Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mustaqil ish
-jadval Dunyoning eng yirik 100 ta MKsining dunyo bo’ylab joylashuvi
Download 66.83 Kb.
|
Globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendenstiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-jadval Turli ko’rsatkichlar bo’yicha globallashuv darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar (2004y)
- Iqtisodiy integrastiya Shaxsiy aloqalar Texnologiyalar
2-jadval
Dunyoning eng yirik 100 ta MKsining dunyo bo’ylab joylashuvi:
Manba: E. Maxmudov. Mirovaya ekonomika- JIDU - T, 2006 god Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, etakchi pozistiyalarni AQSh, Yaponiya va Evropa Ittifoqi mamlakatlari egallamoqda, bular boshqalardan ancha ilgarilab ketishgan. 2005 yilda bu erda 100 yirik xalqaro korporastiyalardan 85 tasining shtab-kvartirasi joylashgan. Shuni ham aytish kerakki, barcha filiallarning ¾ tasi AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Franstiya va Germaniyaga to’g’ri kelmoqda. Dunyo taraqqiyotining hozirgi sharoitida hech bir mamlakat, hatto eng qudratli hisoblangani ham yakka hokim bo’lishga qodir emas. Har yili maxsus ekspertlar tomonidan dunyo mamlakatlarining «globallashuv indeks»lari tuzib chiqiladi. Jumladan, 2004 yilda A.T.Kearney va Foreign Policy jurnali tomonidan dunyoning 64 mamlakati bo’yicha «Globallashuv indeksi» e’lon qilindi. Bu mamlakatlar hissasiga jahon aholisining 84%, jahon YaIMning 96% to’g’ri keladi10. 3-jadval Turli ko’rsatkichlar bo’yicha globallashuv darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar (2004y)
Manba: M. Mirsaidov-“Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar”, 15-17 betlar, Toshkent 2006 Globallashuv reytingini tuzishda 4 ta asosiy parametr hisoblangan11: 1. Iqtisodiy integrastiya - xalqaro savdo investitsiyalar va to’lovlar hajmi bo’yicha; 2. Shaxsiy aloqalar - xalqaro turizm va safarlar, xalqaro telefon so’zlashuvlari, pochta jo’natmalari va pul o’tkazmalari qajmi bo’yicha; 3.Xalqaro aloqalarni ta’minlovchi texnologiyalar – internetdagi foydalanuvchilar, internet–serverlar soni bo’yicha; 4. Mamlakatni xalaro siyosatga tortilganligi – davlatni xalqaro tashkilotlarga a’zoligi, chet el elchixonalari va vakolatxonalar soni bo’yicha. Tadqiqotlar o’tkazilgan 64 davlat ichida «Globallashuv indeksi» bo’yicha so’nggi 10 ta o’rinni Eron, Hindiston, Misr, Indoneziya, Venesuela, Xitoy, Bangladesh, Turkiya, Keniya va Braziliya kabi mamlakatlar egalladi. O’zbekiston Respublikasi ham globallashuvning turli parametrlari bo’yicha tobora yuqori o’rinlarni egallashga harakat qilmoqda. Bir kunda valyuta ayirboshlash bozoridan 1,2 trillion AQSh dollari o’tadi. Xalqaro banklararo tizimi va hisob-kitoblar tizimi orqali amalga oshirilayotgan to’lovlar hajmi bir kunda 6 trillion dollarni tashkil etadi. AQShdagi SNIRS (Clearing House Inter-Bank Payments System)ga o’xshash yirik kliring uylari kuniga o’rta hisobda 250 000 ta pul o’tkazuvlarini amalga oshiradiki, bu pulga o’girganda yiliga taxminan 315 milliard dollarni tashkil qiladi. AQSh, Germaniya va Yaponiya to’lov tizimlaridagi bir necha kunlik muomala hajmi ushbu mamlakatlarning yillik YaIM miqdoriga teng12. Tadqiqotchilar (R.O Brayen)ning fikricha, bu tendenstiyalar «geografiya yo’qolgani»ni ko’rsatadi. Texnologiya hukmi ostida hudud o’z ahamiyatini yo’qotadi. Davlatdan tashqari, muayyan hukumat nazoratidan xoli bo’lgan ko’p millatli moliya tizimi vujudga keladi. Buning natijasida hokimiyat markaziy banklardan mamlakatlarning moliya resurslarini birgalikda nazorat qiluvchi shaxslar qo’liga o’tadi13. Turli korparastiyalar o’rtasidagi raqobatning tobora o’sishi hozirgi zamon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati bo’lib, ayni bir vaqta ular o’rtasidagi ishlab chiqarish va tijorat sohasidagi aloqalar yanada kuchaydi. Shubhasizki, xalqaro korparastiyalar birinchi navbatda ularni barpo etishga o’z mablag’larini sarflagan yuridik shaxslarga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ularning faoliyati tayanch mamlakatlar va qabul qilayotgan mamlakatlarning umummilliy manfaatlariga hamisha mos kelavermaydi. Download 66.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling