев А.И. Персидский залив в планах и политике 

Запада. – М., 1985; Васильев А.М. Факелы Персидского залива. – М., 1976; Васильев А.М. Персидский залив 

в эпицентре бури. – М., 1983; Медведко Л.И. К востоку и западу от Суэца.  – М., 1981; Новейшая история 

арабских стран Азии (отв.ред. В.В.Наумкин). – М., 1988. –347 c. 


 

Ushbu  tadqiqot  ishida  chet  el  olimlaridan  R.John  va  B.Michael  kitoblaridan 



keng foydalanildi

1



Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsad  va  vazifalari.  Mazkur  bitiruv 

malakaviy ishi o`z oldiga Xitoy Xalq Respublikasining Yaqin Sharq mintaqasidagi 

iqtisodiy va siyosiy manfaatlarini yoritishni maqsad qilib olgan. 

Mazkur maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni qo`yish va hal qilishni     

nazarda tutadi: 

–  Davlat tashqi siyosiy faoliyatining nazariy asoslarini o`rganib chiqish; 

–  Davlat  zamonaviy  tashqi  siyosatidagi  asosiy  yo`nalishlar  va ularning 

xalqaro munosabatlar tizimidagi ahamiyati bilan tanishib chiqish; 

–   Xitoy  Xalq  Respublikasining  tashqi  siyosiy  faoliyatining  o`ziga  xos 

xususiyatlarini ko`rib chiqish; 

–   Xitoy Xalq Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatining o`ziga xos 

xususiyatlarini tadqiq qilish; 

–  Xitoy Xalq Respublikasi tashqi siyosatida Yaqin Sharq mintaqasining 

tutgan o`rni tahlil qilish;  

–  Yaqin  Sharqdagi  muammolarni  hal  qilishda  XXRning  tutgan  o`rnini 

aniqlash; 

–  XXR 

va 


Yaqin 

Sharq 


mintaqasi 

davlatlari 

o`rtasidagi 

munosabatlarining rivoji bilan bog`liq tavsiyaviy takliflar berish. 



Bitiruv  malakaviy  ishining  obyekti  va  predmeti.  Hozirgi bosqichda Xitoy 

Xalq Respublikasining Yaqin Sharq mintaqasidagi iqtisodiy va siyosiy manfaatlari 

ishning obyekti hisoblanadi.  

Xitoy  Xalq  Respublikasi  va  Yaqin  Sharq  mintaqasi  davlatlarining  iqtisodiy, 

siyosiy,  xavfsizlik  sohalarda  ularning  o`zaro  manfaatli  munosabatlari  va  ular 

o`rtasidagi hamkorlik ishning predmetini tashkil qiladi. 

                                                 

1

  John R. Unequal Conflict .The Palestinian and Israel. – N.Y.: Olive Branch Press, 1998. –Р.121-133.// Barnett, 



Michael (2008). ”Social Constructivism” in Baylis, John, Smith, Steve and Owens, Patricia (eds.), The Globalisation 

of World Politics: An introduction to international relations (4

th

 Edition)Oxford: Oxford University Press, 2010 



 

Bitiruv  malakaviy  ishining  nazariy  va  metodologik  asoslari.  Ishning 

nazariy  va  metodologik  asoslari  bitiruv  malakaviy  ishining  obyekti  va  predmeti 

bilan uzviy bog`liq.  

Xitoy Xalq Respublikasining Yaqin Sharq mintaqasidagi iqtisodiy va siyosiy 

manfaatlari  va  ushbu  mintaqadagi  rolini  aniqlashga  oid  masalalar  bugungi  kunda 

amalga  oshirilgan  siyosiy  tadqiqotlarda  lozim  darajada  yoritilmagani  hal  qiluvchi 

omilga  aylangani  holda  nazariy-metodologik  yondashuvni  tegishli  hollarda 

qo`llash zaruriyatini belgiladi.  

Siyosiy  tadqiqotlarda  amalga  oshiriluvchi  qiyosiy  tahlil  va  sintez  metodi, 

shuningdek, kontent metodi  ishning nazariy asosi bo`lib xizmat qildi.  

Mazkur  ishning  metodologik  asosini  BMT  tomonidan  qabul  qilingan  Yaqin 

Sharq  masalalariga  doir  ko`plab  rezolyutsiyalar,  konvensiyalar,  xalqaro  huquqiy 

hujjatlar,  Xitoy  Xalq  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  qonunlari,  xalqaro 

shartnomalari,  Xitoyning  tashqi  siyosiy  konsepsiyasi,  Xitoy  Xalq  Respiblikasi 

Prezidentlari  nutqlari,  shuningdek,  taniqli  siyosatshunos  olimlarning  Yaqin  Sharq 

va  Xitoy  tashqi  siyosati  va  tashqi  siyosiy  kursi  masalalariga  bag`ishlangan 

nazariyalari va ta'limotlari tashkil etdi.  



Bitiruv  malakaviy  ishning  tuzilishi.  Ushbu bitiruv malakaviy ishi  kirish, 

ikki bob, besh paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

1-bob.  DAVLATNING TASHQI SIYOSIY FAOLIYATINI TADQIQ 



ETISHNING  NAZARIY KONSEPTUAL ASOSLARI 

 

1.1.  Davlat tashqi siyosiy faoliyatining nazariy konseptual asoslari  

 

Tashqi  siyosat  har  bir  zamonaviy  davlatning  bosh  atributi,  fundamental  jihati, 

ajralmas  qismi  va  funksiyasi  hisoblanadi  hamda  davlatlar  o`z  tashqi  siyosatini  ichki 

manfaatlardan kelib chiqib olib boradi. Shuningdek tashqi siyosat davlatlarning bir- 

biri  bilan  o`zaro  munosabatlarini  xalqaro  maydonda  tartibga  solish  va  uni 

boshqarish  ma`nosini  ham  anglatadi.  Tashqi  siyosiy  munosabatlarda  ishtirok 

etayotgan  har bir davlat, u katta  yoki  kichikligiga  qaramay,  o`zi  tanlagan  yo`ldan 

rivojlanishga  intiladi.  Turli  siyosiy  tuzumdagi  davlatlar  o`zaro  birgalikda 

hamkorlik qilar ekan, bir-birlarining tanlagan yo`lini va o`zaro milliy manfaatlarini 

hurmat qilgan holda o`z tashqi siyosatini olib boradi. 

Tashqi siyosatni tadqiq qilishda ko`plab ilmiy ishlar va nazariyalar yaratilgan. 

Jumladan  amerikalik  olim  V.  Xadson  tashqi  siyosatni  tahlil  qilishga  katta  hissa 

qo`shgan.  U  o`zining  “Tashqi  siyosiy  tahlil:  klassik  va  zamonaviy  nazariyalar” 

asarida tashqi siyosiy tahlilni asosan beshta darajaga bo`lgan.  

Birinchi  bosqichda  alohida  qabul  qilingan  tashqi  siyosiy  qarorlar,  asosan 

liderning  siyosiy  psixologiyasi  va  tashqi  siyosiy  jarayonlarni  amalga  oshirishdagi 

roli tadqiq qilinadi.  

Ikkinchi  bosqichda  jamoaviy  qabul  qilingan  tashqi  siyosiy  qarorlar  –  tashqi 

siyosatni  amalga  oshiruvchi  subyektlar  va  tashkilotlarning  o`zaro  munosabatlari  

asosida qabul qilinadi. 

Uchinchi bosqichda tashqi siyosiy qarorlarni qabul qilishda madaniy, ijtimoiy 

va milliy o`zlik xususiyatlari hisobga olinadi.  

To`rtinchi  bosqichda  tashqi  siyosiy  jarayonlarda  davlatlarning  olib 

borayotgan ichki siyosiy ta‟siri o`rganiladi. 



10 

 

Beshinchi  bosqichda  davlatlarning  tashqi  siyosiyatini  belgilab  beruvchi 



xususiyatlari  ya‟ni,  uning  tabiy  va  demografik  resurslari,  geografik  joylashuvi, 

siyosiy tizimi, harbiy va iqtisodiy salohiyati hisobga olinadi.

1

 

Yana  bir  ameriklik  tadqiqotchi  G.Allison  yondashuviga  ko`ra  tashqi 



siyosatning shakllanishida uch asosiy model ajratiladi:  

Birinchi  model  –  klassik,  unga  ko`ra  tashqi  siyosat  aktorning  anglangan, 

maqsadli va ratsional harakati natijasiga bog`liq (butun davlat, hukumat yoki uning 

rahbarlari); 

Ikkinchi  model  –  tashqi  siyosatning  uyushgan  aktorlar  va  jarayonlarning 

majmuasi sifatida namoyon bo`lishi; 

Uchinchi  model  –  tashqi  siyosat  siyosiy  muassasa  va  ularning 

yetakchilarining  siyosiy  savdosi  sifatida,  hukumat  ichidagi,  yana  lobbist 

guruhlarga nisbatan uning munosabatida sodir bo`ladi

2



Allisonning  ushbu  modeli  tashqi  siyosat  davlatning  harakati  bilan 

harakterlanishini  nazarada  tutadi.  Davlat  yagona  va  butun  tana  sifatida  insonga 

qiyoslanadi.  Siyosatdagi  bu  turdagi  qarashlar  qadimgi  dunyo  va  o`rta  asrlardagi 

xalqaro munosabatlar monarxlar o`rtasidagi munosabatlar sifatida qarashga to`g`ri 

keladi. Avtoritar va totalitar tuzumlarda davlatning tashqi siyosiy kursi daho yoki 

diktator deb ataluvchi yagona shaxs tomonidan belgilanadi, bunda yaqin atrofdagi 

shaxslarning ishtiroki minimal darajada bo`ladi

3



O`tgan  asrning  oxirida  Britaniya  hukumatiga  rahbarlik  qilgan  Margaretta 

Tetcher  tashqi  siyosat  xavfsizlik  tushunchasiga  shunday  ta‟rif  beradi :  “Tashqi 

siyosat  va  xavsizlikni  ta‟minlash  –  bu,  avvalo  boshqa  davlatlar  bilan 

munosabatlarida  shaxsiy  maqsadlarga  erishish  uchun  kuch  hamda  qudratdan 

foydalanishdir. 

                                                 

1

 Hudson V. Foreign Policy Analysis: Classic and Contemporary Theory. Lanham:The Rowman and Littlefi eld 



Publishing Group, 2007. 234 p. 

2

 Making  a  Difference:  Allison's  Three  Models  of  Foreign  Policy  Analysis  //  http://www.academia.edu/592889/ 



Making_a_Difference_Allisons_Three_Models_of_Foreign_Policy_Analysis   

3

 Мировая политика и международные отношения: Учебное пособие / Под ред. С.А.Ланцова, В.А.Ачкасова. 



–  Москва, 2011. – С. 276. 

11 

 

Men,  konservator  sifatida,  bunday  ta‟rifdan  mutlaqo  cho`chimayman. 



Boshqalar  kuchga  tayanmasdan,  xalqaro  ishlarda  istalgan  natijalarda  erishishga 

urinib  ko`rsinlar  ular  muvaffaqiyatga  uchrashi  muqarrar

1

”  Demak  Tetcher  xonim 



o`zining  bu  fikrlari  bilan  tashqi  siyosatda  davlat  mafaatlarini  himoya  qilishda 

davlatning kuch-qudratiga taynishini aytib o`tadi. 

Shunday  ekan  davlatlarning  tashqi  siyosatiga  mos  bo`lgan  asosiy  va  muhim 

xususiyatlaridan  biri  tashqi  siyosatning  obektiv  mohiyatiga  ega  ekanligi  bilan 

belgilanadi. Tashqi siyosat u yoki bu mamlakatlardagi biron-bir siyosiy kuchining 

xoxish-irodasiga  bog`liq  bo`lmagan  holda  davlatlarning  tashqi  munosabatlarida 

ishtirok qilish ehtiyojlaridan kelib chiqadi. 

Har  bir  davlat  boshqa  davlatlar  bilan  shunchaki  o`zaro  aloqada  bo`lmasdan 

mamlakatlar  ijtimoiy-siyosiy.  Iqtisodiy-ma‟naviy  rivojlanish  extiyojlarini  to`la 

darajada qondirisha olmaydi. Bu hol zaruriyat tariqasida har bir davlatning tashqi 

siyosiy faoliyatida aks etadi va unga munosabat bildirish davlatlar tashqi siyosatida 

ifodalanadi

2



Tashqi  siyosatga  turli  davlatlarning  maqsad  va  manfaatlaridagi  umumiylik 



hodisasi  ham  xosdir.  Bir  davlatning  tashqi  siyosati  boshqa  davlatlarning  tashqi 

siyosatiga ko`p jihatdan mos keladi. Buni har bir davlatning jahon maydonida ro`y 

berayotgan o`zgarishlarga bir  xil  munosabat  bildirishda  u  yoki  bu  muammoni  hal 

etishda  birgalikda  harakat qilishida  aniq ko`rish  mumkin. Masalan, hozirgi kunda 

tinchlik  va  xavfsizlik  uchun  kurash,  harbiy  mojarolarni  siyosiy  yo`l  bilan  hal 

qilish,  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik  terrorizmga  qarshi  birgalikda 

kurash  va  boshqa  shular  singari  siyosiy  munosabatlarda  ko`pchilik  davlatlar  olib 

borayotgan tashqi siyosatda umumiylik hodisasi ustun o`rinni egallaydi

3

.  


Shuni  ta‟kidlab  o`tish  kerakki  davlatlarning  tashqi  siyosatiga  mamlakat 

ichidagi va xalqaro maydondagi turli siyosiy kuchlar ta‟sir qilib tursa-da biroq ular 

                                                 

1

 Qarang: Hasanov. U.A. Xalqaro munosabatlar nazariyasiga kirish. T. 2007. – B. 34//Тэтчер Маргарет. Искусство 



управления государством. Стратегии для меняющегося мира. - М., 2003. – С. 17. 

2

Safoyev  S.  Markaziy  Osiyoda  kechayotgan  geosiyosiy  jarayonlar  va  mintaqaning  hozirgi  dunyo 



xalqaromunosabatlar tizimida tutgan o`rni // Xalqaro munosabatlar. -T., 2005. -№3. - B. 20. 

3

 Стародубцев  И.И.  Европейский  безопасность:  теория  и  практика  //  Мировая  экономика  и  международная 



отношения М.-1998 г. Код №1.  – С. 54-65. 

12 

 

biron bir davlatning tashqi siyosatini batamom o`zgartirib yubora olmaydi. Tashqi 



siyosatga  qilinadigan  ta‟sir  ijobiy  yoki  salbiy  bo`lishi  mumkin.  Har  qanday 

davlatning tashqi siyosatiga ko`rsatiladigan ijobiy ta‟sir uning mamlakat ichida va 

xalqaro maydondagi mavqeni mustahkamlashga, uning obro-e‟tiborining oshishiga 

yordam  beradi.  Bunday  sharoitda  davlat  mazkur  siyosiy  kuchlar  bilan  hamjihat 

bo`lishiga,  ular  faoliyati  va  harakatlarini  qo`llab-quvvatlashga  harakat  qiladi. 

Yuqoridgi  fikrlardan  shuni  bilib  olish  mumkunki  davlatlarning  tashqi  siyosati  va 

uning  amal  qilinishiga  ichki  va  tashqi  omillar  ta‟sir  etib  turadi.  Ichki  omillar 

obektiv va subektiv omillardan tashkil topadi. Obektiv omillarga mamlakatlarning 

ijtimoiy  rivojlanishi  bilan  bog`liq  bo`lgan  omillar,  subektiv  omillarga  esa, 

mamlakatning  siyosiy  hayotida  faoliyat  ko`rsatuvchi  siyosatning  turli  xildagi 

subektlari  kiradi.  Bu  omillar  tashqi  siyosatga  ta‟sir  etishi  bilan  birga  uning 

zarurligini ham  taqozo  etadi. Binobarin, agar davlatlarning tashqi siyosati amalda 

bo`lmasa, mazkur omillarning harakati ham bir tomonlama yo`nalishga ega bo`lib 

qoladi


1

.  


Tashqi  siyosatning  zarurligini  har  bir  davlatning  ehtiyojlari  taqozo  etadi. 

Ehtiyojlar avvalo, har bir mamlakatning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi. Hech 

bir  davlat  o`zining  tashqi  siyosatida  boshqa  davlatning  manfaatlarini  ustun 

qo`ymaydi  va  bunga  intilmaydi.  O`z  navbatida  u  yoki  bu  mamlakatning  milliy 

manfaatlari  boshqa  mamlakatlarning  manfaatlaridan  xam  ustun  qo`yilmasligi 

lozim.  Har  bir  davlat  o`zining  tashqi  siyosatini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish 

jarayonida  ana  shu  talablarga  og`ishmay  rioya  qilishi  zarur.  Aks  holda  davlatlar 

o`rtasidagi o`zaro munosabatlarda qarama-qarshiliklar kelib chiqishi tabiiydir

2



Milliy  manfaatlarni  himoya  qilish  va  amalga  oshirish  davlatning  asosiy 



vazifasiga kiradi. 

Milliy  manffatlar  asosida  ularning  tegishli  davlat  boshqaruvi    organlari  va 

institutlari  o`z  mazmuniga  ko`ra  fuqarolar,  jamiyat  va  davlatning,  eng  avvalo 

                                                 

1

 Yusupova G.X., Bugayeva G.A. Siyosiy fikrlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi. Politologiya kursi bo`yicha 



ma‟ruzalar matni. 1-Qism Toshkent: UzMU, 2000, - B. 9-14.   

2

 Ғафуров  С.М.,  Ҳайдаров  А.А.,  Тўлаганова  Н.Ў.  Сиѐсатшунослик  асослари:  Ўқув  қўлланмаси.  –  Т.: 



Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриѐти, 2006. – Б. 223. 

13 

 

hayotiy  muhim  manfaatlarini  qidirish  borasidagi  niyatlarini  aks  ettiruvchi  davlat 



siyosatining maqsarlarini ishlab chiqadilar va shakllantiradilar

1



Davlatlarning  milliy  manfaatlari  ularning  tashqi  siyosati  orqali  moddiy 

kuchga  aylanib  xalqaro  maydonda  ularning  u  yoki  bu  darajada  faoliyat 

ko`rsatishini belgilab beradi. Tashqi siyosat zarurligining milliy manfaatlari orqali 

ifodalanishi barcha davlatlarga xos bo`lgan umumiy xodisa hisoblanadi. 

Davlatlar  uchun  tashqi  siyosatning  zarurligi  bir  davlatning  boshqasi  bilan 

o`zaro munosabatda bo`lishi va o`zaro hamkorlikni turli  xil shakllarda olib borishi 

bilan  belgilaydi.  Bundan  tashqari  davlatning  turli  xalqaro  tashkilotlar  bilan 

qiladigan  aloqalari  ham  ularning  tashqi  siyosatida  muhim  o`rin  agallaydi  va  ular 

olib boradigan tashqi siyosatining muhim  omili hisoblanadi. 

Davlatlar  tashqi  siyosatining  zarurligini  xalqaro  siyosiy  munosbatlarning 

rivojlanish extyojlari ham taqozo etadi. Xalqaro munosabatlarda ro`y beradigan har 

qanday muammoni hal qilish birinchi navbatda davlatlar tashqi siyosiy faoliyatiga 

bog`liq  bo`ladi.  Buning  sababi  shundaki  davlatlar  o`zlarining  tashqi  siyosiy 

faoliyati orqali xalqaro munosabatlarga ta‟sir ko`rsatadilar va ularni tartibga solib 

turishda etakchi siyosiy kuchlardan biri sifatida harakat qiladilar. 

Tashqi  siyosat  o`zgaruvchanlik  xususiyatiga  egadir.  Ma‟lumki,  mamlakat 

ichida  va  xalqaro  maydonda  ro`y  beradigan  yangidan-yangi  siyosiy  voqea-

xodisalarga bildiriladigan munosabat xamisha bir xilda bo`lib qolmaydi. Garchi bu 

munosabat davlatlar tashqi siyosatining butunlay  o`zgarib ketishiga  olib ketmasa-

da  ayni  paytda  bu  siyosatga  ma‟lum  darajada  ta‟sir  etib,  uning  yangi  vaziyat 

talablariga mos ravishda o`zgarib turishiga sabab bo`ladi. 

Tashqi  siyoat  ham  ichki  siyosat  singari  barqarorlik  xususiyatiga  ega  bo`ladi. 

Barqarorlik, bir tomondan, tashqi siyosat vaziyatga, ikkinchi tomondan esa, siyosiy 

hokimiyatlarning  faoliyatiga  bog`liq  bo`ladi.  Buning  ma‟nosi  shundaki  xalqaro 

munosabatlar  va  ularga  ta‟sir  etib  turuvchi  davlat  hokimiyatlari  faoliyatidagi 

samarali  natijalar  tashqi  siyosatga  barqarorlik  ruhini  baxsh  etadi.  Siyosiy  vaziyat 

                                                 

1

 Муҳаммадсидиқов М.М. Саудия Арабистонининг Қизил денгиз минтақасида хавфсизликни таъминлаш 



сиѐсатининг хусусиятлари: Сиѐс. фан. ном. ... дис. – Т.: ТДШИ, 2005, - Б. 35 

14 

 

qanchalik  tez  o`zgarib  turishiga  qaramay  tashqi  siyosatning  umumiy  yo`nalishi 



uzoq  yillar  davomida  keskin  o`zgarishlarga  uchramasligi  mumkin.  Shunga  ko`ra 

tashqi siyosat k o`pchilik davlatlar faoliyatining barqaror davom etishini bildiradi. 

Tashqi  siyosatga  turli  davlatlarning  maqsad  va  manfaatlaridagi  umumiylik 

hodisasi  ham  xosdir.  Bir  davlatning  tashqi  siyosati  boshqa  davlatlarning  tashqi 

siyosatiga ko`p jihatdan mos keladi. Buni har bir davlatning jahon maydonida ro`y 

berayotgan o`zgarishlarga bir  xil  munosabat  bildirishda  u  yoki  bu  muammoni  hal 

etishda  birgalikda  harakat qilishida  aniq ko`rish  mumkin.  Masalan, hozirgi kunda 

tinchlik  va  xavfsizlik  uchun  kurash,  harbiy  mojarolarni  siyosiy  yo`l  bilan  hal 

qilish,  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik  terrorizmga  qarshi  birgalikda 

kurash  va  boshqa  shular  singari  siyosiy  munosabatlarda  ko`pchilik  davlatlar  olib 

borayotgan tashqi siyosatda umumiylik hodisasi ustun o`rinni egallaydi

1

.  



Ichki  va  tashqi  siyosatning  o`zaro  aloqadorligi  hamda  o`zaro  ta‟siri 

muammosi    siyosiy  fanlarning  murakkab  munozarali  muammolaridan  biridir. 

Xalqaro  -  siyosiy  fanlarning  har  bir  yo`nalishi  ushbu  muammoni  siyosatni 

harakatlantiruvchi  kuchlari  va  manbalari  asosidagi  o`z  shaxsiy  tasavvuridan  kelib 

chiqib o`rganadi. 

Masalan,  siyosiy  realizm  tarafdorlari  uchun  tashqi  va  ichki  siyosat  oxir-  oqibat 

kuch  uchun  kurashga  olib  keladigan  yagona  mazmunga  ega  bo`lsa-da,  davlat 

faoliyatining  prinsipial  jihatdan  farqli  sohalarini  qamrab  oladi.  Tashqi  siyosat  ikki 

tarkibiy  qismdan  iborat  milliy  manfaatlar  bilan  belgilanadi:  birinchisi,  tirik  qolish 

imperativi,  ikkinchisi,  bu  manfaatlarning  vaqt  va  makondagi  aniq  shakli.  Ushbu 

shaklning  belgilanishi  tashqi  dunyo  bilan  aloqalarda  monopoliyaga  ega  davlatga 

taalluqli. Milliy manfaatlar asosi doimiy xarakterga ega bo`ladi, shuning uchun davlat 

hayotining ichki omillari realistlar tomonidan milliy manfaatlar tabiatiga ta‟sir qilish 

imkoniyatiga ega deb hisoblanmaydi. 

                                                 

1

 Стародубцев  И.И.  Европейский  безопасность:  теория  и  практика  //  Мировая  экономика  и  международная 



отношения - М., 1998.  №1 – С. 54. 

15 

 

Boshqa  nazariy  maktab  va  yo`nalishlar  nuqtai  nazariga  ko`ra,  ichki  va  tashqi 



siyosat shunchalik bir-biri bilan bog`liq emas, ularning aloqalari determinativdir. Ular 

determinatsiyasining ikki versiyasi mavjud:  

1.Ortodoksal  marksizm  nuqtai  nazariga  ko`ra,  tashqi  siyosat  -  ichki  siyosiy 

tuzumning sinfiy  mohiyati in‟ikosi (aksi) bo`lib, bu  mohiyatni  ifodalovchi iqtisodiy 

munosabatlarga bog`liq bo`ladi.  

2.Geosiyosiy  konsepsiya  tarafdorlari,  “Boy  shimol”  va  “Kamba„gal  janub” 

nazariyalari,  shuningdek,  bog`liqlikning  neomarkistik  nazariyasi,  “jahon  markazi”, 

“jahon periferiyasi” va bu qarashlarga ko`ra ichki siyosat manbasi tashqi majburlov 

kuchlaridir.  Gap  “markaz”  va  “periferiya”  o`rtasidagi  tashqi  siyosiy  kurashining 

asosiy  maydoni  bo`lgan  nosimmetrik  o`zaro  bog`liqlik  munosabatlari  mavjudligi 

to`g`risida bormoqda. Ichki siyosiy jarayonlar ahamiyati, u yoki bu davlatlar doirasida 

partiyalar  va  harakatlar  kurashi,  ichki  siyosiy  jarayonlar  ahamiyati,  ularning  jahon 

iqtisodidagi o`rni bilan belgilanadi.  



Neorealizm  va  strukturalizm  vakillari  uchun  tashqi  siyosat  ichki  siyosatning 

davomi hisoblanadi, xalqaro munosabatlar esa ichki ijtimoiy munosabatlar davomi 

sifatida qabul qilinadi. 

Tashqi  siyosatni  ta‟riflashdagi  hal  qiluvchi  rolni  xalqaro  tizimning  ichki 

dinamikasi o`ynaydi. 

Dunyoning o`zaro bog`liqligi konsepsiyasi vakillari mazkur masalaning tahlilida 

ichki va tashqi siyosat yagona asos - davlatga ega degan fikrga asoslanishadi. Davlat 

hokimiyatning ikki monopoliyasiga ega: o`z hududida kuch ishlatish huquqi, qonuniy 

soliqlar  olish  huquqi.  Lekin  davlatning  bu  ikki  monopoliyasini  amalga  oshirish 

davlatning harbiy axborot va boshqa ilg`or texnologiyalari rivoji  darajasiga bevosita 

aloqador  bo`ladi.  Shu  sababli  ushbu  konsepsiya  tarafdorlari  uchun  ichki  siyosatning 

tashqi siyosatga nisbatan birlamchiligi yoki aksi holati mutlaq ahamiyatga ega emas; 

ularning  fikriga  ko`ra,  har  ikki  holat,  avvalambor,  texnologik  xarakterdagi  omillar 

bilan belgilanadi. 

Transmilliylik  maktabi  tarafdorlari  yanada  ilgari  ketishadi.  Ularning  fikriga 

ko`ra,  ishtirokchilarning  turli  ekanligi  o`zaro  ta‟sir  ko`rinishlari  va  kanalning  har 



16 

 

xil ekanligi davlatni xalqoro muloqat markazidan siqib chiqaradi. Ko`z o`ngimizda 



siyosatni  ichki  va  tashqiga  bo`lish  ahamiyatli  bo`lmagan  global  dunyo  paydo 

bo`ladi.  1969  yilda  J.Rozenau  tomonidan  ilgari  surilgan  jamiyatning  ichki  hayoti 

va  xalqoro  munosabatlarning  o`zaro  ta‟siri  to`g`risidagi  g`oyalari  bunday 

yondashuvga katta ta‟sir ko`rsatdi  

U  birinchilardan  bo`lib,  dunyoning  “ikkiga  bo`linishi”ga  oid  fikrlarni  bayon 

etdi:  zamonaviylik,  bir  tomondan,  davlatlararo  o`zaro  munosabatlar  maydonlari 

mavjudligi  bilan  xarakterlanadi,  by  erda  klassik  diplomatiya  va  strategiya 

“qonunlari” amalda bajariladi; boshqa tomondan, “suverinitetdan tashqari” aktorlar, 

ya‟ni  nodavlat  ishtirokchilari  to`qnashadigan  maydon  mavjud.  Bundan  Jahon 

siyosatining  ikki  qatlamligi  kelib  chiqadi:  davlatlararo  munosabatlar  va  nodavlat 

aktorlarning  o`zaro  aloqalari  bir-biri  bilan  alohida  nisbatan  mustaqil  va  bir-biriga 

parallel ikki “post- xalqoro” siyosatni tashkil etadi

1



Davlatlarning  tashqi  siyosati  xalqaro  munosabatlarda  ijobiy  yoki  salbiy 



oqibatlarni  keltirib  chiqaradi.  Buning  sababi  juda  xilma-xil  bo`lib,  ularning 

quyidagi xolatlar bilan izohlash mumkin. 

Birinchidan: ayrim xollarda davlatlar o`zining tashqi siyosatini, ishlab chiqish 

va  amalga  oshirishda  xalqaro  munosabatlarda  ro`y  berayotgan  o`zgarishlarni 

hisobga  olmagan  holda  bu  munosabatlarda  ishtirok  etishga  va  unga  ta‟sir 

ko`rsatishga  harakat  qiladi.  Bunda  gap  u  yoki  bu  davlat  tomonidan  xalqaro 

munosabatlarda  ro`y  berayotgan  o`zgarishlarning  mohiyatini  tushunib  yetmaslik 

ustida  emas,  balki  ularga  ongli  munosabatda  bo`lgani  holda  munosabat  bildirishi 

haqida  bormoqda.  Shunday  davlatlar  borki,  ular  ayrim  xollarda  xalqaro 

munosabatlarda bo`ladigan o`zgarishlar va ularning oqibatlari bilan hisoblashmay, 

xalqaro  ahamiyatiga  molik  masalalarini  hal  qilishda  biron-bir  darajada  ustun 

bo`lishga  harakat  qiladi.  Bunday  urinish  boshqa  davlatlarning  manfaat  va 

                                                 

1

 Юлдашева Г.И. Халқаро муносабатларнинг методологик аспектлари. –Т.:Математика ва ахборот 



технологиялар институти босмахонаси, 2009. – Б. 9 – 10. 

 


17 

 

maqsadlariga zid kelib qoladi va natijada xalqaro munosabatlarda tenglik holatlari 



kelib chiqishiga sabab bo`ladi. 

Ikkinchidan,  xalqaro  munosabatlarni  tartibga  solib  turishda  davlatlarning 

tashqi  siyosati  muhim  ahamiyatga  egadir.  Tashqi  siyosat  yordamida  davlatlar 

xalqaro maydonda ro`y bergan vaziyatga o`z munosabatlarini bildiradilar va unda 

kelib  chiqadigan  muammolarni  hal  qilishga  u  yoki  bu  darajada  hissa  ko`shadilar. 

Masalan:  keyingi  yillarda  Bosniya,  Serbiya,  Xorvatiya,  Gersogovaniya 

mamlakatlari  o`rtasida  kelib  chiqqan  urush  harakatlari,  Checheniston  voqealari, 

Afg`oniston  va  Tojikistondagi  mojarolarga  dunyodagi  ko`pchilik  davlatlar  o`z 

munosabatlarini  bildirib,  bu  mamlakatlarda  tinchlikka  erishish  bilan  bog`liq 

masalalar  ular  tashqi  siyosatining  muhim  vazifalaridan  biriga  aylanadi.  Bu 

mintaqalardagi harbiy harakatlarni to`xtatish va mojarolarni siyosiy  yo`l bilan hal 

qilish 


zarurligi 

davlatimiz 

tashqi 

siyosatida 



ham 

yetakchi 

o`rinni 

egallaydi.O`zbekiston  davlati  ham  ko`pchilik  boshqa  davlatlar  singari  o`zining 

tashqi  siyosatida  harbiy  harakatlar  va  mojarolarni  tinch  yo`l  bilan  bartaraf  qilish 

yo`lini izchillik bilan davom ettirib kelmokda. 

Uchinchidan,  xalqaro  munosabatlarda  ro`y  beradigan  ayrim  noxush  xolatlar, 

ziddiyatli  vaziyatlar  va  qarama-qarshiliklar  ham  davlatlar  tashqi  siyosatiga  ko`p 

jihatdan  bog`liqdir.  Ayrim  xollarda  xalqaro  munosabatlarda  kelib  chikadigan  u 

yoki bu muammoni hal qilishda manfaatli bir-biriga zid kelib qoladi.  

Tashqi  siyosat  maqsadga  erishishning  turli  tamoyillari,  metod  va 

mexanizmlarga  tayanadi.  Diplomatiya  -  tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  asosiy 

mexanizmi hisoblanadi

1



Tashqi  siyosat  sohasida  davlatlarning  teng  huquqli  hamkorligi  tamoyili 

xalqaro  ahamiyatga  doir  masalalarni  qanday  muhokama  qilish  ishlarida  har  bir 

davlatning hech qanday cheklashlarisiz ishtirok qilinishi, ularning qabul qilayotgan 

qarorlarida barovar ovoz berish huquqiga ega bo`lishini bildiradi. Binobarin, hech 

bir davlat tashqi siyosat sohasida ham o`zining kamsitilishiga yo`l qo`ymaydi. 

                                                 

1

 Касымов  А,  Васъкин  К.  Основные  направления  внешней  политики  Республики  Узбекистан.  –  Т.: 



Ўзбекистан, 1994. – С. 54. 

18 

 

Davlatlar  tashqi  siyosatining  tajribasi  shuni  ko`rsatadiki,  ayrim  hollarda  bir 



davlatning boshqasiga nisbatan o`z hukmini o`tkazishga urinish ro`y berib turgan. 

Bunday  harakatlar  oqibati  ko`p  hollarda  bosqinchilik  urushlari  bilan  tugagan. 

Ammo  bunga  barcha  mamlakatlar  tashqi  siyosatiga  xos  xususiyat  deb  qaramaslik 

kerak.  Dunyoda  ko`pchilik  davlatlar  o`zining  tashqi  siyosiy  faoliyatini  boshqa 

davlatlar  bilan  teng  huquqli  hamkorlik  asosida  olib  borgan.  Shuning  uchun  ham 

ko`pchilik  davlatlar  tashqi  siyosat  sohasida  boshqa  davlatlarga  o`z  hukmini 

o`tkazmaslikka  harakat  qilib  kelmoqda  va  bu  sohadagi  har  qanday  tashabbusni 

qo`llab-quvvatlamoqda.  Hozirgi  kunda  O`zbekiston  Respublikasi  o`zining  tashqi 

siyosatida  bu  tamoyilga  og`ishmay  amal  qilish  asosida  jahon  hamjamiyatiga 

alohida nufuzga ega bo`lmoqda

1



Davlatlar  o`rtasida  ishonchsizlik  holatlarining  ro`y  berishi  ularning  ichki 



ishlariga aralashish oqibatida kelib chiqadi. Bunday holatlar davlatlar tarixida juda 

ko`p  bo`lgan.  Janubiy  Afrika  Respublikasi,  Xitoy  singari  mamlakatlarning  tashqi 

siyosatida  boshqa  davlatlarning  va  xalqaro  munosabatlarga  kuchli  salbiy  ta‟sir 

ko`rsatmoqda.  Shuning  uchun  ham  dunyodagi  ko`pchilik  davlatlar  o`zlarining 

tashqi  siyosatida  ichki  ishlarga  aralashmaslik  tamoyiliga  amal  qilishga  harakat 

qilmoqdalar va boshqa davlatlarni ham bunga da‟vat etmoqdalar. 

Davlatlar  tashqi  siyosatining  ishonchli  bo`lishida  g`oyaviy  muxolifatlikdan 

voz  kechish  tamoyiliga  amal  qilish  ham  muhim  ahamiyatga  egadir.  G`oyaviy 

muxoliflik davlatlarni bir-biriga yaqinlashtirish emas, balki ularni uzoqlashtirishga, 

ular o`rtasida dushmanlik kayfiyatining avj olishiga sabab bo`ladi.  

Hozirgi  dunyo  siyosiy  jarayoni    jamiyatda  manfaatlar  muvozanatini,  tiyib 

turish  va  kuchlar  nisbatini  tenglashning  jamiyatning  barqaror  olg‟a  qarab 

rivojlanishini va har bir kishining  o`z yo`lini erkin tanlashini kafolotlovchi kuchli 

mexanizmni shakllantirish bilan bog‟liq

2

.  


                                                 

1

Safoyev 



S. 

Markaziy 

Osiyoda 

kechayotgan 

geosiyosiy 

jarayonlar 

va 

mintaqaning  hozirgi  dunyo  xalqaro  munosabatlar  tizimida  tutgan  o`rni  //  Xalqaro  munosabatlar.  - 



T., 2005. -№3. – B. 20. 

2

 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиѐт йўлида.Т.6.  -  Т.: Ўзбекистон, 1998.  – Б. 51. 



19 

 

Xulosa  qilib  aytganda,  tashqi  siyosat  davlatlarning  xalqaro  hamjamiyat 



doirasida  milliy  manfaatlarini  ta‟minlashga,  xavfsizligini  kafolatlashga  qaratilgan 

oqilona  tashqi  siyosat  olib  borish  vositasi  bo`lib  xizmat  qiladi.  Ayrim  hollarda 

davlatning  umumbashariy  manfaatlardan  ko`ra  milliy  manfaatlarni  ustun  qo`yishi 

ayrim  mojorolarga  olib  keladi.  Buning  natijasida  jahon  siyosati  va  xalqaro 

munosabatlar tizimidagi aktorlar o`rtasida o`zaro keskinlashuv, muayyan masalalar 

borasida  manfaatlarning  bir  biriga  nisbatan  qarama  –  qarshi  kelishi  va  albatta 

bunday  bir  vaziyatda  har  bir  aktorning  o`z  milliy  manfaatlarini  ta‟minlash 

maqsadida  olib  brogan  tashqi  siyosati  natijasida  Jahon  siyosati  subyektlari 

o`rtasida 

o`zaro 


keskinlashuv 

oqibatida 

xalqaro 

tizimning 

yanada 

murakkablashishiga  olib  keladi.  Tashqi  siyosat  davlatlarning  xalqaro  hamjamiyat 



doirasida  milliy  manfaatlarini  ta‟minlashga,  xavfsizligini  kafolatlashga  qaratilgan 

oqilona  siyosat  olib  borish  vositasi  bo`lib,  o`z  navbatida  ushbu  faoliyat  bir  qator 

zaruriy  strategiyalarni  ham  qamrab  oladi.  Ushbu  strategiyalar  doimiy  ravishda 

ijobiy  xarakterga  ega  bo`lmasdan,  ko`p  xollarda  umumbashariy  manfaatlardan 

ko`ra milliy manfaatlar ustuvorligi aks etadi. 


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling