Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati
Download 13.57 Kb.
|
2 5359323830479226314
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valiyev Sardorbekning
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI VA SIYOSATI FAKULTETI Kechki ta’lim “Jahon siyosati” ta’lim yo`nalishi 2-kurs Urdu-ingliz guruhi talabasi Valiyev Sardorbekning siyosatshunoslik fanidan “Milliy mafkurani shakllantirish zarurati” mavzusida yozgan Yozma ishi Qabul qildi: Katta o`qituvchi, U.B.Biturayev Milliy mafkura. Milliy mafkura odamlarni ezgu g`oyalarga ishontirish, ularni uyushhtirush, oliyjanob maqsadlar uchun safarbar etish ma’naviy-ruhiy jihatdan ulkan ahamiyat kasb etadi. Chunki xalqning ruhiyati, kayfiyati, yurt uchun xizmat qilishga shayligi uning ichki kechinmalari va faoliyat ko`rsatishga shaylgi uning milliy mafkuraga ishonchi bilan belgilanadi. Bu kabi ishonch jamiyat a’zolarida ishoncni mustahkamlaydi, e’tiqodni kuchaytiradi, ularni yagona maqsad yo`lida bir xalq sifatida birlashtiradi, vatan manffatlari uchun kurashishga chorlaydi. Bunday mustahkam mafkuraga va e’tiqodga ega bo`lgan, kuchli ishonch bilan o`z hayot yo`lini aniq belgilab olgan xalq millat yod va zararli g`oyalar ta’siriga aslo berilmaydi, vatani, xalqi tinchligi ravnaqi ucun har qanday o`tkinchi qiyinchiliklarga bardosh beradi. Unda g`oyaviy-mafkuraviy iroda mustahkam bo`ladi. Mustaqillik yillarida xalqimizni birlashtiradigan bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini o`zida ifoda eta oladigan milliy mafkurani yaratish taraqqiyotimizning asosiy sharti bo`lib qoldi. Muhtaram birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek: “Oldimizga qo`ygan oliyjanob maqsad-muddaolarimizga yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo`lish, g`oyaviy bo`shliq paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, begona va yot g`oyalarning xurujidan himoyalanish, bunday tajovuuzlarga qarshi tura oladigan mafkurani shakllantirishni taqazo etmoqda”. Ushbu jumlalar milliy mafkuraning xalqqa yetkazilishi qanchalar muhim dolzarb ekanligini ko`rsatib turibdi. Milliy mafkura – xalqni muayyan bir g`oyaga ishontiradi, uni shu g`oya atrofida birlashtriradi, g`oyani amalga oshirish uchun ularni safarbar etadi, odamlarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag`batlantiradi. Xulosa o`rnida sрuni aytishim mukinki : bir so`z bilan aytganda milliy mafkura fuqarolarni bir xalq qilib birlashtiradi. Milliy mafkura jamiyat va davlat taraqqiyotiga juda katta ijobiy ta’sirini o`tkazadi. Download 13.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling