Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti
Temuriy Shoxruh Mirzoning sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari
Download 110.75 Kb.
|
“XV asrda Temuriylar davlatining xorij davlatlari bilan diplomatik (2)
1.2. Temuriy Shoxruh Mirzoning sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari
Sohibqiron Amir Temur Xitoyga yurish vaqtida qattiq shamollab, 1405 yil 18 fevral kuni Oʻtror qal’asida vafot etdi. Sohibqironning kutilmaganda vafot etishi temuriy shahzodalar oʻrtasida toju-taxt uchun kurash olovini alanga oldiradi. Faqatgina 1409 yilning soʻngida Shohruh Mirzo Movarounnahrni egallab, temuriy shahzodalar oʻrtasidagi taxt uchun kurashga chek qoʻyadi. Amir Temurning kenja oʻgʻli Shohruh Mirzo 1377 yil 20 avgust kuni dunyoga kelgan. Uning onasi Tagʻoy Turkon ogʻo turkiy qoraxitoy urugʻidan boʻlib, kelib chiqishi boʻyicha oʻrtahol xonadon vakilasi edi. 1383 yilda Shohruhning onasi vafot etadi. Keyinchalik, shahzodaning tarbiyasi bilan Saroy Mulk xonim shugʻullanadi. Shohruh Mirzoning siyosiy faoliyati 1397 yildan boshlanadi. Oʻsha yili Shohruh otasi tomonidan Xuroson hokimi etib tayinlanadi. Shohruh Mirzo Samarqand taxtini qoʻlga kiritgach, Movarounnahrga 15 yoshlik oʻgʻli Mirzo Ulugʻbekni noib etib belgilaydi. Shohruh oʻgʻli Ulugʻbekni hali yosh ekanligini inobatga olib, oʻgʻliga otaliq etib taniqli amir Shoxmalikni tayinlaydi. Oʻsha vaqtda siyosiy boshqaruv ishlari amalda otaliqning qoʻlida boʻlgan. Shundan soʻng, Shohruh Mirzo Hirotga qaytib ketadi. Shohruh Mirzo Amir Temur davlati oʻzagini saqlab qolishga muvaffaq boʻladi. U mamlakat boshqaruvida temuriyzoda va nufuzli amaldorlardan aksariyatini oʻzi uchun ishonchsiz, deb hisoblaydi. Ularning oʻrniga deyarli barcha viloyatlarga oʻz oʻgʻillari, nabiralari va oʻziga yaqin tutgan qon-qarindoshlarini noib etib tayinlaydi. Jumladan, Balx va Badaxshon Ibrohim Sultonga, Sheroz Suyurgʻatmishga, Qobul va Qandahor Qaydu Mirzoga, Xurosonning bir qismi Boysunqur Mirzoga, Gʻarbiy Eron hamda Ajam (Iroq)ning bir qismi Sulton Muhammadga, Fors viloyati Abdullo Mirzoga suyurgʻol (mulk) tarzida boʻlib beriladi. Shu yoʻl bilan Shohruh boshqaruv tizimi qulay va ixcham boʻladi, deb oʻylagan edi. Lekin, keyinchalik ishonchli qondoshlar ichidan ham isyonkor noiblar chiqa boshlaydi. Shohruh Mirzoning hukmronlik davrida Xitoy, Hindiston, Misr, Usmoniylar imperiyasi bilan diplomatik aloqalar mustahkamlanadi. Shohruh 1419 yilda Amir Shodixoʻja boshchiligida 500 nafar elchilik karvonini Xitoyga joʻnatadi. Abdurazzoq Samarqandiy oʻz asarida yozishicha, 1412 yildan 1430 yilga qadar, Xitoy bilan jami besh marotaba elchilik almashinuvi boʻlgan ekan. Download 110.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling