Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
Download 21.92 Kb.
|
Adabiyot tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdulvohidova Muslima Azimjon qizi Qabul qildi: F.F.D Prof Xodjayeva Rano Umarovna Toshkent 2023 Mundarija Kirish
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
- Foydalanilgan adabiyotlar
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI SHARQ FILOLOGIYASI VA TARJIMASHUNOSLIK FAKULTETI YOZMA ISH MAVZU: Quvayt adibasi Laylo Usmonning “ Jigarrang chumoli ’’ hikoyasi tahlili Bajardi: 4-bosqich arab-ingliz 2-guruh talabasi Abdulvohidova Muslima Azimjon qizi Qabul qildi: F.F.D Prof Xodjayeva Rano Umarovna Toshkent 2023 Mundarija Kirish……………………………………………………………………………… Asosiy qism. Quvayt adabiyoti va Adibasi Laylo Usmon ijodi “Jigarrang chumoli” hikoyasining badiiy tahlili Xulosa…………………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………………… Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, yurtimizda har jabhada o’sishlar kuzatila boshlandi. Madaniy, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalardagi o’zgarishlar yurtimizni qamrab oldi, zamon o’zgardi, odamlar ham zamonga moslasha boshladilar. Ushbu yozma ishimning mavzusi aynan Quvayt adabiyotining bosqichlari xususan Adiba Laylo Usmonning “ Jigarrang chumoli” hikoyasidagi voqealar aynan Quvayt hayotida bolayotgan hodisalar ayni ramziy manoda ochib berilgan jarayonlardir. Asosiy qism Quvayt adabiyoti hozirgi arab adabiyotining tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘zining asosiy xususiyatlariga ko‘ra Quvayt adabiyoti Fors ko‘rfazi hududida joylashgan boshqa arab mamlakatlari adabiyoti bilan o‘xshashdir.ularni yagona madaniy an’analar va tarixiy o‘tmish birlashtirib turadi. Bu o‘rinda Iroq adabiyoti yetakchi o‘rin tutadi. Bundan tashqari Quvayt adabiyoti Misr, Suriya va Livan adabiyoti ta’sirini his etib turadi. XX asrning 50-yillari o‘rtalarigacha Quvayt badiiy adabiyoti asosan she’riyatdan iborat edi. quvayt she’riyati asoschilari qatorida shoir va faylasuf Sakar ibn Salim ibn Shabib (1894-1963) turadi. Uning Quvaytning Al-Maariysi deb atashadi. Bu bilan uning vatan adabiyoti oldidagi xizmatlarini e’tirof etish bilan birga, uning umumarab madaniyatiga katta hissa qo‘shgan mashhur salafi singari ko‘zlari ojiz bo‘lganligiga ishora qilishadi. Quvaytning iqtisodiy rivojlanishdagi muvaffaqiyatlari, turmush tarzining o‘sishi, milliy madaniyatning yuksalishi munosabati bilan o‘quvchilar bilim saviyasining yuksalishi, dunyoqarashning kengayishi bilan birga mazkur o‘quvchilarga murojaat qiluvchi adabiyot ham yanada intellektuallashdi. Quvayt zamonaviy she’riyatida asosan uch oqim mavjud: an’anaviy “qasidachilik”, xalq she’riyati (asosan shevada yaratiladi) va erkin she’r. Ananaviy adabiyotchilarning qarshiligiga qaramay, uchinchi yo‘nalishdagi to‘plamlar soni ortiq bormoqda. Shevadagi she’riyatga keladigan bo‘lsak, shoir va adabiy tanqidchi Abdulla Ataybiy uning taniqli vakili hisoblanadi. U “Quvayt xalq she’riyati” tadqiqotining muallifidir. Laylo al-Usmon 1945- yilda Quvaytning badavlat odamlaridan biri Abdalloh al-Usmon oilasida tug‘ildi. Uning otasi adabiyot va san’at homiysi edi. Tabiiyki, o‘z qizida erta namoyon bo‘lgan adabiy iste’dodni ko‘rgan ota bu qobiliyatni rivojlantirish uchun imkon qadar barcha harakatlarni qildi. Jurnalist sifatida Laylo al-Usmon barvaqt kasbiy mahoratga erishdi. U televideniya va radioda ishladi, keyin esa yetakchi arab adabiy-ijtimoiy oynomalari bilan hamkorlik qila boshladi. Bular qatoriga Misrning «Ibda», Iroqning «al-Aklam», va ayniqsa, minglab nusxada nashr etiladigan va butun arab olamiga mashhur Quvaytning «al-Arabiy» va «al-Quvayt» oynomalari kiradi. Ta’kidlash lozimki, Laylo al-Usmonning bu intilishlari amalga oshdi. Bugun u nafaqat Arab Sharqida, balki xorijda ham mashhurdir. Uning asarlari ingliz, rus, xitoy, alban va serb tillariga tarjima qilingan. Ingliz tilida bu asarlar Angliya va Amerika Qo‘shma Shtatlarida maxsus oynomalarda, serb va rus va tillarida esa arab yozuvchilarining hikoyalar antologiyasida chop etilgan. Ayollar mavzusi Laylo Usmonning «Aqldan ozgan» hikoyasida boshqa rakursda tasvirlanadi. Quvaytning Zolushkasi o‘z shahzodasini topadi. Adiba hikoyalarining to‘liq to‘plami nemis tilida «Devorlar bo‘lakbo‘laklarga bo‘linib ketmoqda» deb nomlanib, «Orient» nashriyotida chop etilgan, shuningdek, 1991- yilda uning hikoyalar to‘plami polyak tilida nashr etilgan. Laylo al-Usmonning ba’zi hikoyalari asosida Quvaytda telepostanovkalar yaratilgan. Quvayt mashhur yozuvchisi hisoblangan Laylo Usmon o'zining " Jigarrang chumoli" ("An-naml al-ashkar") hikoyasida chumolilarning bir qator biologik va mifologik xususiyatlari, ularning o'zaro aloqalari mazkur hikoyada tabiiy va hayotiy tarzda bayon qilib beradi, bu ko'p jihatdan ularning biologik xususiyatlari ko'pligi,ya’ni harakatchanligi, jamoaviyligi bilan bog'liq. ularning faoliyati shaklida badiiy adabiyotlarda chumolilar odatda nodir ko'rinishda zikr qilingan. Ma’lumki, mifopoetik va madaniy-tarixiy an’analarda chumolilar bilan turli ramziy ma’nolar bog‘langan. Ba'zi hollarda bu tasvir kollektivizm va mehnatsevarlik ramzi bo'lsa, boshqa an'analarda bu halokat tasviridir. Musulmon rivoyatlarida chumoli motivi qayd etilgan bo'lib, uning tilini Qur'on qahramoni, taqvodor va donishmand qadimgi podshoh, hayvonlar va qushlarning tilini yaxshi biladigan Dovud o'g'li Sulaymon (Alayhissalom) tushungan. Qur’oni karimning 27-surasi “An-naml” (“chumolilar”)da shunday deyiladi: “Uning jin, odamlar va qushlardan iborat askarlari Sulaymon huzuriga to‘planib, taqsimlandilar. Chumolilar vodiysiga yetib borganlarida, bir chumoli: “Ey chumolilar, uyingga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari buni sezmay, sizni oyoq osti qilmasinlar” dedi.Sulaymon (Alayhissalom) chumolining tilini tushunib, kulib, hayvonlar va qushlarning tilini tushunish uchun uni shunday in'om bilan mukofotlagani uchun Allohga shukr qilgani aytiladi. Ammo yozuvchi Laylo al-Usmon chumoli, epchil, ayyor, uyushgan, yo‘lidagi hamma narsani yutib yuboruvchi mash’um obrazdan foydalanadi. Aytgancha, bu mifologik tasvir haqiqatga yaqinroq. Ma'lumki, jigarrang yoki ular deyilganidek, qizil ko'chmanchi chumolilar yo'lda tropik Afrika, Amerikaning ba'zi hududlarida butun hayotni yo'q qiladi va aholi o'zlarining harakatlanuvchi qo'shinlarini ko'rib qochib ketishadi. Laylo Usmonning "Jigarrang Chumoli" nomli hikoyasi esa, bizor yangicha yondashuv asosida kitobxon diqqatini tortadi. Ya’ni, bir qizaloqning chaqaloqligida chumolilar hujumiga uchrab ayanchli tarzdagi halokatidan xabar topganligi uning barcha atrofdagilari “mitti va beozor” jonivorlar deya qaraladigan chumolilraga nisbatan kuchli adovatini yuzaga keltiradi. Buning natijasida esa, u hattoki o’zining shaxsiy jamiyatini ham barpo etadi v unga yaqin do’stlarini jalb qiladi. Bir qator qarshiliklarga qaramasdan qahramonimiz o’zining oldiga qo’ygan maqsadi tomon olg’a harakat qiladi. Laylo Usmon o'zining eng yaxshi uslubini va ma'noli xarakteristikasini qo'llab-quvvatlab, o'zining asosiy xabarini o'qigandaning o'zida ko'p ishonchi bor. Asarda jigarrang chumoli Yo'nalishi realislik, ramziy ma'nodan mohirona foydalanilgan, masalan, bosh qahramon "Arib" arablarni umumiylashtirib kelsa, hikoyadagi chumolilar korrupsiyani, ijtimoiy loqaydlikni hukumatning beparvoligi kabi ham ijtimoiy illatlarga ramziy misoldir. Darhaqiqat, chumolilar azaldan mehnatkashlik ramzi bo'lib kelgan, ammo bu hikoyada tanganing ikkinchi tomoni qalamga olingan. Buning uchun bosh qahramon Arib va uning tengdoshlari bir qator chora-tadbirlarni qiladilar; o'ldirishadi, tosh otishadi, zaharlashadi. Ammo, natija hali hanuz o'zgarmagan, aksincha ularning soni va hajmi tobora ko'payishiga olib keladi. Hukumat ham qaysidir ma'noda qarab turmaydi, ularning rejasiga ko'ra, barcha chumolilarni hukumat tomon haydab, ularni bir joyga yig'ib zaharlashmoqchi bo'lishadi, ammo bu ham kor qilmaydi. Hikoyaning badiiy talqinini ochib berish uchun Laylo Usmonning mohir yozuvchilik qobiliyatini ko'rish mumkin. Xulosa Xulosa o’rnida shunday fikrlarni keltirib o’tsak. Hikoyaning xarakteri to'la tanqidiy ruhdadir. Yozuvchining uslubi o'sha davrdagi mamlakat ahvolini qog'ozga o'rab, haqiqatlarni ayovsiz fosh etishga imkon yaratadi. Bu haqiqatlar esa dushmanga qarshi kurashda millatning o'ta sust, loqayd kayfiyati (Abu Musamaning xatti-harakatlari), sodda va ishonuvchanligi (qizaloqning onasi va buvisi), davlat muassasalarining kaltabinlik ila chiqargan qarorlaridir. Bu qarorlar (chumolilarni bir joyga yig'ish, ularga zahar berib, suvarakdek kattalashishiga sababchi bo'lish) tarixda ham mustamlakachilikning keng quloch yoyishiga imkon yaratgan edi. Bilamizki, Quvayt 1899-yildan Buyuk Britaniya mustamlaka hududiga aylangan edi, asardagi sariq chumolilar aynan oq tanli britanlarga ishora qilgan bo'lishi ham mumkin. Hikoyani o'qir ekanman, bir narsa diqqatimni tortdi, asar bosh qahramoni qilib nega o'g'il bola emas, qizaloq tanlangan? Chunki hikoyaning muallifi ham ayol kishi bo'lib, albatta, u mamlakat taraqqiyotida ayollarning o'rnini e'tirof etishni lozim ko'radi. Yana bir jihat: hikoyada qiz tuzgan jamiyat butun borini berib, chumolilarga qarshi kurashadi, lekin baribir, o'z yashab turgan joyini iztirob va alam ila tark etishga majbur bo'ladi. E'tibor berdingizmi, qiz shunday tahlikali sharoitda o'zi bilan nimani olib ketadi? Kitoblarini!!! Asardagi bu sahna mamlakatning rivojidan umidini uzgan yoshlar uchun bu vaziyatdan chiqishda yagona chora ilm-ma'rifat ekanligini urg'ub o'tadi. Yana shuni aytib o'tish lozimki, sariq chumolilarning shaharga kirib kelishiga imkon yaratgan narsa qora chumolilarning borligi edi, ya'ni mustamlakachilikning bu qadar oson amalga oshirilishidagi sabab mamlakatning ayanchli ichki ahvoli bo'lgan. Hikoyaning asosiy g'oyasiga keladigan bo'lsak, muallif jamiyatdagi muammolarni badiiy talqin qilib, hikoyada aks ettiradi va tor ko'rinishda juda keng mohiyatni ochib beradi. Asardan olingan xulosalar esa quyidagilar: jamiyatda yoshlar o'rnini kengaytirish va ularning fikrlarini, qarorlarini inobatga olish hamda qo'l qovushtirib o'tirmay, muammoni kichikligidayoq e'tibor bilan hal etish va undan-da yirik muammolarga duch kelmaslik, zotan, bir chigal vaziyat vaqtida to'g'ri yo'l bilan hal etilmasa, uning asoratlari ko'plab insonlarni o'z domiga tortadi. Foydalanilgan adabiyotlar O`zbek tilidagi adabiyotlar: .Arab adabiyoti. Mualliflar: f.f.d. prof. R.U. Xodjayeva f.f.d., dotsent Muhiddinova D.Z. f.f.n. Axmedova Sh. katta o‘qituvchi Saidova N.M. Taqrizchilar: f.f.n., dots. A.K. Alimbekov f.f.d.prof. G.I. Xalliyeva Internet saytlari: http://www.wikipedia.org http://www.east-west.com Download 21.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling