Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti
-jadval O`zbekiston kimyo sanoatida amalga oshiriladigan ayrim investitsion
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda kimyo sanoati rivojlanishi tendensiyalari va istiqbollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.5-jadval «Navoiyazot» OAJ korxonasining investitsiya loyihalari.
2.4-jadval O`zbekiston kimyo sanoatida amalga oshiriladigan ayrim investitsion loyihalar (mln AQSH dollarda)
26 Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 dekabrdagi “2012 yilga investitsiya dasturi to`g`risida”gi 1668-qarori.. Tomson-Reyter” jahon biznes axborot agentligining bo‘linmasi – “Projekt faynens interneshnl” jurnali. 2012-yil yakunlari bo‘yicha. Karimov I.A. 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`taradigan yil bo`ladi // 2011- yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2012-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. - “Xalq so`zi”, 2012, 20-yanvar.
Loyiha nomi
Loyiha quvvati Amalga oshirish muddati
Loyihaning umumiy qiymati
Surgil koni bazasida gaz-kimyo kompleksi qurish. 400 ming t. politilen, 100 ming t. polipropilen. 2008-2014 yillar 3500
Shurtan gazni qayta ishlash zavodida tozalangan metan bazasida sintitik suyuq yoqilg`i ishlab chiqarish. 2,5 mltd kub m. tabiy gaz. 2009-2039 yillar. 1527,1
54
O`zbekistonda kimyo sanoatini iqtisodiyotdagi o`rnini oshib borishida bi qator istiqbol loyihalar rejalashtirilgan. Bular qatoriga: Dehqonobod kaliy o`g`itlari zavodining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish 2-etap (yillik quvvatini 600ming tonnaga yetkazish, loyihaga 254,6 mln$ sarflanib,2011-2013 yillarda bitkaziladi), Surgil koni bazasida gaz-kimyo kompleksi qurish (yillik quvvati 400 ming t. politilen, 100 ming t. polipropilen qo`shimcha qilish va 3500 mln$ sarflab, 2008-2014 yillarda qurib bitkaziladi), “ Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar shuba korxonasida gaz-kimyo kompleksini qurish, ”Rezinotexnika” OAJ bazasida konveyr lentalari, Q/x va avtomabil sinalarini ishlab chiqarish kabi yirik loyiha uchun mos ravishda 2305,5 mln$, 230 mln$ sarflanadi. Joriy 2012-yilda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda o`ta muhim ahamiyatga ega bo`lgan loyihalarni amalga oshirish mo`ljallanmoqda. Jumladan, Surg`il koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli o`g`itlar va Qo`ng`irot soda zavodlarining ikkinchi navbatini, sintetik suyuq yoqilg`i ishlab chiqarish zavodini qurish ishlari boshlanadi. 2012 yilgi Investitsiya dasturida Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodi faoliyatiga doir yana bir loyihaning ro`yobga chiqarilishi belgilangan bo`lib, unga ko`ra, shu yilning o`zidayoq mazkur korxonaning ishlab chiqarish quvvatini loyihadagi yillik 200 ming tonnadan 220 ming tonnagacha oshirish ko`zda tutilgan. Buning uchun korxona hisobidan 2,8 million dollarga teng mablag` o`zlashtirilib, “ Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar shuba korxonasida gaz-kimyo kompleksini qurish. 400 ming t. politilen 2011-2015 yillar.
2305,5 Qo`ng`irot soda zavodining ikkinchi navbatini bunyod etish. Qo`shimch 50 ming tonna 2010-2014 yillar. 279,87
”Rezinotexnika” OAJ bazasida konveyr lentalari, Q/x va avtomabil sinalarini ishlab chiqarish. 100 ming p.m. koveyr liniyalari, 200 ming dona q/xlik shinalari, 1,5 mln dona avtomabil shinalari. 2011-2014 yillar.
230 Dehqonobod kaliy o`g`itlari zavodining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish (II-etap). Quvvatni 600 ming tonnaga yetkazish.
2011-2013 yillar. 254,6
55
qo`shimcha texnologiyalar o`rnatish va yiliga yana 20 ming tonna kaliy xloridi ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi 27 . O`zbekiston Prezidenti I.A. Karimov 2012yil 19 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag`ishlangan majlisida 2012 yilda Ustyurt gazkimyo majmuasi, Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodi, boshqa yirik loyihalar bilan birgalikda Qo`ng`irot soda zavodining ikkinchi navbatini bunyod etishga kirilishini alohida ta`kidlab o`tdi, - deydi «Qo`ng`irot soda zavodi» unitar korxonasi bosh direktori Rashid Yakubov. Bu ikkinchi navbat korxonada qo`shimcha 50 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Mazkur korxona tufayli Ustyurtda o`ziga xos industrial makon vujudga keldi. Zavod qoshida Toshkent Kimyo- texnologiya institutining filiali faoliyat ko`rsatayapti. Mustaqil mamlakatimizning eng kenja shahri hisoblangan Elobod kundan-kunga yashnab, chiroy ochib bormoqda. Bir so`z bilan aytganda, Ustyurt Navoiy, Chirchiq, Ohangaron, Olmaliq, Sho`rtan, Qorovulbozor, Farg`ona, Muborak, Asaka kabi ozod yurtning ishonchli iqtisodiy ustuniga aylanib bormoqda. Yana bir muhim jihati, shakllanayotgan Ustyurt industrial hududi Orolbo`yining istiqboli porloq ekaniga haqiqiy kafolatdir 28 .
ikkinchi navbatining qurilishi natijasida ushbu korxonaning ishlab chiqarish quvvati uch baravar ortib, eksport qilinadigan mahsulot hajmi sezilarli darajada ko`payadi, hududning ijtimoiy infratuzilmasi rivojlanib, aholining bandlik darajasi yanada
oshadi. Prezidentimiz Islom Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi
27 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27dekabrdagi”2012yilga investitsiya dasturi to`g`risida”gi 1668-qarori 28 O`zbekiston Prezidenti I.A. Karimov 2012yil 19 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag`ishlangan maruzasida. 56
bosqichga ko`taradigan yil bo`ladi” ma’ruzasida joriy yilda mamlakatimizda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda o`ta muhim ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish mo`ljallanayotgani, ko`plab bunyodkorlik ishlari qatorida Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodining ikkinchi navbati qurilishini boshlash ko`zda tutilayotgani alohida ta’kidlandi. Zero, 2011-2015 yillarda O`zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari to`g`risidagi dasturga muvofiq, hayotga tatbiq etilayotgan “Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II navbati)” loyihasi nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida kimyo sanoati sohasida ro`yobga chiqarilayotgan eng istiqbolli va eng yirik loyihalardan biridir. Umumiy qiymati 254,6 million AQSH dollariga teng bu loyihaning amalga oshirilishi zavodning kaliyli o`g`itlar ishlab chiqarish quvvatini yiliga 600 ming tonnaga yetkazish bilan birga bugungi kunda dunyoning ko`plab mamlakatlariga sotilayotgan ushbu mahsulot eksportini yanada ko`paytirish uchun ham mustahkam zamin yaratadi. Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko`ra, joriy yilning dastlabki oyida kaliyli o`g`itlar ishlab chiqarish hajmi 17,1 ming tonnani tashkil etgan. Mazkur zavodning yillik ishlab chiqarish quvvatini loyihada nazarda tutilgan 200 ming tonnadan oshirish choralari ko`rilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, zavod tog`-kon majmuasining noyobligi shundaki, unda jahonda birinchi marta kaliy tuzlari qatlamiga yetib borish uchun vertikal emas, balki 6-8 daraja qiyalikdagi gorizontal quduqlar qazilgan. Bu jarayonda eng qudratli tog`-kon kombaynlari, o`ziyurar vagon va bunker hamda boshqa maxsus texnikalardan foydalanilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida qurilish boshlanganidan ikki yil o`tgach, kondan ilk sanoat rudasi olindi. Vaholanki, boshqa mamlakatlarda o`zlashtirilishi ancha oson kechadigan konlarda ham rudaga yetib borish uchun besh-olti yil vaqt sarflanadi. Mazkur korxonaning ikkinchi navbatini qurish chog`ida tog`-kon majmuasida uchinchi qiya quduq qazilishi, buning uchun yanada ko`proq maxsus texnikalar jalb etilishi va oldingidan ham 57
qudratliroq konveyer transporti ishlatilishi ko`zda
tutilgan. Bundan tashqari, tog`-kon majmuasidan qayta ishlash kompleksigacha silvinit rudasini yetkazib berish va konga qayta ishlashdan keyin qolgan tuzlarni olib borish uchun yuk tashishga mo`ljallangan osma “arqon yo`li” barpo etiladi. Uning quvvati yiliga 2,1 million tonna ruda tashish imkonini beradi. Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodining ikkinchi navbati foydalanishga topshirilgach, tog`-kon majmuasida bir yilda qazib olinayotgan silvinit miqdori hozirgidan 1,4 million tonnaga oshadi. Ayni vaqtda “Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II navbati)” loyihasi doirasida Xitoyning “CITIC International Cooperation Co. Ltd” kompaniyasi bosh pudratchiligida yiliga yana 400 ming tonna kaliyli o`g`itlar ishlab chiqarish imkonini beradigan qayta ishlash majmuasi quriladi. Loyihani moliyalashtirishga Xitoy Xalq Respublikasi Eksimbankining 110,5 million AQSH dollari miqdoridagi krediti, “O`zkimyosanoat” kompaniyasining o`z resurslari hamda O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasining 128,1 million dollarlik mablag`lari yo`naltiriladi. O`zbekiston Respublikasining 2012 yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq, joriy yilda “Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II navbati)” loyihasini hayotga tatbiq etish doirasida 100 million dollarga teng miqdorda sarmoya o`zlashtirilishi mo`ljallanmoqda 29 .
«Navoiyazot» OAJ O`zbekiston Respublikasining yirik kimyo sanoati korxonasi hisoblanadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar: ammiak, azot kislotasi, xlorid kislotasi, ammiakli selitra, ammoniy xlorid, suyuq xlor, suyuq holdagi natriy sianidi va boshqalar. Amaldagi ishlab chiqarishlarning sanoat quvvatlarini oshirish bilan birgalikda raqobatbardosh yangi kimyoviy mahsulot chiqarish bo`yicha yangi sexlarni qurish rejalashtirilmoqda. Xorijiy sarmoyadorlarni jalb etishga oid ish olib
29
Prezidentimiz Islom Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`taradigan yil bo`ladi” ma’ruzasida. 2011. 58
borilyapti: shahar va respublika gazetalarida reklama joylashtirilib, bizning asosiy hamkorlarimiz - Rossiya, Xitoy, Turkiya, Ukraina, Eron, Boltiq bo`yi mamlakatlari va boshqa davlatlar firma va kompaniyalariga xatlar jo`natilgan. Hozirda korxonamizning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini e`tibor bilan o`rganib, «Navoiyazot» OAJ ning faoliyatida ishtiroq etish istiqbollarini baholayotgan bir qator potensial xorijiy sarmoyadorlar mavjud. Ma`lumki, korxonaning normal faoliyatini boshqa korxona va tashkilotlar bilan o`zaro aloqasiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Shu bois mahsulotni sotish bozorini nafaqat MDH davlatlarida balki boshqa xorijiy davlatlarda ham kengaytirish va xaridorlar sonini ko`paytirishga asosiy urg'u berilmoqda. «Navoiyazot» OAJ da chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, tannarxini pasaytirish hisobiga korxona mahsulotlarining ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida, texnologiyalarni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlashga qaratilgan faol investitsion siyosat amalga oshirilmoqda 30 . Buni davomi sifatida 2.5-jadvalda korxonaning istiqbolga mo`ljallangan investitsion loyihalarni ko`rishimiz mumkin. 2.5-jadval «Navoiyazot» OAJ korxonasining investitsiya loyihalari.
30 Manba: http://www.navoiyazot.uz/uzb/progress.html Loyihalar nomi Amalga oshirish muddati
Kutilayotgan natija Ammiak va karbamidni ishlab chiqarish bo`yicha majmuani qurish 2010-2014 yillar Ammiak ishlab chiqarishning kutiladigan quvvati – 660 ming tonna yiliga, Karbamid – 1000 ming tonna yiliga Polivinilxlorid va kaustik sodani ishlab chiqarish bo`yicha yangi majmuani yaratish 2010-2014 yillar PVХ ishlab chiqarishning kutiladigan quvvati – 50 ming tonna yiliga, kaustik soda – 32 ming tonna yiliga Тiomochevina ishlab chiqarishini kengaytirish 2011-2013 yillar Ishlab chiqarishning quvvatini 3000 tonnaga oshirish 59
O`zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishida «Navoiyazot» OAJ korxonaning o`rni yuqori. Bu korxonada 2010 yilda investitsiya siyosati natijasida bir qator loyihalar yaratildi. Bular: Ammiak va karbamidni ishlab chiqarish bo`yicha majmuani qurish, (yillik quvvati ammiak – 660 ming tonna, karbamid – 1000 ming tonna yiliga, 2010-2014 yillarda bitkaziladi.), polivinilxlorid va kaustik sodani ishlab chiqarish bo`yicha yangi majmuani yaratish (PVХ ishlab chiqarishning kutiladigan quvvati – 50 ming tonna yiliga, kaustik soda – 32 ming tonna yiliga 2010-2014 yillarda bitkaziladi.), nitrat kaliyni ishlab chiqarishini tashkil qilish (nitrat kaliy ishlab chiqarishning kutiladigan quvvati– 3000 tonna yiliga 2011-2015 yillarda quriladi.), to`qimachilik sanoati uchun oqartirgichni ishlab chiqarishni tashkil qilish, monoxlorsirka kislotaning ishlab chiqarishini tashkil qilish kabi loyihalar Navoiyazot» OAJ korxonaning samaradorligini yanada oshiradi. 2013 yil 18 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2011–2015 yillarda O`zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor
yo`nalishlarini amalga oshirish bo`yicha Dastur bajarilishining borishi to`g`risidagi parlament eshituvi bo`lib o`tdi. Ushbu masala yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari G`. Ibragimov axborot berdi. Ishbilarmonlar va tadbirkorlar harakati O`zbekiston Liberal- demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi tashabbusiga ko`ra bu tadbir Dastur bajarilishining borishini tanqidiy Nitrat kaliyni ishlab chiqarishini tashkil qilish
2011-2015 yillar Nitrat kaliy ishlab chiqarishning kutiladigan quvvati– 3000 tonna yiliga Тo`qimachilik sanoati uchun oqartirgichni ishlab chiqarishni tashkil qilish 2014-2015 yillar Oqartirgich ishlab chiqarishning kutiladigan quvvat – 10000 tonna yiliga Monoxlorsirka kislotaning ishlab chiqarishini tashkil qilish
2012-2015 yillar Monoxlorsirka kislotaning ishlab chiqarishning kutiladigan quvvat– 5000 tonna yiliga
60
jihatdan tahlil etish, Vatanimiz sanoatini rivojlantirishning qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish, mazkur keng ko`lamli ishda deputatlar korpusining faolligi va rolini oshirish maqsadida o`tkazildi. Shu narsa ta'kidlandiki, Dasturda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan sanoatda umumiy summasi qariyb 50 milliard dollar bo`lgan 500 dan ziyod yirik investitsiya loyihalarini, shu jumladan, geologiya hamda issiqlik- energetika komplekslarida, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoatida umumiy summasi 41,8 milliard dollar bo`lgan 220 ta loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan. Mamlakatimiz sanoati va iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirishga, jahon kon'yunkturasidagi o`zgarishlarga, shuningdek, tuzilma tashkil etuvchi tarmoqlar rivojlanishiga bog`liqligini kamaytirish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Energetikani, neft-gaz-kimyo hamda kimyo sanoatining jadal rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirish yuqori qo`shimcha qiymatga ega va dunyo bozorida talab kuchli bo`lgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, sanoatga ilg`or innovatsion texnologiyalarni ildam joriy etish, sanoat ichki kooperatsiyasi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish ham ko`p jihatdan ana shunga ko`maklashadi. Chunonchi, joriy yilning oktabr oyida qiymati 4,33 milliard AQSh dollariga teng bo`lgan 33 ta investitsion loyiha, shu jumladan, “O`zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasida – 11 ta loyiha, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJda – 6 ta loyiha, “Navoiy KMK” davlat korxonasida – 5 ta loyiha, “O`zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasida – 4 ta loyiha, “O`zmetkombinat” OAJda – 4 ta loyiha, “O`zkimyosanoat” DAKda – 3 ta loyiha nihoyasiga yetkazildi. Chunonchi, Dastur bajarilishining holati joylarda: Qoraqalpog`iston Respublikasida – Surgil koni bazasida Ustyurt gaz- kimyo kompleksi qurilishi ob'ektlarida; Qashqadaryo viloyatida – “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho`'ba korxonasida siqilgan gaz ishlab chiqarishni 61
kengaytirish uchun propan-butan qorishmasi uskunasi qurilishida, Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodi quvvatlarini kengaytirishda; Navoiy viloyatida – “Navoiy KMK” davlat korxonasi ob'ektlarida, Navoiy issiqlik-elektr stansiyasidagi bug`- gaz uskunasi qurilishida, texnik kremniy hamda kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishida; Toshkent viloyatida – “O`zmetkombinat” OAJ, “Olmaliq KMK” OAJ va boshqa bir qator korxonalarning ob'ektlarida o`rganildi 31 . XULOSA O`zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishining o`ziga xos jihatlari masalalariga bag’ishlangan bitiruv-malakaviy ishi natijalarini umumlashtirish quyidagi xulosalarga kеlish va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bеrdi: 1. Kimyo sanoati sanoatdagi eng muhim tarmoqlardan biri bo`lib, uning asosiy vazifasi mamlakat aholisining maishiy kimyo tavarlariga bo`lgan ehtiyojini qоndirishdir. Bugungi zamon texnologiyalarining rivojlanishi, ehtiyojlarni ortishi, istimolchilar uchun zarur bo`gan oziq ovqat, sanoatidagi muammolar, harbiy nizolar, xomashyoni yetishmasligi, yashash sharoitining yaxshilanib borishi kimyo mahsulotlariga bo`lgan talablarni ortishiga va kimyo sanoatiga bo`lgan etiborni yanada kuchaytirishga sabab bo`lmoqda. 2. Boshqa sohalardan farqli ravishda kimyo sanoatning ham o`ziga xos xususiyatlari bоr. Bular: - Tarmoqda kimyo resurs bazasi eng asosiysi bo`lib, qayta tiklanishi qiyin bo`lgan ishlab chiqarish vositasi sifatida nаmоyon bo`lаdi. Kimyo mahsulotlari resurslari cheklangan va uning hajmini kengaytirishni iloji yo`q; - kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish yuqori bilib va texnika, texnologiyani talab qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi malumotlari 2013.
62
- kimyo sanoatida ishlab chiqarish turli geografik shаrоitlarida olib bоrilib, ishlab chiqarish jarayonini mехаnizаtsiyalаsh, georafik joylashuvini to`g`ri tanlash, ekologik buammolar keltirib chiqarmaslik, kabi хususiyatni e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega;
- kimyo sanoati tarmoqlari ichida ko`pgina tarmoqlarida, ayniqsa, lok-bo`yoq materiallari, sintetik bo`yoqlar, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral o`g`itlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b) tarmoqlaridaishlab chiqarish jarayoni inson hayoti uchun zararli hisoblanadi; - kimyo mahsulotlari kеyinchаlik ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositasi (dori darmon vositalari, neftni qayta ishlashda va boshqalar) sifatida ishlаtilаdi;
- kimyo mahsulotlarini qazib olish va ishlab chiqarish og`ir mehnatni, undan tayyorlanga kimyoviy vositalar sanoatning turli tarmoqlarida keng foydalanib, yuqori samara olishni, kimyo vositalari tufayli sodar bo`ladigan noxush xolatlar(o`lim, tan jarohati olish, organizmni ishdan chiqarish va b.)ni oldini olishni talab qiladi. 3. O`zbekiston hududida tabiiy gaz, neft, ko`mir, oltingugurt, tog`-kimyo mahsulotlar, rangli metallar rudasi va boshqa xom ashyolar bo`lganligi uchun mamlakatimiz yirik kimyo sanoatlariga ega. Mamlakatda 3000 ta foydali qazilma koni aniqlangan bo`lib, ularning 19 tasi kon-kimyo foydali qazilma konlaridir. Bu konlar: Osh tuzi konlari (Boybichakon, Xo`jaikon, Tyubegatang, Oqbosh, Laylimkon Borsakelmas, va Oqqal’a), Kaliy tuzi konlari (Tyubegatang, Oqtosh, Odamtosh, Okmachi), Fosforit konlari (Molg`uzor va Nurota fosfarit koni), Oltingugurt koni ( Sho`rsuv oltingugurt koni)
4. Kimyo sanoatining xomashyo bazasi boy va xilma-xil. U turli foydali qazilmalardan, ishlab chiqarish chiqindilaridan yog`och, suv, hatto havodan foydalanadi. Turli xil xomashyolardan foydalanish imkoniyatining cheksizligi kimyo sanoati korxonalarini hamma joyda qurishga imkon beradi. Biroq kimyo 63
korxonalari energiya va suvni ko`p ishlatishi, ayniqsa, tabiatga jiddiy salbiy ta’sir ko`rsatishi sababidan ularni hamma joyda ham qurish maqbul bo`lavermaydi. 5. O`zbekiston sanoati tarmoqlari ichida kimyo sanoati sanoatni tayanchi hisoblanadi. Chuki qishloq xo`jaligida, yoqilg` energetikada, rangli va qora metal ishlab chiqarishda, farmasiftika sanoatida, mashinasozlikda umuman sanoatning barch soxasida kimyo sanoatining o`rni yuqori. Kimyo sanoati — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral o`g`itlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va boshqalar), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-bo`yoq materiallari, sintetik bo`yoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va boshqalarni ishlab chiqaradi. 6. Sanoat tarmoqlari ichida yuqori ulushga ega tarmoqlar: yonilg`i energetika 17,5%, mashinasozlik va metalni qayta ishlash 16,1%, oziq-avqat sanoati 13,9%, yengil sanoat 13,5%, rangli metallurgiya 10,3% ulushga ega tarmoqlari bo`lib, kimyo va neft-kimyo sanoati esa 5,4% ulushga ega. Kimyo va neft-kimyosanoati YaIM dagi ulushi atiga 2,9%. Bu ko`rsatgichni oshirish maqsadida 1991 yilda respublika kimyo sanoati korxonalari negizida "O`zkimyosanoat" konserni tashkil etildi. 1994 yil martidan kontsеrn "O`zkimyosanoat" uyushmasiga aylantirildi. 2001 yil martida uyushma tugatilib, uning asosida "O`zkimyosanoat" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tashkil qilindi va oxirgi besh yil mobaynida kimyo sanoati mahsulotlari 401,0%ga o`sdi. 7. O`zbekistonda zamonaviy kimyo sanoatining shakllanishi 1932 yil qadimdan oltingugurt qazib olingan Sho`rsuv oltingugurt koni (Farg`ona vodiysi)ning ishga tushirilishi bilan boshlandi. Bu korxona sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57% ini bergan va Ittifoqning oltingugurt mustaqilligini ta’minlashda muhim rol o`ynadi.
64
8. O`zbekistonda kimyo sanoatini barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, energiyani tejaydigan hamda ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, eksportga mo`ljallangan va import o`rnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko`paytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani o`zining yuksak samaralarini bermoqda. Jami eksportda kimyo sanoati ulushi 2005-2011 yillar mobaynida deyarli o`zgarmagan (o`rtacha 5% ulush). Bunga sabab jami eksport bilan kimyo sanoati mahsulotlar eksporti mos ravishda oshib brogan.
9. O`zbekistonda sanoat ahamiyatiga ega mineral xomashyo bazasini rivojlantirish, rudali hududlarni tadqiq qilish, zaxiralarni aniqlash va geologiya- qidiruv ishlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ustuvor vazifalardan etib belgilangan. Bu, o`z navbatida, soha ilm-fani va olimlari zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshiradi. Shu bois mazkur mintaqaviy konferensiya dunyoning ko`plab mamlakatlaridan kelgan olim va mutaxassislar, ekspertlarning bu boradagi izlanishlari, kashfiyotlari va xulosalarini o`rganishda muhim ahamiyatga ega. 10. Joriy yil 2012 yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalda o`zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmi 15,3 milliard so`mni tashkil qildi va qiyosiy narxlarda 9,8 foizga oshdi. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 2 milliard dollarni tashkil qildi, jumladan, o`zlashtirilgan 1,6 milliard dollarning (o`sish 2011-yilning shu davriga nisbatan 9,6 foiz) 1,3 milliard dollari to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalardir. Buning natijasida 2012-yilning o`tgan davrida 106 ta investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish yakunlandi. “Sho`rtanneftgaz” unitar sho`ba korxonasida propanbutan aralashmasi qurilmasini barpo etish (5-navbat), Navoiy issiqlik elektr stansiyasida gaz siqish kompressor stansiyasini qurish, Navoiy viloyatida texnik kremniy ishlab chiqarishni tashkil etish (I bosqich), Qalmaqir konini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va jihozlash hamda boshqa qator loyihalar shular jumlasidandir. O`zbekistonda investitsiyalar hajmi yildan yilga ortib bormoqda. Shunisi takidlash lozimki kiritilgan investitsiyaning deyarli 33%i sanoat soxasiga yo`naltirilmoqda, ammo kimyo 65
sanoatiga ajratiladigan investitsiyalar jami investitsiyaning 1-2%ni tashkil etishi albatda salbiy xolat. 11. Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasi o`laroq, mamlakatimiz sanoatining innovatsion salohiyati sezilarli ravishda oshmoqda. Masalan, bugungi kunda kimyo sohasida amalga oshirilayotgan 11 ta yirik innovatsiya loyihasi eksportbop va import o`rnini bosadigan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hisobidan tayyorlanayotgan mahsulot hajmini oshirish, yangi ish o`rinlari tashkil etish imkonini beradi. 12. O`zbekistonda kimyo sanoatini iqtisodiyotdagi o`rnini oshib borishida bir qator istiqbol loyihalar rejalashtirilgan. Bular qatoriga: Dehqonobod kaliy o`g`itlari zavodining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish 2-etap (yillik quvvatini 600ming tonnaga yetkazish, loyihaga 254,6 mln$ sarflanib,2011-2013 yillarda bitkaziladi), Surgil koni bazasida gaz-kimyo kompleksi qurish (yillik quvvati 400 ming t. politilen, 100 ming t. polipropilen qo`shimcha qilish va 3500 mln$ sarflab, 2008-2014 yillarda qurib bitkaziladi), “ Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar shuba korxonasida gaz-kimyo kompleksini qurish, ”Rezinotexnika” OAJ bazasida konveyr lentalari, Q/x va avtomabil sinalarini ishlab chiqarish kabi yirik loyiha uchun mos ravishda 2305,5 mln$, 230 mln$ sarflanadi. 13. O`zbekistonda kimyo sanoati rivojlanishini tahlih qilayotganimizda bir qaqtor muammolarga duch kelishimiz mumkin. Bu muammolar: – Mamlakatning tabiiy va mineral-xom ashyo resurslari yirik zahiralariga mavjud. Ammo bu kabi xom ashyolarni qazib chiqarish, uni uni qayta ishlash jarayonida texnika texnologiyani eskirganligi va yetishmsligi. Buning natijasida kimyo mahsulotlari ishlab ciqarish samaradorligi oshmayotganligi. Masalan mineral o`gitlar ishlab chiqarish 2011-yil 1,2 mln tonna tashkil etgan bo`lsa(1.7- jadval), mineral o`gitlar orasida birgina azot ishlab chiqarish sanoat quvvati 2,8 mln tonnani tashkil etadi(1.4-jadval). Kimyoviy tola va iplar ishlab chiqarish 2011-yilda 16,2 ming tonnani tashkil etgan bo`lsa(1.7-jadval), bu sanoat tarmog`ini quvvati 180 ming tonnani tashkil etadi(1.4-jadval); 66
– Kimyo sanoatida yangi turdagi kimyo mahsulotlarini o‘zlashtirishda geologik qidiruv ishlari va yangi kashfiyotlar uchun moliyalashtirishni kengroq yo`lga qo`yilmaganligi; – Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va tajriba ishlarini amalga oshirishda malakali kadrlar va mutaxassis oliblarni yetishmasligi; – Kimo sanoat tarmog`ida innovasion faoliyatning rivojlanmaganligi, ilg‘or innovasion yangiliklarning tarmoq korxonalarida kam joriy etilishi. Masalan O`zbekistonga 2011 yil 18291,3 mlrd so`m investitsiya kiritilib, shundan 32,7%i sanoatga yo`naltirildi. Kimyo sanoatiga ajratilgan investitsiyalar jami investitsiyadagi ulushi 2006 yil 2,2% , 2011 yilda esa bu ko`rsatgich 1,0% ga tushdi. Kimyo sanoatiga ajratiladigan investitsiyalar jami investitsiyaning 1-2%ni tashkil etishi albatda salbiy xolat;
– Kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishda tabiat va insonlarga salbiy zarar yetkaz ehtimoli yuqoriligi, ishlab chiqarish jarayoniga davlat aralashuvini taqoza etilishi. Xususan, Prezidentimiz I.A.Karimovning «O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari» asarlarida ta’kidlanganidek: «Sanoat korxonalarida atmosferaga, suv havzalariga va tuproqqa ifloslantiruvchi hamda zararli moddalarni tashlaganlik uchun solinadigan maxsus soliqdan keng foydalangan holda ma’suliyatni oshirish darkor. Ularda zamonaviy, samarali tozalash qurilmalari tizimini joriy etish kerak. Boshlang’ich xom ashyodan tayyor, pirovard mahsulot olgunga qadar kompleks foydalanishga imkon beradigan yangi, zamonaviy, ekologik jihatdan samarali uskunalarni o’rnatish lozim».
|
ma'muriyatiga murojaat qiling