Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mustaqil ish


Download 66.83 Kb.
bet1/7
Sana14.04.2023
Hajmi66.83 Kb.
#1356848
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendenstiyalari


TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI



MUSTAQIL ISH
Mavzu: Globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendenstiyalari
Bajardi: Toraqulov Atham
Qabul qildi: _______________
Toshkent 2022
Globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendenstiyalari
Reja:

  1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida xalqaro orporastiyalarning o’rni

  2. Kapital va ishchi kuchining xalqaro harakati

  3. Jahon iqtisodiyotining globallashuvining tahdidlari


Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida xalqaro orporastiyalarning o’rni

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.


Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporastiyalar, ularning turli ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperastiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y beradi1.
Jahon xo’jaligi internastionallashuvi – mehnatni xalqaro taqsimlashni har tomonlama rivojlantirishga asoslangan turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining o’zaro bog’liqligi va bir-birining kam-ko’stini to’ldirishni chuqurlashtirish jarayonidir.
Tarixda xo’jaliklarning internastionallashuvi ayriboshlash sohasiga borib taqaladi. Xolbuki, savdoda mahsulotlarni ayriboshlash bosqichidan keyin hududiy xalqaro bozorlarga yo’l ochilgan. Ancha keyinroq, dastlabki sarmoya yig’ish davriga kelib, tarmoqlararo savdoning hududiy markazlari yagona jahon bozoriga aylana borgan.
Evolyustiya natijasida ayriboshlash sohasidagi internastionallashuvidan kapital va ishlab chiqarishning internastionallashuviga o’tila boshlandi2:

Download 66.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling